Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixologya
ta`lim yo`nalishi 193 – guruh talabasi Sobirov Yog'duga berilgan pedagogik- psixologik
T A V S I F N O M A
Sobirov Yog'du Urganch tuman 36-sonli umum ta`lim maktabida 1-fevraldan - 27-fevralgacha pedagogik amaliyotda bo’ldi. Unga pedagogik amaliyotni o’tash davrida maktabning 11-A va 11-B sinfi berkitildi. U mazkur sinf o`quvchilari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar olib bordi. Amaliyot davrida u o`quvchilarning ota-onalari bilan ham munosabat o’rnatib, ular bilan ota-onalar majlisi ham o’tkazdi. Ushbu muloqot davomida o`quvchilarning davomati, o’zlashtirish darajalari xususida suhbat olib bordi.
Sobirov Yog'du pedagogik amaliyot davomida turli yo’nalishlarda ish olib bordi. Xususan, o’quv ishlari bo’yicha 11-A sinfida va 11-B sinflarida trening mashg`ulotlari, psixologik metodikalar o’tkazdi. Bu mashg’ulotlarni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qildi. Ularda’’ Tarbiyani shakllantiruvchi va o`z o`zini advekat baholovchi’’ trening mashg`ulotlari, O`quvchilardagi tortinchoqlik hislarini bartaraf etuvchi bir qancha treninglar o`tkazib, dars samaradorligini oshirishga va shuningdek o`quvchilar orasidagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga erishdi. Shuningdek, o`quvchilarning dars jarayonida qatnashib, har bir darsda dars tahlili yozib bordi. Har bir trening va metodikalarni amaliy jihatdan to’g’ri tashkil qilishga erishdi.
Sobirov Yog'du ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishida ham bir qator ishlarni amalga oshirdi. U o’ziga berkitilgan sinflar bilan avvalo qiziqarli Zakovot o`yini tashkil qildi. So`ngra 11-A sinfi bilan erudit-shou tadbirini o`tkazdi. Shu bilan birgalikda o`quvchilar bilan birgalikda “Ma’naviyat soatlari” olib bordi. Bu soatlarda talabalarning barkamol inson bo’lib shakllanishlariga alohida e’tibor qaratdi.
U maktabning 8-“A”sinfida “Zulfiyaxonim - bahor kuychisi” tadbir o’tkazdi. U ushbu tadbirni yuksak saviyada tashkil etishi bilan o’zining tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qila oldi.
Sobirov Yog'du amaliyot davrida o’zini bo`lg`usida yetuk mutaxassis, mahoratli amaliyotchi psixolog bo`lishini namoyon qildi. U yuksak insoniy fazilatlarga egaligi, mehnatsevarligi va namunali xulqi bilan maktab pedagogik jamoasi va barcha sinf o`quvchilarining hurmatiga sazovor bo’ldi.
36-sonli maktab direktori direktori: U.Eshmetova
Do'stlaringiz bilan baham: |