Urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti mustaqil ish



Download 61,31 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi61,31 Kb.
#933298
Bog'liq
akrabatik mashqlarning atamalari - 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

MUSTAQIL ISH
MAVZU: AKRABATIK MASHQLARNING ATAMALARI .
Tayyorladi:_________________
Qabul qildi:_________________
Reja:
1.Akrabatik atamalarning turlari.
2.Akrabatik mashqlarni bilan shug’ullanish
Kuraklarda tik turish. Boshda tik turish . Qo‘llarda tik turish.



Akrobatik mashqlar – asosan turli о‘qlar atrofida aylanma harakatlarni bajarish (о‘mbaloq oshish, tо‘ntarilish, salg‘to va h.k). Shuningdek, g‘ayri oddiy tayanch sharoitida bajariladigan muvozanatni saqlash mashqlari (yakka, juft va guruh bо‘lib). Har xil kontinentli mashg‘ulotlarda kuchlilik, epchillik, egiluvchanlikni, fazoda yо‘nalish olishni, vestibulyar apparatni mashq qildirish uchun qо‘llaniladi.
Akrobatik mashqlarni о‘rganish bir vaqtning о‘zida murakkab mashqlarni bajarishga tayyorarlik vazifasini bajaruvchi sodda mashqlardan boshlanadi.



Dumalashlar va оmbaloq oshishlar. О‘quvchilar avval dumalashlar, о‘mbaloq oshish va salg‘toni bajarish uchun tayyorgarlik mashqlarini egallab olishlari zarur.
Dumalash – tananing alohida qismlarini ketma-ket tayanchga tekkizgan holda boshdan oshmasdan turib aylanma harakatlarni bajarish. О‘quvchilar bu usulni quyidagi ketma-ketlikda egallab oladilar: dastlabki holatdan yarim qо‘llarni polga tayangan holatida о‘ngga va chapga dumalash; о‘tirgan holatdan – orqaga dumalash; tizzalarda turgan holatdan – oldinga dumalash.

Оmbaloq oshish – tananing boshdan oshib о‘tib, sо‘ngra tayanchga tekkiziluvchi aylanma harakati. Oldinga о‘mbaloq oshish oyoqlarni ochgan holda qо‘llarga tayanib turishdan osonroq о‘zlashtiriladi: oldinga engashib, boshning orqa tomoni bilan (tana og‘irligini qо‘llarda ushlab turgan holda) tayaniladi va dumalab о‘tirib olinadi, sо‘ngra о‘tirib tayaniladi. Buni о‘zlashtirib olgach, о‘tirib tayanishdan о‘mbaloq oshishni bajarish mumkin.
Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, bir qо‘l bilan yelkadan ushlab turish, ikkinchi qо‘l bilan tizzalar orqasidan itarib, aylanishni (о‘mbaloq oshishning birinchi fazasini bajarishga) yordam berish.
Orqaga о‘mbaloq oshishni og‘ma tekislikdan (masalan, gimnastik mat qoplangan tramplindan) о‘tirish holatidan, tanani egib turib va qо‘llar bilan (kaftlar pastga qaratilgan) yelkaga tayangan holda о‘zlashtirish ancha oson. О‘quvchilar og‘madan о‘mbaloq oshishni о‘rganib olgach, uni akrobatik yо‘lkada yoki matlarda bajarishga о‘tadilar.
Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, yelkasidan ushlanadi va aylanma harakatni muvaffaqiyatli bajarishga yordam beriladi. Bu о‘mbaloq oshishni egilib bajarishni oldinga engashib о‘tirish holatidan boshlash kerak, dumalash qо‘llar bilan yelkaga tayanib, sо‘ngra oyoqlar bosh orqasidagi tayanchga tushiriladi. Bosh orqali aylanganda g‘ayrat bilan qо‘llar ochiladi, engashib (yahni oyoqlar tо‘g‘ri tutiladi) asosiy holatga о‘tiladi. Sakrab о‘mbaloq oshishni (oldinga) dastlab turgan joyda bajarishni о‘rganish kerak. Yarim о‘tirgan holatdan oldinga yarim engashib, qо‘llar orqaga qilinadi: qо‘llarni oldinga harakatlantirish (siltash) bilan bir vaqtda oldinga yuqoriga g‘ayrat bilan sakraladi, uchlik fazasidan sо‘ng, qо‘llarga tayangan xolda oldinga umbaloq oshish bajariladi .
Himoyalash (straxovka): tayanch joyi yonida tizzada turib, bir qо‘l bilan yelka ostidan ushlab turiladi, ikkinchi qо‘l bilan bо‘ksa ostidan turtib, oldinga о‘mbaloq oshishni yakunlashga beriladi.
Orqaga о‘mbaloq oshish yelka orqali (engashib) bajariladi. О‘quvchilar bu mashqni о‘tirgan holatdan oldinga engashib, kuraklarga tayangan holda orqaga dumalab bajaradilar; sо‘ngra yelkada asoiy holatga qaytib (qо‘llar bilan yonga tayangan holda), kо‘krak orqali dumalab, bо‘ksalarga yotib tayangan holda tugallaydilar. Boshda yoki qо‘llarda turib bajarishda orqaga dumalashdan sо‘ng tos-bо‘ksa qismlarini tо‘liq yoyish va qо‘llarni tayanchga qо‘yish kerak, qо‘llarda turib bajarishda esa bir vaqtning о‘zida tanani va qо‘llarni yoyish muhim.
Download 61,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish