2.Sifat aloqalarini belgilash:
Xodimlar kuch g‘ayratini birlashtirish uchun faoliyat turlarini uyg‘unlashtirish;
Ta’lim jarayonini ta’minlash vositalarini ishlab chiqish;
O‘qituvchilar jamoasini shakillantirish;
Ta’lim oluvchilar jamoasini shakillantirish;
Ta’lim jarayonini standart tarxiga muvofiq tashkil etish;
3. Sifatni nazorat qilish:
Sifat o‘lchov ko‘rsatkichlarini ta’minlash;
Sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilishini ta’minlash;
Berilgan standartga muvofiq jarayonni to‘g‘irilash;
Standart jarayon taktikasi va strategiyasini takomillashtirish uchun rag‘bat.
4.Sifatni yaxshilash:
Jarayonni uzluksiz takomillashtirish uchun infratuzilma yaratish;
Ta’lim jarayonidagi nuqson asosiy sababini aniqlash;
Ta’lim jarayonini yaxshilash bo‘yicha har bir tashabbusni amalga oshirish uchun guruh tuzish;
Ishchi guruhi motivini ta’minlash;
Maqsadga erishish ustidan nazorat o‘rnatish;
Ishchi guruh uzluksiz ta’limni ta’minlash.
Xalqaro standartlashtirish tizimlari mavjud bo‘lib, ISO ulardan biri hisoblanadi.
ISO atamasi yunon tilida “teng”, “ekvivalent” degan ma’nolarni anglatuvchi “Isos” so‘zi bilan ohangdosh bo‘lib, ingliz tilidagi “International Organization for Standartization” so‘zlarining qisqartmasidir.
ISO — jahondagi 162 ta davlatning milliy standartlar institutlari tarmog‘ini qamrab oluvchi xalqaro standartlashtirish tizimi bo‘lib, uning bosh qarorgohi Jeneva (SHveysariya) shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yildan buyon mazkur xalqaro tashkilotning teng huquqli a’zosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |