Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash tizimi



Download 8,64 Mb.
bet133/239
Sana12.07.2022
Hajmi8,64 Mb.
#779214
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   239
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR [1]

O`quvchi-yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash tizimi
Farzand – oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi. Tarbiya – ko`p qirrali, o`zoq davom etadigan jarayondir. Bolani urab olgan muxitning xammasi uning ongida, xulq-atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni o`zgartiradi va ustiradi. Ota-onalik burchi – mana shu o`sishni ziyraklik bilan boshqarib borish zarur. Ota-onaning mexri, muruvvati, g`amxurligi bolalar uchun suv va xavodek zarur. Oilada ota-onaning xamma bolalariga bir xil munosabatda bo`lishi tarbiyaning muxim shartlaridan biri bulib, aka-ukalarning axil, bir-biriga mexribon, oqibatli bo`lishiga olib keladi: bola nazarida ota-onaning obru va xurmatini oshiradi, uni o`z tengqurlari va boshqa odamlarga yaxshi munosabatda bo`lishga, ular tugrisida gamxurlik qilishga, urtoqlari bilan chiqishib, yaxshi urtoq, dust bulib yashashga, odamlar bilan xisoblashishga, ularning kunglini ranjitmaslikka, odamlarni qadrlashga urgatadi. Bola tarbiyasida doimo muntazam shugullanishni talab qiladi. Tarbiyadan maqsad bolani jismonan va aqlan soglom, axloqan pok va go`zal bo`lishiga erishishdir. Bolani yaxshi odatga, xulqqa urgatish, turmushga tayyorlash oson va birdan amalga oshadigan ish emas. Bu ish ota-onadan birmuncha mashaqqat chekishni, bilimdonlikni talab qiladi. Bola tarbiyasi ota-onalardan maxsus pedagogika va ruxiyat buyicha bilimlar, aloxida kunikmalar bo`lishini qat’iy ravishda talab qilmasada, doimiy yo`z berayotgan tarbiya muammolarini tugri xal qilish ustida fikr yuritishni taqozo etadi. O`z farzandlariga ajoyib, go`zal, orzu qilgudek tarbiya berish imkoniyatiga ega bulgan ota-onalar umrlarini roxat va farogatda o`tkazadilar, bolalaridan xamisha olijanoblik, mexribonlik, yaxshilik ko`radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi: ukinish xissiga duchor bulmaydilar. SHu tugrisida O`zbek xalqining qator maqollari yaratilgan: “Toy ulgaysa, ot tinadi (yaoni ot minishdan qutqariladi), O`g`il ussa, ota tinadi (yaoni bola topgan xosil otani tindiradi)” (M.Qoshgariy), “Tug`dirgan emas, tarbiyalagan ota”, “Kimki zimmasidagi otalik burchini bajarmasa, u ota bo`lish xuquqidan maxrumdir” (J.J.Russo), “Ota bo`lish juda oson, aksincha otalik qilish qiyin” (D.Didro). Odamzodning birinchi tarbiyachisi bu onadir. Oilada O`g`il bola tO`g`ilsa, xursandchilik ustiga xursandchilik qushiladi. O`g`ilga chiroyli ism qo`yib, uni mexr bilan katta qiladilar. Qizlarga nisbatan O`g`il bolani ko`proq avaylaydilar. Onasi uning atrofida girdi kapalak buladi va tarbiya berib boradi. Bolaga tarbiyani yoshligidan berib boriladi. Nixolni qaerga bursang shu erga qarab usadi. SHuning uchun bolaga tarbiyani nixol vaqtidan berib boriladi. O`g`il bola qurqmas, botir, jasur, bir so’zli, chidamli buladi. O`g`il bola va qiz bola oilada bir-birini xurmat qilishga, bir-biriga yordam berishga, oiladagi yumushlarni bajarishda o`ziga xos xususiyatlarini bajarishga urganib boradilar. Oilada asosiy ogirlikni O`g`il bola o`z zimmasiga olib urganishi kerak. Ona farzandiga emay edirib, kiymay kiydirib yaxshi tarbiya beradi. Farzand oilada onasiga mexribon, samimiy buladi. Ona kabi yaqin sirdosh topish qiyin. Ona farzandiga tugri yulni kursatib, xalol haromdan farqli tomonini tushuntirib boradi. Oilada farzand voyaga etsa, orzu umidlar bilan tuy qilib, orzu xavasini ko`radilar. Buning uchun esa ona ugliga qiz tanlashda yordam beradi. Farzandining jinsiy tarbiyasi bilan esa ota ko`proq shugullanadi. Onadan farzand sofdillikni, samimiylikni, tugriso’zlikni, mexr-oqibatni urganadi. Ona farzandiga xalollik, poklik, mexnatsevarlik, vatanparvarlik kabi axloqiy sifatlarni singdirish bilan birga, ularda oilaviy munosabatlarni xam shaxsan namuna kursatib tarbiyalashlari lozim. Bunda ular avvalo bolalarda ayol va erkak, oila boshliqlari, er va xotin, ota va ona kabi tushunchalarni tarkib toptirishlari kerak. Fikrni samimiy, ishonchli dalillar asosida tushuntira bilish, tarbiya ta’sirchanligini oshiradi. Ayolning baxtini, oilaning saodatini farzandlar taqdiridan ajratib bulmaydi. YAxshi farzand ona diliga quvonch va gurur bagishlaydi. Uning xayotini mazmundor qiladi. Bu baxtga erishish xam ko`p jixatidan onaning o`ziga bogliq. U o`z farzandining asosiy tarbiyachisi. Ona qalbidagi mexr tuganmas daryodir va u har qancha farzandni ardoqlashga etadi. Ammo oilaga xam, jamiyatga xam foyda etkazadigan mexnatsevar, odobli, bilimdon, yuksak madaniyatli O`g`il-qizlarni voyaga etkazish uchun mexrning o`zi kifoya qilmaydi. Unga talabchanlik xam qushilishi shart. SHunda ongli tarbiya ona mexri bilan uygunlashib, farzandlar kamolotida muxim vosita buladi. Oilaning qadriga etadigan, bolajon, ayolmand erkak-xotin kishining baxti, oilaning quvonchi, qobil farzandlarning otasi, faxri va gururidir. Besh kunlik “xo`zur-xalovat” deb bola-chaqani xurlaydigan, xalollikni harom ishlardan ajrata olmaydigan suyug oyoq erkakni oila boshligi deb bulmaydi. Bunday yomon ota boshliq oilada xamisha urush-janjal, dilsiyoxlik buladi. Oqibatda, mexr-muxabbat kutariladi, ro`zgordan baraka ketadi, bolalar bezori bulib usishadi. Bola tarbiyasida bu otaning vazifasi, bu onaning vazifasi deb chegara qo`yish mutlaqo notugri, chunki bolalarni jamiyat talabiga javob bera oladigan, axloqiy fazilatlari shakllangan, aqlli va mexnatsevar qilib etishtirishida ota xam, ona xam birdek masouliyatlidir. Otaning bola oldidagi obrusini oshirishda onaning roli katta. Ikki yosh turmush qurganidan sung, albatta, oilaning butunligini, axillik va farzandlarining qobil bo`lishini uylaydilar. Ular xatto bolalar tO`g`ilmasdan oldin bulajak O`g`il-qizlarning orzu-xavaslarini tasavvur etadilar, ularning ko`pchilik urtasida e’tiborli bulib etishishini umid qiladilar. Farzand kurgach, uning ustida ota-onalik mexri bilan parvona buladilar va o`zlarining insoniy tuygularini farzandlariga singdirib boradilar. Agar bolaning ota-onasi o`zaro inoq, muxabbatli, ota-onalariga mexribon, tanish bilish va quni-qushnilariga doim yaxshi munosabatda bo`lsa, umuman, odamga gamxur, tugriso’z bo`lsa, bola xam mana shunday mexribon bulib usadi. Jamiyatimizda juda kam uchrasada, ayrim otalar xam borki, ular uylanib, bola-chaqalik bulgandan keyin oilani mustaxkamlash, farzandlarini voyaga etkazish tugrisida gamxurlik qilishni unutib, faqat o`z maishati bilan ovora bulib qoladilar. Ota-ona nazaridan chetda qolgan bola esa nima qilishni, nimaga qul urishni bilmay, ko`p xollarda notugri yulga kirib ketadilar. Farzandlar qobil chiqsa xam, noqobil chiqsa xam ko`pchilikning e’tiboridan chetda qolmaydi. Bolalarning chin inson bulib usishini istagan har bir ota davrimiz talablarini anglab olishi, yaxshi odamlarga ergashish va boshqalarni xam shunga urgatishi lozim. Quyida ikki oiladagi ikki xil tarbiyani kurib chiqamiz. Ikkala oiladagi otalar xam mexnatdan buyin tovlamaydigan odamlar xisoblanadi. Birinchi oilada ota bolalarini mexnatga urgatadi. Bolalar ulgayib ishlab maosh ola boshlaydi. Lekin tabiatan ziqnaroq bulgan ota bolalarini bir xil kurmaydi. Ko`p maosh oladigan uglining yonini olib, boshqalarini mensimaydi. Natijada bolalar bemexr, bir-birini kurolmaydigan bulib qoladilar. Ikkinchi oilada xam ota farzandlarini mexnatga yulladi, ularning topgani to o`zlari bola chaqali bulguncha urtada baxam kurildi. Birinchi bola ikkinchisidan ajratilmadi. Bolalar bir-birlariga suyanchiq bulib usishdi. Bu oilada ona xamma onalar kabi mexribon edi. Bu oilada tarbiyalangan bolalar inoq, muxabbatli, odamlar orasida izzat topib usdi. Afsuski, ba’zi otalar oilaviy xayotdagi o`z burchlarini tushunib etmaydilar. O`zlarining asosiy vazifalarini faqat oilani moddiy jixatdan taominlash deb xisoblaydilar. Bunday oilalarda kishiga xayot bagishlaydigan eng muxim narsa iliq-so’z, mexribonlik, gamxurlik, shodlik etishmaydi. Bunday xonadonlarda tarbiya topgan bolalar bemexr, odamovi, xudbin bulib etishadilar. Odatda bolalar otaning mexr-muxabbati, erkalashi, diqqat-e’tiboriga muxtoj buladilar. Buni tushunib etmagan ba’zi otalar ish bilan bandligini vaj qilib, bola tarbiyasiga e’tibor bermaydilar. Oilada bolani tugri tarbiyalash uchun ayniqsa ota bolalar bilan birga bo`lishga, suxbatlashishga vaqt topishi, ularning turli savollariga javob berishi kerak. Bolalarning maktabdagi va uydagi ishlarini surishtirib, qanday narsalarga qiziqishini bilish zarur. O`g`il bolalarda qizlarga munosabat yoshlikdan oilada olgan tarbiyasiga qarab shakllanadi. Bunda otaning ibrat kursatishi xal qiluvchi rol uynaydi. Oilada erkak kishining rafiqasiga xurmat va sadoqati, uni bolalarining onasi sifatida ardoqlashi, umuman erkakdagi dilovarlik, xotin-qizlarga iltifotlilik O`g`il bolalarda, qizlarga, ayollarga nisbatan xurmat xissini tarbiyalashda katta yordam beradi. Shuni aloxida taokidlash kerakki, o`g`il bolani tarbiyalashda unda otalik burchi xissini shakllantirib borish zarur. Bu esa otadan shaxsan namuna bo`lishni, o`zining zimmasidagi sharafli vazifasini tula-tukis ado etishni taqozo qiladi. Tarbiya va oilaviy munosabatlarning shakllanishida jinsiy tafovutni e’tiborga olish lozim. CHunki, ayniqsa O`g`il bolani tarbiyalash o`ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi ayol va er teng xuquqli bo`lsalarda (ma’naviy jixatdan) oilada erkak kishining urni va masouliyati aloxida belgilanadi. O`g`il bolalarni asosiy og`irlikni o`zlariga olishga, ana shu masouliyatni xis qilishga yoshlikdan o`rgatish kerak.
O`zbek oilalarida bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi, ularning mexnatsevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, O`g`il bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, raxnamolik ishlari asosiy urinni egallaydi. Oilada bola tarbiyasining o`ziga xos qoidalari mavjud bulib, ota-onalar ulardan urinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:
1. Oilada xissiy moslik, ruxiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish.
2. Ota-ona obrusini saqlash.
3. Tarbiyada ota-ona, kattalar urtasida talabchanlik birligi.
4. Bola shaxsini mexnatda tarbiyalash.
5. Oila, maktab va jamoatchilik xamkorligi.
6. Bolani sevish va izzat qilish.
7. Oilada qat’iy rejim va kun tartibi urnatish.
8. Tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini xisobga olish.
9. Bola taraqqiyotini aniqlab borish.
10. Bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini xosil etish va boshqalar.
Ota-onalar qanchalik ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega bo`lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o`z farzandlarini maslaxat berish, ma’qo`llash, mukofotlash, jazolash, suxbat va xikoya fikr almashish bilangina emas, balki shaxsiy namunalari, bolalari bilan birgalikda ishlash, ularni mexnat faoliyatiga tortish orqali xam tarbiyalaydilar. Bolalar faoliyatida ishtirok etish ularga tarbiyaviy ta’sir kursatishning eng samarali usulidir.
Inson kamolotining ko’rinishlaridan biri – obro’-e’tiborga ega bo’lishdir.
Obro’ bir kun yoki bir yil mobaynida hosil bo’ladigan jarayon emas. Obro’ni inson hayot mazmunidagi faoliyati jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Ota-onaning oiladagi obro’si tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Obro’ oilaviy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Ota-ona obro’si oiladagi axloqiy tarbiyaning garovi hisoblanadi.
Tarbiyaning muhim roli nutq hisoblanadi, shuning uchun ota-ona o’z nutqida yoqimsiz ohang bilan, mantiqsiz va qaytariq so’zlarini ishlatish va qo’llash bilan farzandlarni ranjitmaslik, ularda ishonch hissini so’ndiradigan, hazil-mutoyiba, samimiy bo’lmagan fikr va mulohazalardan saqlanish kerak. Xayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka, samimiylikka, sof vijdonligi, dilkashlik va hotamtoylikka hamdardlikka nima etsin!
Odatda, ota-ona nazokatli bo’lgandagina haqiqiy obro’-e’tiborga erishadi. Bundan tashqari obro’li bo’lmoq uchun ishonch har tomonlama rivojlangan bo’lishi, shuningdek aqliy, ahloqiy estetik jihatdan muayyan cho’qqiga erishgan bo’lishi darkor. Bularning barchasi ota-onadan aql-zakovatli, milliy udum va urf-odatlarni mukammal egallagan shaxs bo’lishni talab qiladi.
Oilaviy turmush tajribalaridan shu narsa ma’lumki, ota-onaning obro’si davlat va oila a’zolari oldida javobgarlikni his qilishdan boshlanadi. Mabodo ota-ona o’z ishi, o’z burchi uchun javobgar ekanligini tasavvur qila olsa va unga amaliyotda rioya qilsa, mana shu narsa ularning obro’-e’tibor kozonishi uchun asosiy zamin hisoblanadi. Ularning ruhiy dunyosi, ma’naviyati oilaviy iliq muhit uchun etarli va ta’mirchan bo’lsa, o’z-o’zidan obro’ qozonilaveradi, oila a’zolari o’rtasida mehr-muhabbatga erishadi.


Download 8,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish