Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo`lgan o`qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo`ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro`y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o`zlashtirish va targ`ib qilishni anglatadi, ya`ni uning asosida g`oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensitlkatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivqjlantirish kuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o`qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o`z fikrlari va takliftari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o`qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste `dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig`indisi, iste`dodining yuksak cho`qqisi - uning intellektini belgilaydi. "Infeilekt - bit aqlan ish ko`rish, ratsional fikrlash va hayotiy mucmmiolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati" (Veksler), ya`ni intellekt insonning atrof muhitga toiiq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.
Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha ta`riflanadi:
Tarbiyaviy jarayonda sabab-oqibat aloqadorligi.
38-Mavzu. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida o`quvchi-yoshlarning ongi va qalbiga milliy mafkurani singdirish mazmuni, shakl, metod va vositalari
Globallashuv sharoitida o`quvchi-yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning nazariy masalalari.
O`quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan ma`naviy tahdidlar.
O`quvchi-yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning pedagogik tizimi.
Xozirgi kunda XXI asrni axborotlar asri ekanligini ko`proq ta`kidlanmoqda. Bu jarayonni global tarmoq internetning jadal rivojlanishi, uning faoliyatidan jamiyatning barcha sohalarida boshqaruv, siyosiy, iqtisod, ijtimoiy, ta`lim sohalarida unumli foydalanilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin. Globallashuv jarayoni haqida fikr yuritilganda Prezidentimizning "Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch" asarida globallashuv jarayonining mazmun-mohiyatiga bergan tavsiflarini keltirish o`rinli hisoblanadi: "…Globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma`noni anglatishini ta`kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda. ... Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo`lgani singari, globallashuv jarayoni xam bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g`oyat o`tkir va keng qamrovli ta`sirini deyarli barcha sohalarda ko`rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o`rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko`plab yangi ish o`rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg`unlashuvi, tsivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o`zaro yordam ko`rsatish imkoniyatlarining ortishi — tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda". Bu tavsifdan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy xususiyatlari, uning imkoniyatlarini his eta biladigan, ulardan o`z rivojlanish va ehtiyojlari, internet tarmog`idan maqsadlari yo`lida ijobiy foydalana oladigan talaba-yoshlarni, mutaxassislarni tarbiyalash bugungi kunda ta`lim tizimining dolzarb vazifalardir biri hisoblanmoqda.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashuvini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi
Globallashuv jarayonlari natijasida ishlab chiqarish omili sifatida insonning o`zida va unga nisbatan munosabatda jiddiy o`zgarishlar sodir bo`lganini ham unutmaslik lozim. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning bilim va malakasi jiddiy tarzda o`sdi, olim-mutaxassislarning roli oshdi. Ilm-fanning ahamiyati kuchaygan sayin aqliy mehnat bilan band xodimlar soni oshib bormoqda.
Barcha tarixiy davrlarda ham yoshlar tarbiyasi, ularning dunyoqarashi va o`zligini anglashi masalasi mamlakat taraqqiyoti, mustaqilligi, kelajagini kafolatlovchi muhim omil sanalgan. Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat,yo saodat-yo falokat masalasidir. Albatta globallashuv jaroyoni natijasida bir qator ijobiy o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Jumladan, xalqlar va mamlakatlar o`rtasida hamkorlik aloqalari kuchaymoqda, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan baxramand bo`lish, o`zaro axborat almashinish, siyosiy, iqtisodiy, ekologik masalalarni birgalikda hal qilish imkoniyatlari kengaymoqda. Globallashuv jarayoni yoshlarni intellektual qarashlarini bir tarafdan rivojlantirishi bilan birgalikda ikkinchi tarafdan ularning tarbiyasiga, psixologiyasiga jiddiy xavf solmoqda.
Ayni paytda, globallashuv ta`siri o`laroq, bir qator muammolar ham paydo bo`lmoqda. Shulardan biri yoshlar tarbiyasi, ularning axloqiy va ma`naviy dunyoqarashi bilan bog`liqdir. Globallashuv yoshlar tarbiyasiga o`tkazayotgan salbiy ta`siri quyidagilarda nomoyon bo`lmoqda.
Birinchidan, axborot almashish vositalarning yuksak darajada rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi aytib o`tish mumkin. Bu informatsion vositalar orqali talaba –yoshlar real hayotdan virtual hayotni ma`qul ko`rishmoqda. Informatsion vositalarda taklif etilayotgan “qadriyatlar” ko`p hollarda yoshlarimizni o`zimizning milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo`ymoqda.
Ikkinchidan, yoshlar o`rtasida kundalik turmush tarzini tashkil qilishda g`arbona ideallarga ko`r-ko`rona ergashishni ko`rish mumkin. Buni xorijiy ma`naviy-axloqiy yurish - turish andozalarining elektron nashrlar, xususiy tarmoqlar va turli xildagi nodavlat telekanallarda uzatilayotgan videofilm, kinofilmlar, moda olami xamda ijtimoiy rolik, reklamalarda ko`rishimiz mumkin. Bu ularning dunyoqarashini, xayotiy ideallarini maqsadlarini belgilab olishlariga halaqit bermoqda.
Uchinchidan, globallashuv salbiy ta`siri sifatida o`quvchilarni, talabalarni kitob o`qishdan ko`ra ko`proq kompyuter, uyali telefonlarga bog`lanib qolayotganliklarini aytish mumkin. Bu esa ko`proq talaba-yoshlarni o`z harakatlari, mehnati orqali intilib bilim olishdan ko`ra internetdagi tayyor materiallarni mohiyatini tushunmasdan, mazmunini tahlil qilmasdan qabul qilayotganini ko`rish mumkin.Bu esa ularni ta`limiy qadriyatlarga munosabatini o`zgartirmoqda.
To`rtinchidan, Prezidentimizning "YUksak ma`naviyat – engilmas kuch" asarida aytib o`tilgan “Ommaviy madaniyat” turli xil ko`rinishlarning yoshlar orasida toboro keng tarqalishini ko`rishimiz mumkin. Bular asosan talaba –yoshlarning tashqi ko`rinishlarida, kiyinishlarida, qiziqishlarida, darsdan bo`sh vaqtlarini qanday tashkil qilishlarida, bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarida, ma`naviy qadriyatlarga munosabatlarida nomoyon bo`lmoqda. Qo`shtirnoq ichida aytilayotgan “ommoviy madaniyat” g`arb madaniyati o`zida ifoda etayotgan individualizm, egosentrizm, andishasizlikni targ`ib qilishi, yoshlarni millatimizni ma`naviy qadriyatlariga, atrofdagilar bilan munosabatlarida, ularning tarbiyasida ijtimoiy manfaatlarga befarqlik, loqaydlik kabi yomon illatlarni shakllanishiga sabab bo`lmoqda.
Bugungi kunda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan xurujlar qatorida quyidagilarni sanab o`tish mumkin:
Moliyaviy imkoniyatlarga ega bo`lgan ayrim siyosiy kuchlarning g`arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida “ommaviy madaniyat”dan foydalanishi;
Odamlarning, yoshlarni ongi, tafakkurini, ma`naviy olamini izdan chiqarib, soxta g`oya va mafkuralarni targ`ib etishga urinish;
G`arazli maqsadlarni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish;
Mafkuraviy tarbiya, mustaqil tafakkurni izdan chiqarishga urinish.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma`naviy qadriyatlarni mensimaslik, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog`liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta havf solmoqda va ko`pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanligini anglab olmoqda[2].
Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat durdonalarga bolalikdan boshlab xurmat ruhida tarbiyalash, ularda ommaviy madaniyatga xos ayrim ko`rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg`unchilik g`oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakillantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
YUqoridagilardan kelib chiqib, globallashuvning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta`sirlaridan qanday ximoyalanish mumkinligini aniq tizimini ishlab chiqish lozim.
Buning uchun yoshlar ma`naviy – axloqiy, estetik, fuqarolik tarbiyasini shaklllantirishga quyidagicha talablar qo`yiladi.
- Aksiologik bilimlarni chuqurlashtirish, milliy, umuminsoniy, ma`naviy, siyosiy, ta`limiy qadryatlarning uyg`unligiga erishish harakat qilish lozim. Bunda, mingn yillardan beri halqimiz tomonidan ardoqlab kelinayotgan, qon-qonimizga singib ketgan oilani muqaddas maskan sifatida qarash, ota- onani ulug`lash, kattalarga hurmatda, e`zozda bo`lish, farzandlik burchi, o`zaro mexr-oqibat, ilm olishga intilish kabi fazilatlar, ustoz va shogirdlar odobi kabi ezgu qadriyatlarga sodiq qolish.
- Yoshlarni intellektual salohiyatini, ongini, tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirishda fanlar erishgan yutuqlardan, olimu-fuzalolarning ilmiy qarashlardan unumli foydalanish, yoshlarda tolerantlik xislatlarini tarkib toptirish, boshыa millatlarni urf-odatlarini hurmat qilish, ularning madaniyati va milliy qadriyatlariga ongli yondashish, ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik , demokratiya g`oyalarini aks etishi.
- Targ`ibot-tashviqot ishlarini,tarbiyaviy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etishda yoshlarning istak va xohishlarini inobatga olish unda har qanday zo`rlik va majburlovlardan voz kechish yoshlarning asosiy qiziqishi va faoliyat doirasini tashkil etayotgan turli xil sohalarni tarbiya jarayonida to`liq qamrab olish. Bunda axborotli texnologiyalar xizmatidan foydalanishni keng yo`lga qo`yish, milliy qadriyatlarimizni o`zida aks ettiradigan internet saytlari, multimediya ro`liklarni ko`paytirish. Yoshlar ongiga ijobiy ta`sir etuvchi musiqa va kino san`ating tarbiyaviy imkoniyatlardan foydalanish.32
- Kelajagimiz bo`lgan yoshlarda o`z manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg`un olib borishga o`gatish, jamiyat, davlat va millat oldidagi insoniy burchlarini to`laqonli anglashlari, yurtimiz ravnaqi, tinchligi yo`lida mehnat qilishlariga erishish uchun ijtimoiy va psixologik sharoit yaratish.
- Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakillantirish, milliy g`oya targ`ibotini izchil davom ettirish .
Globallashuv sharoitida ta`lim - tarbiya jarayonida yoshlarda milliy g`urur tuyg`usini shakillantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilishi bu tarbiya jarayonining muvafaqqiyatini ta`minlaydi. CHunki milliy g`urur tuyg`usini his qilishi bu o`zini anglashi, millatiga, xalqiga munosabatini belgilaydi.
Umuman globallashuv jarayonlarini tahlil qiladigan bo`lsak uni insoniyat va jamiyatga ta`sirini ikki xilda namoyon bo`lishini ko`ramiz, ya`ni bir tamondan texnologiyalari va oqimlarisiz zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot haqida gapirish o`rinsiz bo`lsa, o`z navbatida axborotlashuv va globallashuv jarayonlarining rivoji madaniy, ma`naviy, mafkuraviy va siyosiy sohalarda o`tkir muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonlarining mafkuraviy xarakteri kuchayib u shunday kuchga aylanib bormoqdaki, har xil siyosiy kuchlar undan o`z maqsadlariga erishish quroli sifaqtida foydalanmoqdalar.
YOshlarimizni tarbiyasiga, ularni ma`naviyatiga salbiy ta`sir, tajovuzni beozor, hatto, kimgadir yoqimli bo`lib ko`rinadigan shakli “ommaviy madaniyat” hodisasi bilan bog`liq. “Ommaviy madaniyat”, tub mohiyatiga ko`ra, milliy madaniyatning kushandasi u madaniy xilma – xilligni xushlamaydi, uning maqsadi ”ommaviy madaniyat” niqobidagi tushunchalar bilan umuminsoniy qadriyatlar o`rtasidagi tafovutni, ularning maqsad mohiyatini nozik ilg`ash bugungi kunda muxim ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, globallashuv jarayoning har bir mamlakatga o`tkazayotgan ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun avvalo shu hodisaning mohiyatini chuqur anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisaning chuqur o`rganmay turib, unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyatini, ma`naviyatini izdan chiqishga olib kelishi mumkin. Bu esa har bir mamlakat uchun halokatlidir.
Bu xolatga faqat ta`lim muassasalari mas`ul deyish noto`g`ridir. Talabalarni jamiyatni, davlatni rivojlantiruvchi mutaxassis qilib tayyorlash ta`lim muassasasining vazifasidir, lekin ularga tarbiya berish, dunyoqarashini shakllantirish jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning barchasini birgalikda amalga oshiradigan vazifasidir.
Ta`lim mussasasi, oila, mahalla, ommaviy axborot vositalari xamkorlikda faoliyat ko`rsatishlari lozim. Targ`ibot-tashviqot ishlarini xozirgi kundagidan xam takomillashtirish lozim. Ta`lim muassasalariga axborot madaniyatini shakllantirishga oid fanlarni yoki bo`lmasa maxsus kurslarni kiritish zarur. Iloji bo`lsa ta`lim portallari tarkibida axborotlardan unumli foydalanish uchun maxsus masofali kurslar tashkil qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |