Urganch davlat universiteti «iqtisodiyot va turizm» fakulteti


O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish



Download 220 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2020
Hajmi220 Kb.
#38239
1   2   3

O’zbekistonning ekoturistik brendini yaratish

Brend o’zida mahsulotning nomi ,timsoli,dizayni va boshqa xususiyatlarini o’zida mujassam etadi. Brend orqali xaridor mahsulotni bir biridan ajrata oladi.Shuningdek brend inson xotirasida tez muxrlanib qoladi va iste’molchiga mahsulot haqida qisqacha ma’lumot beradi.

Brend quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

-nom (kompaniya mahsuloti,xizmatini ifodalovchi so’z yoki so’zlar)

-rang

-tovush


-hid

-shakllar va boshqalar.

O’zbekistonning eko brendini yaratish orqali biz hududda mavjud bo’lgan barcha ekologik destinatsiyalarni bir brend ostida xorijiy sayyohlarga va mahalliy aholiga yetkazish imkoniga ega bo’lamiz. Biz yuqorida O’zbekistonning ekoturistik brendini ko’rib chiqdik.Maskur brendda O’zbekiston so’zi yashil rangda yozilgan.Yashil tabiat rangi bo’lganligi uchun shu rang tanlandi. Gul orqali O’zbekiston florasiga ,uchayotgan laylak orqali esa O’zbekistonning faunasiga urg’u berilgan. To’q sariq rangda cho’llar,och sariq rangda serquyosh o’lkamiz tasvirlangan. Moviy rang orqali esa mamlakatimizning sarvqomat tog’lari aks ettirilgan. Shuningdek brend shiori ( tabiat bilan birga bo’l)ga muvofiq ravishda ’a’ harfining ichiga inson va uni o’rab turgan tabiat aksi tushirilgan. Kamalak orqali tabiat mo’jilaridan bahramand bo’lish imkonini yoritilgan.

Buxoro hududida hayvonot bog’i yaratish loyihasi.

Hududiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Buxoro viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etish zarur. Ayni paytda, mamlakatimizga va viloyatimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimi yildan yilga oshib borayaotib, mahalliy turizm jami turizm oqimida 60% atrofida hissaga ega bo'lmoqda.

Mahalliy turistlarni Buxoro viloyatida uzoqroq saqlab qolishda milliy park, xiyobonlarni ko'paytirish va ularda xizmat ko'rsatish sifatini oshirish muhimdir. Biz imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, Buxoroda yirik hayvonot bog'i tashkil etishni taklif qilamiz. Ushbu hayvonot bog'ida O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar saqlanishi nazarda tutiladi. Albatta, mazkur jarayon juda katta mehnat, mablag' va vaqtni talab etadi. Ammo quyidagi qo'shimcha afzalliklarni beradi:


  • hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish,sayyohlarga O'zbekistonning o'ziga xos hayvonot olami haqida ma'lummot berish;

  • ushbu bog'da ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, mazkur soha yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga amaliyot maskani sifatida xizmat qilishi;

  • qo'shimcha ishchi o'rinlari(zootexnik,veterinar,melioratsiya xodimlari, haydovchi va hokazo) tashkil etiladi.Ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kadrlarga talab shakllanadi;

  • qo'shimcha daromad hajmlari oshadi;

  • ushbu bog'da elektr-energiyasi va issiq suv ta'minotida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir;

  • xushmanzara joylarda alohida dam olish joylari, tamaddixonalar tashkil etish, qo'shimcha xizmat sifatida yosh bolalar uchun velosiped, aravachalarni hayvonot bog'i hududida ijaraga berish,ular uchun batut kabi ko'ngilochar xizmatlar,suratga tushish xizmatini taklif qilish, xullas sayohat, sport,san'at va madaniyat sohalari bir-biri bilan ma'lum bog'liqlik asosida ish olib borish imkoniyati paydo bo'ladi.

Biz mazkur hayvonot bogini shaharning chekka qismida, masalan ''Boqiy Buxoro'' majmuasining foydalanilmayotgan qismida tashkil qilishni tavsiya etamiz.Biz bejizga hayvonot bog'ini tashkil etish taklifini kiritmayapmiz; xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, ekoturizmga qilingan xarajat 4-5 martagacha ko'p daromad keltiradi.

Xushmanzara sun’iy daraxtlar

Bizga ma’lumki yoz faslida ob- havo bizning mamalakatimizda juda issiq bo’ladi.Shu sababli bizning yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar uchun tarixiy obidalar atrofida sun’iy daraxtlar qurishni taklif etamiz. Bu sun’iy daraxtlarning balandligi tarixiy obidalarning tashqi ko’rinishini to’sib qo’ymasligini inobatga olgan holda 20-30 metr atrofida qilib quriladi. Daraxtlarning ustida quyosh batarelari qo’yiladi. Daraxt osti kunduz kunlari salqin bo’lishini daraxtlarda maxsus suv purkagichlarning qo’yilishi bilan ta’minlash mumkin. Kechqurun esa maskur daraxtlar o’z barglarini yig’gan holda atrofga nur taratadilar. Bunga ularga o’rnatilgan kichik yoritgichlar sabab bo’ladi. Shuningdek daraxtlar ostida dam oluvchilar uchun o’rindiqlar ham tashkil etiladi. Bu turdagi daraxtlar Ark atrofida,Chor minor ,Chashgmi Ayub, Somoniylar maqbarasi kabi obidalar atrofida qurilsa ayni muddao bo’lar edi.



3.2. Mamlakatimiz ekoturizmi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish

Biz ikkinchi bobda xorijiy mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribalari bilan tanishib o’tdik.Tatqiqot obyekti sifatida Singapur va Kosta Rika davlatlari ekoturizmini ko’rib chiqdik. Kosta Rika tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizm davlatning rivojlanish strategiyasi bo’lishi mumkin ,agar yaxshi idoraviy qobilyat bo’lsa ,asosan mahalliy darajada. Va quyidagi shart-sharoit mavjud bo’lishi kerak:



  • Omma orasida ekologik bilim yuqori bo’lishi kerak

  • Xususiy sektorlar tabiiy resurslarni asrab qolish va rivojlantirish bo’yicha dasturga tayangan holda ishlashlari darkor,va bu dasturda ijtimoiy ,ekologik va iqtisodiy aspektlar teng ravishda muhokama qilinishi kerak

  • Qatnashuvchilar va aholi egalik hissini his qilgan holda va dasturlarni tushunishlari va bajarilishini taminlashlari lozim

  • Turizm industriyasida mahalliy tadbirkorlik yuqori bo’lishi va mahalliy madaniyat turistlarning faoliyati bilan birlashtirilgan bo’lishi kerak.

Bu kabi holatni kickina ko’lamdagi va jamoaga asoslangan turizmda uchratish mumkin.

Singapur tajribasi shuni ko’rsadiki ekoturizmni rivojlantirish uchun:



  • Ekologik bilimni oshirish;

  • Ekologik talimni bir umrlik jarayonga aylantirish ;

  • Tabiatni asrashga katta etibor berish;

  • Davlar tomanidan ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turli xil fondlar va sohaning rivojlanishi uchun qonun hujjatlarining qabul qilinishi;

Shuningdek,insonlar shaxsiy qiziqishlari asosida nafaqat o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitni,balki global atrof muhitni ham asrash haqida qayg’urishadi. Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo’lgan munosabati ham shunga mos ravishda o’zgarib boradi,keyinchalik mahsulot ekologik jihatdan qanday ishlab chiqarilishiga bog’liq bo’ladi. Hukumat 1992-yil yashil sxemali yorliqlarni ekologiyaga zarar yetkazmaydigan mahsulotlar yorlig’i sifatida chiqardi.1998-yilga kelib 611 ta mahsulot shunday yorliqlar bilan taqdirlandi. 1991-yil atrof muhitni asrashga o’z hissasini qo’shgan tashkilotlar va shaxslarni taqdirlash maqsadida ”yashil barg” mukofoti tashkil etildi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kishilarda ekologik bilimni shakllantirmay turib mamlakatda ekoturizmni rivojlantirib bo’lmaydi.Hozirgi kunda O’zbekistonda ekolagik bilimni oshirish maqsadida bir muncha ishlar qilinmoqda. Televidiniya orqali mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiat maskanlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bu kishilarda ekologik bilimlarning o’shiga turtki bo’ladi. Shuningdek bolalarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun ekologik toza mahsulotlar aniqrog’i o’yinchoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yaxshi natijalarni beradi deb o’ylayman. Qolaversa maktablarda jonli burchaklar yaratish orqali ya’ni maktabning ma’lum bir hududida turli xildagi hayvonlarni boqish va o’simliklarni o’stirishni yo’lga qo’yish kerak. Tabiat, botanika, zoologiya kabi tabiatga bog’liq fanlarda ulardan foydalanish mumkin. Yoki bolalarni bog’larga olib borib yovvoyi hayvonlar va qushlarni qanday parvarishlanishi ko’rishlarini va bu jarayonda bevosita ishtirok etishlarini taminlash kerak. Bu albatta ularda tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatni uyg’otadi. Sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo’llab-quvatlanyapti. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki «Turizmni rivojlantirish Davlat Qo’mitasi», Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konferensiya tavsiyalariga koʻra «Ekosan-tur» Markazi tuzilgan. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etilgan. Mamlakatimizda ekoturizm salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur`atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizm taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish, sohaning o'zimizga xos va mos yo'llarini izlab topib, amalga oshirish lozim.

Xulosa

Xulosa o`rnida shuni takidlash mumkinki, mamlakatimiz o`zining turistik potentsialiga boy, ammo mavjud imkoniyatdan to`liq foydalanmaslik holatlari, xususan ekologik turizmda ko`zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko`rinishdir.Ko`pchilikni mamlakatimizning ekoturizm imkoniyatlari borasida to`laqonli axborotlarning etishmasligi masalasi tashvishga soladi. Ushbu mavzuda maxsus ixtisoslashgan nashrlar va saytlar kam uchraydi.. Mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo`lgan ish-harakatlar izchil tartibda olib borilmoqda. SHunday ekan, mazkur soha rivojini yanada yuksaltirish, uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ommalashtirish, tarqib qilish, shubhasiz, turizmga qiziquvchi sayyohlarni mamlakatimizga tashrifini bir necha barobarga oshiradi.

Mamlakatimiz ekoturistik salohiyati juda yuqori bo’lib,uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.Bu salohiyat va imkoniyatlardan ekoturizm rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalangan holda ,tabiatga zara yetkazmagan holda rivojlantirish hamda kelajak avlodga yetkazish lozim.Shuningdek turistik tashkilotlar ,turli xil qo’mitalar ,fondlar va mahalliy aholi bir butun bo’lib ,hamkorlikda ishlashlari lozim.Hozirgi kundaO`zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlari tarkibidagi 9 ta davlat qo`riqxonasi, 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko`paytirish Respublika markazi (Jayron "Ekomarkazi"), 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud bo`lib, ular dunyo bo`ylab ko`pgina ekoturistlarni ohanrabo misol o`ziga tortadi. Qolaversa, Farg’ona vodiysi, Bo`stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun, SHahrisabz kabi hududlarda tog’, sport ekoturizmini rivojlantirish uchun etarli shart-sharoitlar mavjud. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral er osti suvlarining 120 dan ortig’i aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: "O‘zbekiston", 2003.

2.“Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekistonning yangi qonunlari.-T.: Adolat, 2000, 131-140 b.

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida»gi PF-5308-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018 yil 29 yanvar, 4-son, 68-modda.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan” Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Хalq so`zi, 2018 yil 19 yanvar.

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lish kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 31 b.

6.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. // “Xorazm haqiqati” gazetasi. 2017 yil 18 yanvar. № 5 (19351).

7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF -4947-sonli Farmoni.

8. «2017–2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shaxrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’rida» gi PQ-2953-sonli Qarori. www.lex.uz — Qonunchilik portali materiallari.

9. “O’zbekiston Respublikasi sayyohlik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida”, PF-4861son, Toshkent, 2016 yil 2 dekabr.

10. “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 346 sonli 8 avgustda qabul qilingan Farmoyishi. // “Xalq so‘zi” gazetasi, 1998 yil 9 avgust.

11. “2019-2020 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 119 sonli 13 fevralda qabul qilingan Qarori. // www.lex.uz, 13.02.2019




Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish