Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika
Fakulteti fizika yo’nalishi 182-guruh talabasi
Xudoyberganova Barchinoyning Urganch shahar 6-son
son umumiy o’rta ta’lim makdabidagi bitiruv
oldi amaliyot davrida yozgan
HISOBOTI
Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 2021-2022-o’quv yili bitiruvchilari 4-kurs talabalari bitiruv oldi pedagogik amaliyotga chiqishimiz aytib o’tildi. Fizika kafedrasi katta o’qituvchisi M. Xalillayev amaliyot davrida olib boriladigan ishlar rejasini va har bir talabaga kafedra tomonidan berkitilgan o’qituvchilar ro’yxatini berdi. Bizning 182-fizika guruhimizga Abdikarimov Azamat –“Fizika kafedrasi dotsenti” va Matyoqubov Hikmatjon –“Fizika kafedrasi dotsenti” amaliyot rahbarimiz bo’ldi. Men Urganch shahar 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabida bitiruv oldi pedagogik amaliyotini o’taydigan bo’ldim.
Keyin men Urganch shahar 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga bordim.U yerda meni O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari va fizika fani o’qituvchisi kutib olishdi.Meni maktab shart-sharoitlari, tarib-qoidalari va o’qituvchilar jamoasi bilan tanishtirdilar.Men maktab tomonidan fizika fani o’qituvchisi Roʼzmetova Nilufarga biriktirildim.
Amaliyotning dastlabki haftasida 7-8-9-sinflarda bo’lib o’tgan fizika darslarini kuzatdim. K.Roʼzmetova fizika fanidan ishchi dasturi va taqvimini oldim hamda amaliyot davrida o’tishim kerak bo’lgan mavzularni belgilab oldim. Amaliyotning ikkinchi haftasida – Fizika xonasi va laboratoriya jihozlari bilan tanishdim. Fizka xonasini jixozlashga qo’yilgan metodik talablarni o’rgandim, Fizika mavzularini o’qitishda qo’llaniladigan namoyish tajribalarini o’tkazish metodikasini , o’quvchilarga maktab fizika dasturi bo’yicha o’tiladigan barcha labaratoriya ishlariga tegishli har bir qurilma bilan tanishdim. Laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha qo’llanmalar bilan tanishdim va o’rgandim.
Amaliyotning uchunchi haftasida – 7, 8, 9 - sinflarda fizika fani bo’limlarini o’qitishda ko’rsatib beriladigan namoyish tajribalarini hamda shu sinflarning fizika fanida dasturida keltirilgan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish va olingan natijalarni qayta ishlashni o’rgandim.Bitiruv amaliyotining to’rtichi beshinchi haftalarida o’quvchilar bilan mashg’ulotlar olib bordim.