Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi



Download 3,25 Mb.
bet133/414
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#206851
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   414
Bog'liq
Умумий педагогика мажмуа экалогия

Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko’nikma, malakalarni shakllantirish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo’jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.

Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o’rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.



Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

    • o’quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o’rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari, byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish;

    • o’quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;

    • ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

    • ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;

    • o’quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;

    • ular tomonidan tor doirada bo’lsada tadbirkorlik faoliyatining yo’lga qo’yilishiga erishish.

Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilgorlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish konikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik oyinlari, oquvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi korik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini ostiruvchi iqtisodiy yonalishdagi konferentsiya, seminar va munozaralarni tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi.

I.Karimov «Xalqimizning yo’li – mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo’lidir» nomli asarida quyidagilarni bayon etadi: «Bozor munosabatlariga o’tish davrida o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivojlanishimizda bu tushunchalarnig mohiyati va roli borasida ko’proq bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir», - deya ta’kidlagan edi.

Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish uning ilmiy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. I.Karimov asarlarida respublika iqtisodiy taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari, omillari hamda tamoyillari batafsil ko’rsatib o’tilgan. Muallif bozor munosabatlarini shakllantirishning quyidagi tamoyillariga alohida urg’u beradi:

1. Iqtisodiyotning har qanday siyofiy mafkuralardan ozod qilish asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash.

2. Iqtisodiyotni, moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish –iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning muhim sharti.



  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda xalqning tub manfaatlarini ko’zlash, davlatning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish tashkilotchisi va yetakchisi bo’lishi.

  2. Pul siyosatini olib borishda mustaqil bo’lish, valyuta zahiralarini boyitish.

  3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga erishish, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi.

  4. Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash.

  5. Iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, evolyutsion tarzda amalga oshirilishi.

Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to’garaklar ko’rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo’nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o’quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.


Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish