Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti,,205“iqtisodiyot



Download 41,52 Kb.
bet3/6
Sana27.05.2022
Hajmi41,52 Kb.
#611173
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqt siyosat. mustaqil ish

Erkin iqtisodiy zonani qonuni
Ma’lumki, jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart – sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar etakchi o`ringa ega.
Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududning jug`rofiy va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish an’anaga aylangan. Birgina o`tgan asr 90-yillarining o`rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo`ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy texnikaviy zonalar faoliyat ko`rsatgan. Chunki bunday zonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport – tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Oliy Majlis Senatining o`n to`qqizinchi yalpi majlisida ma’qqullangan “Erkin iqtisodiy zonalar to`grisida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirish va qoshimchalar kiritish haqida’gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni esa amaldagi Qonunning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tartibi, ularning turlari, mazkur zonalar ishtirokchilariga qo`shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berish mexanizimini o`zida aks ettiradi.
Mazkur Qonunning “Erkin iqtisodiy zonani tuzish” deb nomlangan 3-moddasida erkin iqtisodiy zona O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilishi, erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur hujjat bilan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning chegaralari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko`rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida 3 yil oldin O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshirilishi to`g`risidagi tegishli o`zgartishlar kiritildi. 4- moddaga binoan esa, erkin iqtisodiy zonaning maqomi uni tashkil etish tog`risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganda hamda unda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar bajarilmaganda tugatilishi belgilanadi.
Shu bilan birga, ushbu Qonunning 6-moddasiga muvofiq, erkin iqtisodiy zonalar mamlakatimizda erkin savdo zo`nalari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuziladi. Qonunning 7-moddasiga ko`ra erkin ishlab chiqarish zonalari – tadbirkorlikni rag`batlantirish, iqtisodiyotni ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish, istiqbolli texnalogiyalarni joriy etish maqsadida xo`jalik–moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlar bo`lib, u o`z ichiga eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zo`nalarini va boshqa erkin zonalarni qamrab oladi.
Albatta,erkin ishlab chiqarish zonalarida iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali istiqbolli texnologiyalar joriy etiladi, pirovardida mahalliy xom ashyolar asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. Erkin iqtisodiy zonaning mazkur turi bugungi kunda Osiyoning 20 ga yaqin davlatida, Lotin Amerikasidagi aksariyat davlatlarda, shuningdek, Vengriya, Ruminiya, Buyuk Britaniya, AQSHda uchraydi. Erkin iqtisodiy zonaning boshqa turlaridan farqli o`laroq, bu hududda alohida imtiyozli bojxona, valyuta va soliq rejimlari davlat tomonidan ta’minlanadi. Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlab o`tilgan Farmonga asosan, erkin iqtisodiy zona mamlakatimizda ilk marotaba industrial-iqtisodiy zona ko`rinishida tashkil etildi. Eng muhimi, uning hududidagi xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo`nalishi-zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob uskunalar va texnika texnologik liniyalar hamda modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobotbardosh mahsulotlarni keng ko`lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilangan. Shu bois Qonunning 7-moddasida erkin industrial-iqtisodiy zona ham erkin ishlab chiqarish zonalar turlaridan biri sifatida nazarda tutildi.
Qonunning “Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari” deb nomlanadigan 20- moddasida bu hudud faoliyati erkin zonaning Ma’muriy kengashi tomonidan muvofiqlashtirilishi hamda zona direktsiyasi erkin iqtisodiy hududning operativ boshqaruv organi ekanligi, “Erkin iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi” nomli 21-moddasi birinchi qismida esa Ma’muriy kengashO`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilishi huquqiy jihattan mustahkamlab qo`yildi.
Ma’muriy kengashning vakolatlari qatoriga erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshirish hamda davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko`rsatishi bilan bog`liq masalalarga doir faoliyatni muvofiqlashtirish ham kiritildi. Qonunning “Erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” nomli 24-moddasi “Direktsiya yuridik shaxs bo`lib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi” degan tahrirdagi birinchi qism bilan to`ldirildi.

Shu bilan birga, mazkur Qonunga terminalarni bir xil talqin qilish va amaldagi qonunchilikdagi tafovutlarni bartaraf etish maqsadida bir qator aniqlashtiruvchi o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Qonunning “Soliq imtiyozlari” deb nomlanuvchi 14-moddasi nomi va mazmuni O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 12 va 30-moddalariga moslashtirildi. “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish” nomli 26-moddasining ikkinchi qismi, O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodekisi talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, “Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdirda, qonun hujjatlarda belgilangan kafolatlar mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan xodimda saqlanib qoladi” degan tahrirda bayon etildi.



Xulosa qilib aytganda, Senatda ma’qullangan mazkur Qonun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishda katta imkoniyat beradi. Shu bilan birga, u to`g`ridan-tog`ri investitsiyalarini jalb etish va rag`batlantirishning o`ziga xos va betakror mexanizmini joriy etishda muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.


Download 41,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish