Urganch davlat universiteti gistologiya va embriologiya



Download 175,37 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi175,37 Kb.
#431475
Bog'liq
SIRTQI -1kurs Gistologiya va emriologiya ishchi dastur 2021 2022 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



GISTOLOGIYA VA EMBRIOLOGIYA
FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
(SILLABUSI)



Bilim sohasi:

500000 –Tabiiy fanlar, matematika va statistika

Ta’lim sohasi:

510000 – Biologik va turdosh fanlar

Ta’lim yo‘nalishi:

60510100 - Biologiya (turlari bo’yicha) sirtqi



Urganch - 2021
Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi(sillabusi) Urganch davlat universiteti Kengashi tomonidan 2021 yil “___” ____________ dagi №___ bayonnomaga asosan tasdiqlangan “Gistologiya va embriologiya” fanining o`quv dasturi asosida tuzilgan.


FAN TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT



Fan/modul kodi
GEB151

O‘quv yili
2021-2022



Semestr
1

ECTS - Kreditlar
5

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
______

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Gistologiya va
embriologiya

20

130

150



FAN O‘QITUVCHILARI XAQIDA MA’LUMOT:

Kafedra:

Biologiya

Dastur muallifi:

Matkarimova M.R.

Telefon raqami

+998975284509

E-mail:

marifatmatkarimova@mail.ru

Tashkilot:

Urganch davlat universiteti. Pedagogika binosi 104 xona




1.

1. Fanning mazmuni
Fanning o`qitishdan maqsad - talabalarga organizmlarning rivojlanishidagi asosiy bosqichlari: rivojlanish tarixi; gamеtogеnеz: urchish va urug`lanish; maydalanish va blastulalarni shakllanish: gastrulyasiya, nеyrulyatsiya va organogеnеzni boshlanishi: dastlabki (provizor) a'zolarni yuzaga kеlishi; dеtеrminasiyalanish va induktiv jarayonlari, ularni embrional boshqarilishi; hujayralarni tabaqalanish mеxanizmlari: hujayralarni o`zaro ta'siri: rеgеnеratsiya va somatik embriogеnеz ontogеnеz davrlarini o`rganishda zamonaviy va ekologik uslublarni qo’llash kabilar bilan zamonaviy pеdogogik tеxnologiyalar asosida tanishtiriladi



  1. Ma’ruza mashg’ulotlari 2-semestr



Ma’ruza mavzulari

Soat


Gistologiya va embriologiya faniga kirish. Epiteliy to’qimasi. Ichki muhit to’qimalari.

2


Biriktiruvchi to’qimalar. Skelet to’qimalar (Tog’ay va suyak to’qimlari). Muskul to’qimasi. Nеrv to’qimasi.

2


Embriologiya faniga kirish. Ontogenez. Organizmlarning ko`payishi. Gametagenez.

2


Urug`lanish Implantatsiya. Maydalanish. Gastrulyatsiya. Organogenez. Provizor a’zolar shakllanishi. Odam embrional rivojlanishi.

2

Jami

8

Jami: 8 soat
Ma’ruza mashg’ulotlari modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o’tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirishda zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanish va amaliy masalalarni kompyuter bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bitta professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur.
Amaliy mashg’ulotlar 2-semestr



Amaliy mashg’ulot mavzulari

Soat

1

Epitеliy to’qimasi tuzilishi va xillari Birqavatli epiteliy kubsimon, prizmasimon, yassi va kiprikli epiteliy tuzilishi. Regeneratsiya Ko’p qavatli epiteliy – turlari. Bezli epiteliy tuzilshi sekretsiya turlari. Ichki muxit to’qimalari. Qon va shaklli elementlar tuzilishi, xususiyatlari

2

2

Biriktiruvchi to’qimalari- zich va maxsus xususiyatlari. Biriktiruvchi to’qimalari- siyrak to’qima tuzilishi xususiyatlari, hujayralar xilma-xilligi, oraliq modda va mexanik elementlar xususiyati .Tog’ay to’qimalari, hujayralari va oraliq modda tuzilishi. Suyak to’qimalari, hujayralari, oraliq modda regeneratsiyasi.

2

3

Urug’don va urug’ hujayralarining tuzilishi va biologik xususiyatlari. Spеrmatogеnеz bosqichlari sxеmasi va mеxanizmi. Tuxumdon va tuxum xujayralarining tuzilishi va biologik xususiyatlari. Oogеnеz bosqichlari sxеmasi va mеxanizmi.

2

4

Urug’lanish. Urchish va urug’lanish bosqichlari. Urug’lanishning biolognk axamiyati. Maydalanish. Murtak (zigotaning maydalanish xususiyatlari va bo’linishning o’zaro farqlari) va maydalanish sabablari. Maydalanish okibatlari. Morula va blastula turlari va farqlari. Gastrulyatsiya. Gasrulyatsiya usullari va ularni organizm taraqqiyoti darajasiga bog’liqligi. Mеzodеrma xosil bulish usullari.

2

5

Nеyrulyatsiya va o’q a'zolarining yuzaga kеlishi. Nеrv nayining hosil bulishi.Markaziy nеrv tizimining shakllanishi. Tayanch a'zolariniig boshlang’ich-somitlarning shakllanishi. Qushlarning rivojlanishi. Qushlar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. Rivojlanish bosqichlari. Sut emizuvchilarning rivojlanishi. Yuksak organizmlarning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. Sut emizuvchilarning rivojlanish bosqichlari va farqlari.

2

6

Dastlabki (provizor) a'zolar. Embrion rivojlanishning muxitga bog’liqligi. Anamniya va amniotalarning rivojlanishdagi o’zaro farqlari. Dastlabki a'zolarning shakllakishi, vazifalari va axamiyati. Yo’ldosh hosil bo’lishi (platsеntatsiya). Organizmlarning tirik tug’ishga moslanishlari.

2

Jami

12

Jami: 12 soat
Amaliy mashg’ulotlar modul tizimida va multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyalarda o’tkaziladi.


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1. Epitеliy to’qimasi tuzilishi va regeneratsiyasi, anomaliyalar.


2. Biriktiruvchi to’qima xilma-xilligi, evolyutsion taraqqiyoti, sun’iy to’qima o’stirish.
3. Nеrv to’qima- regeneratsiyasi, nerv uchlari-sinapslar, neyromediatorlar
4. Tuxum hujayrasining qobiqlari, ularning shakllanishi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi). Qobiqlarning funktsional axamiyati.
5. Ma'lum turdagi blastomеrlardan a'zolarning xosil bulishini aniqlashga doir V. Fogt tajribalari.
6. Ko’p hujayrali organizm to’qimalari (epitеliy, biriktiruvchi, muskul va nеrv) hujayralararo munosabatlarning buzilish okibatlari (anamaliyalarning paydo bo’lishi). Bu jarayonda ekologik omillarning roli.
7. Yo’ldosh shakllaknshida dastlabki a'zolarning roli. Umurtkali va umurtkasiz xayvonlar rivojlanishi misolida, embriogеnеz xilma- xilliginnng filogеnеtik asoslari.
8. Hayvon organizmlarining jinssiz va jinsiy ko’payishlarining almashib turish sabablari. Klonlashtirish
Mustaqil ish mavzulari 2-semestr



Mustaqil ish mavzulari

1

Epitеliy to’qimasi tuzilishi va regeneratsiyasi, anomaliyalar.

2

Biriktiruvchi to’qima xilma-xilligi, evolyutsion taraqqiyoti, sun’iy to’qima o’stirish.

3

Nеrv to’qima- regeneratsiyasi, nerv uchlari-sinapslar, neyromediatorlar

4

Tuxum hujayrasining qobiqlari, ularning shakllanishi (birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi). Qobiqlarning funktsional axamiyati.

5

Ma'lum turdagi blastomеrlardan a'zolarning xosil bulishini aniqlashga doir V. Fogt tajribalari.

6

Ko’p hujayrali organizm to’qimalari (epitеliy, biriktiruvchi, muskul va nеrv) hujayralararo munosabatlarning buzilish okibatlari (anamaliyalarning paydo bo’lishi). Bu jarayonda ekologik omillarning roli.

7

Yo’ldosh shakllaknshida dastlabki a'zolarning roli. Umurtkali va umurtkasiz xayvonlar rivojlanishi misolida, embriogеnеz xilma- xilliginnng filogеnеtik asoslari.

8

Hayvon organizmlarining jinssiz va jinsiy ko’payishlarining almashib turish sabablari. Klonlashtirish

Jami 130 s

Jami: 130 soat
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

2.

VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fan bo`yicha talabalarning bilim, kunikma va malakalariga quydagi talablar quyiladi. Talaba:


- “Gistologiya va embriologiya” o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: " Gistologiya va embriologiya” fanining ilmiy asoslari: organizmlarning xilma-xiligi va ularning hayotiy jarayonlari tasavvurga ega bo`lishi;
- o`sish; rivojlanish va molеkulyar-gеnеtik asoslari; ko`payish xususiyatlari: organizmlarning jinsiy ko`payishni amalga oshiruvchi hujayralarni yuzaga kеlishi va o`sishi; rivojlanishi; еtilishi hamda shakllanish bosqichlari; jinsiy hujayralarni urchish va urug`lanish jarayonlardagi morfologik o`zgarishlari, uning boshqarilishi va xilma-xiligi bilish va ulardan foydalana olishi;
- bu jarayon natijasida yangi organizm urchigi-zigota (murtak) xosil bo`lishi; turli sinfga xos organizmlarni embrional rivojlanish bosqichlarini turli-tumanligi; ularni o`rganishda qo`llaniladigan embriologik, gistologik, biokimyoviy va mutaxasisslikka oid zamonaviy tadqiqot usullari hakida ilmiy bilimlar, amaliy o`quv va ko`nikmalariga ega bo`lishi kеrak.



3.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruza;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar)

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlar qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa bo`lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.




4.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.

5.

Asosiy adabiyotlar:

  1. Gilbert.S.F. Developmental Biology. 9-th ed.- Sunderland, Massachusetts, USA, 2010

  2. Белоусов Л. В. Основы общей эмбриологии. –Москва: МГУ.2005

  3. Донлуа, А.К. Биология развития. Т.1,2,-СПб.: Изд-во СПбГУ, 2005

  4. Холикназаров. Б. Индивидуал ривожланиш биологияси. Тошкент. 2006

  5. Корочкин. Л.И. «Биология индивидуального развития» Генетичесчие аспекты. 2005

  6. Qodirov.I.Q. Gistologiya. Toshkent. – “Universiteti”, 2012

  7. Қодиров Э.Қ. Одам анатомияси. Лотин. Тошкент. “Университет” 2007. 276бет

  8. Сапин М.Р., Билич Г.Л. Анатомия чкловека. 1989 г. Москва. 543 б..



Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. Тошкент Ўзбекистон нашриёти, 2017

  2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устиворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш –юрт тараққиёти ва халқ фаравонлигининг гарови. Тошкент Ўзбекистон нашриёти, 2017

  3. Мирзиёев Ш.М Эркин вафаравон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент Ўзбекистон нашриёти, 2017

  4. Мирзиёев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент Ўзбекистон нашриёти, 2017

  5. Кузнецов С.Л., Мушкамбаров Н.Н., Горячкина В.Л. Атласс по гистологии, цитологии и эмбриологии. Медицинское информативное агеннство Москва, 2002

  6. Мануилова Н.А. Гистология ва эмбриология асослари. Тошкент. Ўқитувчи. 1970.286.б

  7. Салихбоев И.К. Ривожланиш биологияси. Тошкент, ТошДУ.1992.

  8. Токин Б.П. Общая эмбриология. Высш. Шк.1987

  9. Алберт С.Б. Молекулярная биология клетки. Т. 1-3. Москва: Мир,1994,

  10. Алмазов И.В. Сутулов Л.С. Атлас по гистологии и эмбриологии. М. Медицина. 1978.

  11. Волкова , О.В, Елецкий Ю.К. Гистология, цитология и эмбриология Атлас. М. Медицина. 1996.

  12. Голиченков В.А, Семенова М. Практикум по эмбриологии. Academa.2004

  13. Қодиров И.К Умумий гистологиядан амалий машғулотлар. Методик қўлланма. Тошкент. 1983. Й

  14. Қодиров И.К. Умумий гистологиядан амалий машғулотлар . Методик қўлланма. Тошкент

  15. Қодиров Э.Қ. Одам анатомияси. Кирилл. Тошкент. “Университет” 2007. 276бет

  16. Елисеев.В.Г. Афанасьев .Ю.И Юрина Н.А. Гистология. М.Медицина.1983.

  17. Кузнецов С.Л., Н.Н.Мушкамбаров, В.Л. Горячкина. Атлас по гистологиии, цитлогии и эмбриологи. Медицинское информативное агентсво. Москва. 2002.

  18. Ахмедова Н.К. Атлас. Одам анатомияси. 1-2 том. Тошкент. Тиббиёт нашри. 1996, 400 бет

  19. Худойбердиев Р.Э.Ахмедов Н.К ва бошўалар Одам анатомияси. Тошкент Ибн Сино. 199.

  20. Ахмедов Н.К. Одам анатомияси. Тошкент. Медицина. 1987



Internet va ziyonet saytlari

  1. http:php/med/unsw/edu/au/embryology

  2. http:/www.sdbonline.org

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.pedagog/uz

  5. www. lim.mmn.h.15.ru

  6. www.cultinfo.ru

  7. htpp://elbraru/projects/cititation/ cititation_info.asp

  8. www.referat.ru




6

TALABALAR BILIMINI BAHOLASH
Nazorat turlari
1.1.Ushbu fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2.Oraliq nazorat 3-xaftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida 1 marta o’tkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy (yoki bo’lsa seminar xam) mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash talabalar bilimini baholash mezonlari nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:

Mashg’ulot turi

Baxolashlar soni

Amaliy

1 marta

Mustaqil ta’lim

1 marta (referat)

1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 2 ta nazariy savolga yozma ish javobi bahosi (baholash mezonida nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi.
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: Mustaqil ta’lim
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar) 2 ta savol berish orqali yozma shaklda o’tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
-talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
-talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
-talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
-talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda- 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat, Tabiiy fanlar fakulteti dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o’quv ishlari bo’yicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o’ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo’yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig’ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug’i asosida kursdan qoldiriladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqiladi. Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha ushbu semestrda fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi.





Tuzuvchi _____________ Matkarimova M.R. Imzo
Download 175,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish