Urganch davlat universiteti Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Jumaboyeva Azizaning ilmiy- pedagogik ishlar bo‘yicha hisoboti



Download 15,03 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi15,03 Kb.
#471532
Bog'liq
hisobot oxirgi Aziza


Urganch davlat universiteti Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Jumaboyeva Azizaning
ilmiy- pedagogik ishlar bo‘yicha
HISOBOTI
2021-2022-o‘quv yili davomida Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasida belgilangan fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot1arda qatnashib, fanlarni ijobiy o‘zlashtirdim. Jumladan, mutaxassislik fanlaridan “Psixolingvistika”, “Areal lingvistika”, “Lingvokulturologiya”, “Tilshunoslik nazariyalari tarixi”, “Tilshunoslik ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanlarining ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarida muntazam qatnashdim va darslarni o‘zlashtirdim. Muntazam ravishda kafedraning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida qatnashdim. Kafedrada o‘tkazilib kelingan ilmiy seminarlarda ham faol qatnashib, o‘z ilmiy-pedagogik tajribamni boyitib borishga harakat qildim.
Ilmiy amaliyot yuzasidan Magistrlik dessertatsiyasi bo‘yicha ilmiy rahbarim f.f.d., dotsent A.Primov domla bilan uchrashib, “Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarning lingvokulturalogik va ekolingvistik xususiyatlari” mavzusini belgilab oldik.
Tanlangan mavzu yuzasidan axborot manbalari va hujjatlarni o‘rgana boshladim. Kafedrada mavzu tasdiqlangandan so‘ng foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhatini shakllantirdim. İlmiy ish yuzasidan tadqiqot kelendar rejasini tuzib, tadqiqot bosqichlarining ketma-ketligi va bajarilish muddatini hamda uning ayrim bosqichlarini aniqlashtirdim. Tadqiqot mavzusiga oid Prezident nutqlari bilan tanishib, tegishli ko‘rsatmalarni oldim. Tadqiqot rejasini tuzish bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni chuqur o‘rganib, I bob yuzasidan materiallar to‘pladim. İlmiy ishim yuzasidan to‘plagan nazariy va amaliy ma’lumotlar yuzasidan maqola tayyorladim.
2021-2022- o‘quv yili davomida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor o‘qituvchilarining ish rejasida o‘tilishi rejalashtirilgan amaliy mashg‘ulot darslarini kuzatib, ularning dars o‘tish mahoratini o‘rganib, pedagogik tajribamni boyitdim.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilaridan seminar va ma’ruza mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, dars ishlanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanma, testlar, taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha maslahatlar oldim va ularning ish tajribalarini o‘rgandim. Seminar va ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarni tahlil qilib, o‘zimga xulosalar chiqardim.
Darslarni kuzatishdan asosiy maqsadim, ta’lim jarayonini amalga oshirishning yanada mukammal metod va shakllarini o‘zlashtirish orqali mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tatbiq qilish o‘quv-tarbiyaiy jarayonlar samaradorligini oshirishning muhim omili ekanini anglagan holda darslarni kuzatib bordim. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilarining dars o‘tish mahoratini kuzatib, har bir talabaga individual psixologik yondashish lozimligini, darslarni o‘tishda turli metodlardan foydalangan holda noan‘anaviy mashg‘u1otlar tashkil qilish kerakligini o‘rgandim. Har bir tahlil qilingan mashg‘ulotdan o‘z bilim va tajribalarimni boyitib borish uchun foydalanishim hamda ularni ommalashtirishga harakat qilishim zarurligini tushundim.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari mustaqil ravishda mavzular bo‘yicha tayyorlagan taqdimotlarimni, tayanch iboralar, savollar to‘plami va test savollarini ko‘rib, o‘zlarining fikr- mulohazalarini bildirishdi. Zamon talablariga javob bera oladigan ilmiy- pedagogik faoliyatga tayyorlash maqsadida nazariy va amaliy bilimlarni tizimli-uslubiy ravishda ilmiy-pedagogik faoliyatga joriy qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berishdi. Semester yakunida kafedra mudiriga taqdimot ko‘rinishida hisobot taqdim qildik.


Ilmiy-pedagogik ish rahbari: f.f.d., dotsent A.Primov
Magistrant: A.Jumaboyeva
Download 15,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish