Urganch davlat universiteti «kimyoviy texnologiyalar» kafedrasi


Payvand chok turlari va xususyatlari



Download 1,34 Mb.
bet39/44
Sana31.12.2021
Hajmi1,34 Mb.
#270877
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
TBT maruza 2 kurs tayyor

Payvand chok turlari va xususyatlari

Payvandlash yo’li bilan biriktirma, quyma, bukma, tutashtirma choklar hosil qilinadi. Erkaklar koylagiga "Kombiteks" usuli bilan oyoqchali tugmalarni chatish mumkin.



  1. Biriktirma payvand chok — oddiy bo’lib, suv o’tkazmaydi, unchalik pishiq emas (3.2.6rasm, a).

  2. Ochiq qirqimli bukma chok — bort cheti, yoqa chetiga ishlov berishda, yeng va kiyim etagini bukib payvandlashda ishlatiladi (b).



3.2.6rasm. Payvand chok turlari.


  1. Ochiq qirqimli quyma chok — kiyimning yon, yelka, yeng qirqimlarini biriktirishda ishlatiladi. U suv o’tkazmaydi (v).

  2. Bir qirqimi yopiq quyma chok — qoplamali materiallarning hamma detallarini biriktirishda ishlatiladi. U pishiqroq va chiroyliroq (g).

  3. Tutashtirma chok — adip bo’laklarini, ostki yoqa bo’laklarini payvandlashda ihlatiladi (d).

Payvandlashni robotlashtirishda YuCHT va UT bilan payvandlash katta ahamiyatga ega. Masalan, kiyimga emblema yopishtirish uchun UZP2500A (Bolgariya) pressi ishlatiladi. UT pressining UPU-1 qurilmasi esa kiyim detallariga izma va puxtalama tayyorlash uchun ishlatiladi. Payvand chokning konstruktsiyasi va o’lchamlari materialning qalinligiga, payvandlash usuliga va chok nimaga mo’ljallanganiga qarab har xil bo’ladi. Payvand chokning qalinligi payvand qilinayotgan gazlama bitta qatlamining qalinligidan kam bo’lmasligi kerak. Agar chokning qalinligi payvand qilinayotgan gazlama bitta qatlami qalinligidan kam bo’lmasa, uning statik pishiqligi kamayadi.

Chokning konstruktsiyasi va o’lchami chok nimaga mo’ljallangan ekaniga ham bog’liq. Agar chok unchalik zo’r kelmaydigan detallarni ulashga mo’ljallangan, uning cheti odam badaniga tegmaydigan bo’lsa, bunday chok qirqilgan, ochiq bo’lishi mumkin.

Payvand chokning xususiyatlarini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlar chokning uzilishga nisbatan pishiqlig i, uning cho’ziluvchanligi, qattiqligi, chidamliligi hisoblanadi. Uzilishga nisbatan pishiqlik chok buzilgunga qadar unga bir bor ta’sir etgan kuch qiymati qanchaligini belgilaydi. Agar bu kuch qiymati chokning uzilishiga nisbatan pishiqligi qiymatidan ortiq bo’lsa, chok yirtilib ketadi. Demak, kiyim ishlatilishi jarayonida uning chokiga ta’sir etadigan kuchlardan ko’ra chokning uzilishga nisbatan pishiqligi ancha ortiq bo’lishi kerak. Chokka ta’sir etadigan kuchlarning bir qismini gazlama o’ziga olib, chok bilan birga cho’ziladi. Chok gazlama bilan birga qancha ko’p cho’zilib turgan bo’lsa, chokni yirtadigan darajadagi kuchning qiymati shuncha kam bo’ladi. Shuning uchun choklar cho’zila olishining payvand choklar xususiyatini baholashda ahamiyati katta. Choklar qanchalik qattiq bo’lsa, buyumni ishlatish jarayonida chok pishiqligining shunchalik ko’p qismi yo’qoladi. Nihoyat, choklarning chidamliligi tikuvchilik buyumining qancha vaqt ishga yarashini belgilaydi. Choklarning chidamliligi qancha yuqori bo’lsa, ularning xizmat qilish muddati shuncha uzoq bo’ladi.


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish