Urganch davlat universiteti huzuridagi


Turistik xixmat bozorini segmentlash. Turizm mahsulotga talab segmentatsiyasini o‘rganish



Download 214 Kb.
bet10/12
Sana23.07.2022
Hajmi214 Kb.
#845527
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
r45turistik mahsulot iste\'molchilari

Turistik xixmat bozorini segmentlash. Turizm mahsulotga talab segmentatsiyasini o‘rganish.
Bozor segmentatsiyasi - iste’molchilarning talablarini birlashtiruvchi harakterga ega bo‘lgan bozor qismlarini tushunamiz. Ushbu segment (qism) larning har biri maqsadli bozor sifatida tanlanishi mumkin. Iste’molchilarning talabini har bir mahsulot qondira olmasligi bois, segmentatsiyaning asosiy maqsadi-turistlik mahsulotni aniq (manziliy) ta’minlashga qaratiladi. Turistlik xizmat bozorining segmentatsiyasi vujudga keluvchi savollarga, ya’ni: xususiyati, qiziqishi, fikrlashi, qabul qilishi, ma’naviy qadriyatlar va har bir segment vakilining zaruriyatiga qarab javob beradi. V.Saprunova tomonidan taklif qilingan turistlik faoliyat savollariga javob beruvchi me’zonlar segmentatsiyasining asosiy guruhi 1-jadvalda keltirilgan.
Jadval 1.
Turistlik mahsulotga talab segmentatsiyasi

Mezonlar

Talab segmentlari

Geografik mezonlar

1.Turist tashrif buyuradigan mamlakat

Chiquvchi
Kiruvchi
Ichki

2.Turistlik sayohatdan geografik maqsad


Dunyo davlatlari bo‘ylab turizm
Dunyoning aloxida xududlari bo‘ylab turizm
Turist yashaydigan davlatning aloxida xududlari bo‘ylab turizm

Ijtimoiy mezonlar

  1. Yoshi

Yoshlar turizmi ( 30 yoshgacha )
“Seniorlar” turizmi (30 dan -45 yoshgacha va 45 dan 55 yoshgacha )
Bolalar turizmi

  1. Jinsi

Ayollar turizmi
Aralash turizmi

  1. Turistning kasbi

Kasbiy belgilar bo‘yicha sigmentlar ko‘pligi maxsus turlar
Iqtisod, siyosat va jamiyat hayotining turli sohalarida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus turlar

  1. Oila boshlig‘ining kasbi

Jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari bo‘yicha segmentlar(yuqori menejment, xizmachilar va h.k.)

  1. Doimiy yashash joyidagi aholi punkitining kattaligi.

Katta, o‘rta va kichik shaharlardan turistlar
Qishloq joylardan turistlar

  1. Oilaviy turizm

Yolg‘izlar turizmi
Bolasi yo‘q oilalar turizmi
Bolasi bor oilalar turizmi
Ko‘p oilaviy turizm

  1. Millati

Etnik turizm

  1. Diniy yo‘nalishlar

Diniy turizm

  1. Oila daromadi

Ijtimoiy turizm
Lyuks turizm
Uncha qimmat bo‘lmagan –ekonom turizm
Eksklyuziv turlar

Psixologik mezonlar

  1. Sayohatlar

Rekreatsion turizm
Ishga bog‘liq turizm
Sport turizmi
O‘rganiladigan turizm
Kommunikatsion turizm

  1. Turistning toifasi

Turli xildagi klassifikatsiyalar (masalan, S-, F-, V-, A-, B-toifadagi turistlar va hokazo )

  1. Mavsumiylik

Asosiy mavsum
Oraliq
Mavsumlararo
Yilning oylari bo‘yicha

  1. Sayohatning tashkillashtirilishi

Mustaqil
Vositachi orqali

  1. Sayohat turi

Guruh bilan
Individual

  1. Foydalaniluvchi transport turi

Avtoturizm
Aviaturizm
Veloturizm
Avtobus turizmi
Dengiz kruizli turizmi
Daryo kruizli turizmi
Shaxsiy transport
Boshqa turdagi transport vositalari

  1. Turar joy bilan ta’minlanish

Mehmonxona
Motel
Kempinglar
Shaxsiy uylar va xonalar
Boshqa turdagi binolar

8.Turistlik maqsadning uzoqligi

Segmentatsiyalashning turli me’zonlari

9.Sayohat muddati

Uzoq muddatli (21 kundan oshiq)
O‘rta muddatli (7-14 kun)
Qisqa muddatli (2-4 kun)

10.Moliyalanish shaxobchalari

Ijtimoiy turizm (kam ta’minlangan aholi uchun ijtimoiy sug‘urta tomonidan mablag‘ ajratiladi
Intensiv turlar (firma xodimlari va ularning oilasi uchun firma tomonidan to‘lanadigan rag‘batlantiruvchi turlar)
Oilaviy byudjet

11. Turistlik sayohatni amalga oshirishda qaror qabul qilishga yordam beruvchi konsultantlar, dallollar)

Turoperatorlar
Turagentlar
Tanishlar
Ommaviy axborot vositalari

Turizm xizmat bozorida yoshlar ikki yosh kategoriyalari bo‘yicha bo‘linadilar, ya’ni 18 dan 24 yoshgacha va 25 dan 34 yoshgacha. O‘zlarining ko‘p sonliligi va ko‘proq harakatlanish qobiliyati bilan, bu kategoriyadagilar turizm xizmat bozorining holatiga ta’sir qiladi. Odatda bu guruhdagi yoshlar ko‘pchilikni tashkil qilganligi sababli, bu segmentning kompleks tendensiyasini aniqlash mumkin: kechroq turmush qurish, oilada faqat bir bolaning tug‘ilishi, kichik uy xo‘jaligi, oiladagi har ikkala a’zosi uchun ham kar’eraning muhimligi. Turizm xizmat bozorida yoshlarning ko‘proq ikki guruhi uchraydi: turmush qurmagan va bolasi yo‘q yosh oilalar.


Aholining harid qobiliyatiga 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lganlar asosiy ta’sir ko‘rsatadilar. Bu segmentning hayot tarzi butun mamlakat hayot tarzi bo‘la boshlaydi, bu xoh sayohat bo‘lsin, yoki dam olish maskanlari bo‘lsin, aynan shu guruhdagi aholi samolyotlardagi sayohatlarga va kurortlarda dam olishga ishqiboz. Sayohatga va ko‘chish vositalariga ular ko‘p pul sarflaydilar. Bularning ko‘pchiligi yaxshi ta’lim olgan. Ular uchun o‘z bilimlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
45 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lganlar. O‘zlarining yashash joylaridan uzoqroqda, kurortlarda dam olishga, samolyotlarda sayohat qilishga molikdir.
Bu guruh asosini ijtimoiy faol kishilar tashkil qiladi. Bu yoshdagigilar barcha qulayliklar bo‘lishini va ekskursiya dasturlariga o‘zlarining kasbiga bog‘liq ob’ektlar bilan tanishishni kiritilishini xohlaydilar.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish