Урганч Давлат Университети



Download 1,43 Mb.
bet21/24
Sana12.01.2017
Hajmi1,43 Mb.
#240
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
2.3.2-jadval

Ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda

band bo`lgan aholi, 2010 yil*




Xududlar (viloyatlar) nomi

Ishsizlar soni

(kishi)


Ishsizlik darajasi (%)

vaqtinchalik va mavsumiy ishda band (kishi)

1

Jizzax

17 429

4,2%

54 684

2

Sirdaryo

14 438

4,3%

32 781

3

Toshkent v.

53 239

4,5%

186 203

4

Toshkent sh.

40 597

3,4%

80 070

5

Andijon

61 725

5,5%

201 354

6

Namangan

45 081

5,4%

115 674

7

Farg`ona

76 216

5,5%

228 644

8

Buxoro

38 306

4,9%

82 560

9

Navoiy

21 668

5,1%

38 364

10

Samarkand

68 002

5,4%

174 795

11

Qashqadaryo

50 593

5,1%

150 956

12

Surxondaryo

39 914

5,1%

115 100

13

Xorazm

32 217

5,2%

80 754

*Jadval Xorazm viloyati Mehnat va aholini ijtimoimy muhofaza qilish boshqarmasi

ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.
Keyingi yillarda iqtisodiyotning innovasion turiga o`tish natijasida O`zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning innovasion yo`nalishi kuchayganligini aks ettiruvchi ijobiy o`zgarishlar ko`zga tashlanmoqda. Masalan, O`zbekiston iqtisodiyotida o`zlashtirilgan investisiyalarning 70 foizga yaqini ishlab chiqarish sektoriga, shu jumladan yarmidan ko`pi texnik va texnologik modernizasiyalashga yo`naltirilgan. 2006-2010 yillarda xorijiy va davlat kapital qo`yilmalarini ko`paytirish natijasida fan va texnologiyalar rivojlanishini uyg`unlashtirishni yaxshilash, fan va ishlab chiqarish o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish imkoniyati yaratildi. Mana shunday say’i harakatlar tufayli, YAIM dagi yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi 2000 yildagi 3,5 foizdan 2010 yilda 6,8 foizga yetkazildi5.

Xorazm viloyatida mexnat bozorini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va istiqbollari. Aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish belgilangan.

Mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish asosiy yo`nalishlardan hisoblanadi.

Aholi bandligini oshirish va ish o`rinlarini ko`paytirish borasida viloyat iqtisodiyoti oldidagi vazifalar:

1) yangi ish joylarini yaratish bo`yicha 2013 yilga belgilangan dastur parametrlarining bajarilishini ta’minlash;

2) har bir shahar va tuman kesimida “2013 yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi”ning manzilli ro`yxatlarini har bir korxona, ob’ekt bo`yicha ishga tushirish rejasini (“tarmok grafigi”ni) tasdiqlagan holda, tasdiqlash va nazoratini amalga oshirish;

3) 2013-2015 yillarda kichik biznes, xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari va ob’ektlarni ishga tushirishning aniq manzilli ro`yhatlarini shakllantirish;

4) har bir tuman, shaharda hokimlar boshchiligida yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash choralarini ko`rish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, jumladan ro`yxatdan o`tkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikasiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va hal etish choralarini amalga oshirish;

5) kasanachilik ish joylarini ko`paytirish borasida tuman (shaxar)larda ishini keskin jonlantirish, mavjud kasanachilik ish joylarini saqlab qolish va 2013 yil manzilli dasturi ijrosini ta’minlash;

6) ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilma ob’ektlarini loyihalarini amalga oshirishga ishsizlarni jalb etish;

7) band bo`lmagan aholini ijtimoiy ximoyasini kuchaytirish (ishsizlarni xak to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga qayta o`qitish va sh.k.)

8) Obod turmush yilida yoshlar, jumladan kollej bitiruvchilari va xarbiy xizmatdan qaytganlarning xar biri bilan ishlab, to`liq ish bilan, jumladan zaxira kilingan ish joylariga ta’minlash.

9) kam ta’minlangan oilalarni qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish, bunday oilalardagi mehnatga layokatli yoshlarni birinchi navbatda ish bilan ta’minlash va o`z ishini boshlashlariga ko`maklashish

Xorazm viloyatining tumanlari bo`yicha ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda band bo`lganlarni taxlil qilish shuni ko`rsatadiki, ishsizlar soni Xazarasp (4,2 ming kishi), Qo`shko`pir (4,0 ming kishi), Xiva (3,5 ming kishi), Bog`ot (3,5 ming kishi) tumanlarida eng yuqori ko`rsatkichga egadir (2.3.4-jadval). SHunga mos ravishda ishsizlik darajasi ќam Qo`shko`pir (7,5 %), Bog`ot (5,9 %), Xiva (5,4 %) va Urganch (5,4 %) tumanlarida viloyatda eng yuqoridir. Bundan tashqari ushbu tumanlarda vaqtinchalik va mavsumiy ishda band bo`lganlar miqdori ќam yuqoridir. Ular Xazarasp (11,3 ming kishi), Bog`ot (9,7 ming kishi), Urganch (9,5 ming kishi) tumanlarida, Urganch shaxrida (9,5 ming kishi) va Gurlan tumanida (9,1 ming kishi) ko`pchilikni tashkil qiladi.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish