Zamonaviy fan – texnika taraqqiyoti va uning mazmun - mohiyati.
Ma`lumki, har qanday olatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o`tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o`rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning harakteri o`zgardi, ya`ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. SHu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqiyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya`ni fan va ta`lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo`nalishlari va ularga xos ta`lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio – med kibernetika, texnika kibernetikasi va h.k.), matematik lingvistika, giofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomia, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir. Bularning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Jumladan. Ona vatanimizda qadimgi matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg`onish davrlari, ya`ni SHarq madaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan bo`lsa, bugungi kunda ham ma`lum va mashhurligini yo`qotgan emas, ya`ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo`lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo`yicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yo`nalish dunyoga mashhur. YAdro fizikasi va giofizika, gelotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo`jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqdi. Bioorganik va fizik, kimyo, o`simlik moddali va yuqori molikulalar birikmalar kimyosi ko`plab tabiiy va sun`iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va selektsiya, zoologiya va meditsina, bioximiya, biofizika va gioximiya, giologiya va seysmologiya yirik muvaffaqiyatlargan erishdi.
Keyingi chorak asr davomida ilmiy – texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko`pincha, ayniqsa fizika, matematika, mexanika, ximiya, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo`lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo`lamiz. Fanlarning o`zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo`la boshladi. Bular ta`lim mazmuniga ham sezilarli ta`sir ko`rsatdi va bular o`z navbatida texnika – texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo`jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko`lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan - texnika yutuqlarini o`z navbatida yoshlarga etkazib borish, hozirgi zamon darslarga qo`yilgan talablardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |