Urganch davlat universiteti ning bt va sti ( sirtqi) yo’nalishi


Matematikadan boshlang’ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni



Download 0,97 Mb.
bet2/8
Sana21.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#835209
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BT va STI(sirtqi) Xayitbayeva Gozaloy. oraliq nazorat ishi

Matematikadan boshlang’ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni
va tuzilishi.
Zamonaviy boshlang'ich ta'limning o'zi nimadan iborat bo'lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo'lishi lozim? O'quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o'rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak, degan savollar boshlang'ich ta'lim tizimi oldidagi asosiy masalalardan biri bo'lib kelmoqda. So'ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim tizimida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdi. Masalan, 1997 yil 27 avgustdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 12-moddasi I-IV sinflami o'qitishga bag'ishlangan. O'zbekiston Respublikasida "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta'limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o'qitishni tashkil qilishning rejalari ko'rsatilgan. Maktab ta'limi oldiga tamomila yangi maqsadlaming qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang'ich kursi mazmunida ham, darslik va qo'llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo'lishini talab qiladi.
Matematika so'zi grekcha "mathema" so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi "fanlami bilish" demakdir. Matematika fanining o'rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o'quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma'lum usullari (metodika) orqali o’quvchilarga yetkaziladi. "Metodika" grekcha so'z bo'lib, "metod" degani "yo'l" ma'nosini anglatadi. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika o'qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tatbiq qiIadi. O'qitishda yangi maqsadlarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikadan samarali ta'lim berilishi uchun o'qituvchi boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallab, chuqur o'zlashtirib olmog'i zarur. Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
I. Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun matematika o'qitiladi, o'rgatiladi).
2. Matematika o'qitish mazmunini iIrniy ishlab chiqish (nimani o'rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o'rganishda izchillik ta'minlanadi, o'quv ishlariga o'quv mashg'ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta'limning mazmuni o'quvchilaming aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O'qitish metodlarini iImiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak, ya'ni, o'quvchilar hozirgi kunda zarur bo'lgan iqtisodiy bilimlami, malaka, ko'nikmalami va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak?
4. O'qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rgazmali qo'llanmalar va o'quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o'qitish).
5. Ta'limni tashkil qilishni ilrniy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish): o'qitish mзz- o'qitish shakllari
O'qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari уа shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblarida murakkab, uni о' ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin. Matematika o'qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani - o'zining tayanch fani bilan uzviy bog'liq. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to'plamlar nazariyasiga tayanadi. Bunday topshiriqlarni bajarish bolalami ko'rsatilgan to'plam1ar elementlari orasida o'zaro bir qiymatli moslik o'rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. МО'М (matematika o'qitish metodikasi) umumiy matematika metodikasiga bog'liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqi1adi. Boshlang'ich sinf МО'М pedagogika yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. МО'М bilan pedagogika orasida ikki tomonlama bog'lanish mavjud. Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi vа shu asosda shakllanadi. Bu hоl matematika o'qitish masalalarini hаl etishda metodik nazariy yaqinlashishning bir butunligini ta'minlaydi. Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma'lumot1arga tayanadi, bu uning hayotiyligi уа aniqligini ta'minlaydi. Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan "oziqlanadi", undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o'z navbatida metodikalami ishlab chiqishda yo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog'liq. Boshlang'ich matematika metodikasi ta'limning boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o'qitish metodikasi) bilan bog'liq. O'qitishda fanlararo bog'lanishni to'g'ri amalga oshirish uchun o'qituvchi buni hisobga olishijuda muhimdir.
Ilmiy-tadqiqot metodlari - bu qonuniy bog'lanishlami, munosabatlami, aloqalarni o'rnatish va ilmiy nazariyalami tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o'quvchilar ishlarini o'rganish~ suhbat va so'rovnomalar o'tkazish ilmiypedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So'nggi vaqtlarda matematik va kibemetik metodlardan, shuningdek, matematekinani o'qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. Matematika metodikasi ta'lim jarayoni bilan bog'liq bo'lgan quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o'rganish kerak?
2. Matematikadan nimalami o'rganish kerak?
3. Matematikani qanday o'rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo'lib Shveytsariyalik pedagog, matematik G.Pestalosining 1803 yilda yozgan "Sonni ko'rgazmali o'rganish" asarida bayon qilingan. Boshlang'ich ta'lim haqida ulug' mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta'lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang'ich ta'lim asoslarini o'rganish muammolari haqida o'z davrida ilg'or g'oyalami olg'a surganlar.
MO'M o'zining tuzilish xususiyatiga ko'ra shartli ravishda uch bo'limga bo' linadi:
1. Matematika o'qitishning umumiy metodikasi. Bu bo'limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogik, psixo1ogik qonun1ar hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beri1adi.
2. Matematika o'qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo'limda matematika o'qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo'llari ko'rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning konkret metodikasi.
Bu bo'lim ikki qismdan iborat:
a) Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
b) Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi butun
pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo'llaniladigan metodlardan foydalanadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning
nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chig'arish, ishchi faraz tuzish,
boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish