Urganch davlat universiteti "fizika-matematika" fakulteti "fizika" kafedrasi "optika" fanidan



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana23.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#842634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Olimboyeva Nozima

a-rasm
b-rasm
Panjara tugunida yakka atomlar
Atomlar yoki ionlar guruhi
Panjara tugunida yakka atomlar (a-rasm) atomlar yoki ionlar guruhi (b-
rasm ) ham bo’lishi mumkin. Masalan, osh tuzi kristall panjaralarining tugunlarida 
musbat natriy(Na) va manfiy xlor (Cl) ionlari, metal kristallar (Cu, Fe, Al va 
hokazo)ning panjara tugunlarida metal atomlarining musbat ionlari joylashgan 
bo’ladi. Kristall panjaralarning shakllari turli-tuman bo’lishi mumkin, lekin ixtiyoriy 
bo’lmaydi. 1890-yilda rus olimi E.C.Fyo’dorov tabiatda faqat 230 xil kristall 
panjaralar bo’lishi mumkinligini nazariy hisoblab chiqdi. Kristallar ustida olib 
borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari Fyo’dorovning nazariy hisoblariga 
to’la mos keladi. Anizotroplikni tushunish uchun grafit kristalining tuzilishini 
ko’raylik. Bu kristallda uglerod atomlari bir-biridan ma’lum masofada bo’lgan 
tekisliklarda joylashgan bo’ladi.



c-rasm. Anizotrop kristallning
kristall tuzilishi(grafit kristali). 
Bir tekislikda joylashgan atomlar orasidagi masofa tekisliklar orasidagi masofadan 
kichik va demak, bir tekislikda yotgan atomlar orasidagi tortishish kuchlari turli 
tekisliklarda yotgan atomlar orasidagi tortishish kuchlaridan ko’ra katta bo’ladi. 
Shuning uchun ham grafit kristalini atom tekisliklariga parallel yo’nalishda
sindirish oson bo’ladi. Kristall panjara tugunlari o’rni takrorlanishining doimiy 
xarakterga ega ekanligi, ya’ni uzoq tartibning o’rinliligi kristall jismlarga xos 
bo’lgan xususiyatdir. Kristall jismlar ikki guruhga bo’linadi: monokristallar va 
polikristallar. 
Zarralari bir xil kristall panjara hosil qiladigan qattiq jismlar 
monokristallar deyiladi. Monokristallar anizotropdir. Ko’pchilik minerallar 
monokristall hisoblanadi. Monokristallarning kristall tuzilishi ularning tashqi 
shaklida ham namoyon bo’ladi. Katta kristallar tabiatda juda kam uchraydi. Lekin 
sanoatda, fan va texnikada bunday kristallarga ehtiyoj juda katta. Ular 
radioelekrtonikada, optikada, ayniqsa, zamonaviy elektron hisoblash vositalarini 
ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Misol uchun yoqut kristali lazer nurlarni 
hosil qilishda, segneta tuzi kristallari ultratovush tebranishlarini hosil qilishda 
foydalaniladi. Aynan shuning uchun ham kristall sun’iy ravishda, hatto kosmik 
kemalarda ham hosil qilinadi. Hozir shu yo’l bilan kvars, olmos uchun maxsus 
shart-sharoitlar zarur. Masalan, olmos kristalini hosil qilish uchun 
10
4
MPa bosim 
va 200

temperatura zarur. 
Qattiq jismlarning aksariyati polikristallardir. Ular betartib joylashgan 
kichik kristalchalar-kristallitlar-kichik monokristallardan tashkil topgan bo’ladi. Har 



bir monokristallcha anizotrop, lekin kristallchalar betartib joylashgan bo’lganligi 
uchun polikristall jism izotrop bo’ladi. Metallar polikristall jismga misol bo’la oladi. 
Biroq erigan metallni sekin sovitish bilan metal monokristalini hosil qilish mumkin. 
Bir xil kimyoviy elementning atomlari turli xil kristall tuzilish hosil qilishi ham 
mumkin. Masalan, uglerodning o’zi xususiyatlari bir-biridan keskin farq qiladigan 
qatlamli grafit tuzilishiga va fazoviy olmos tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Suvning 
o’zi besh xil kristall tuzilishga ega bo’lgan muz hosil qiladi. Tarkibi bir xil 
moddaning turli fizik xossalarga ega bo’lgan har xil kristall tuzilishni hosil qilishi
polimorfizm deyiladi. 
Panjarasining tugunlarida joylashgan zarralarning tabiati va ular orasidagi 
o’zaro ta’sir kuchlarining xarakteriga qarab kristallar to’rt turga bo’linadi. 
Ionli kristallar. Panjarasining tugunlariga qarama-qarshi zaryadli ionlar 
navbat bilan joylashgan kristallar ionli kristallar deyiladi. Ionlar orasidagi o’zaro 
ta’sir kuchi, asosan, elektrostatik xarakterga ega. Ionli kristallarga osh tuzi NaCl
seziy xlor CsCl misol bo’ladi. 
Atomli kristallar. Panjarasining tugunlarida kvant-mexanik tabiatdagi 
kuchlar tutib turadigan neytral atomlar joylashgan bo’ladi. Ular o’rtasida elektr 
xarakteriga ega bog’lanish ham mavjud. Bu bog’lanish har bir atomdan bittadan 
elektron juftligi orqali amalga oshiriladi. Bunday kristallarga olmos, grafit, 
germaniy va kremniy misol bo’ladi. 
Metalli kristallar. Panjarasining tugunlarida metallarning musbat ionlari 
joylashgan bo’ladi. Kuchsiz bog’langan valentli elektronlar atomlardan ajraladi va 
elektron gazini hosil qiladi. Metalli kristallardagi bog’lanish panjara tugunlaridagi 
musbat zaryadli ionlar va manfiy elektronlar gazi orasidagi tortishish kuchlari 
yordamida ta’minlanadi. Metalli kristallarga ko’pchilik metallar misol bo’ladi. 
Molekulali kristallar. Panjarasining tugunlarida ma’lum tartibda 
yo’naltirilgan molekulalar joylashgan bo’ladi. Ular orasida molekulalar o’zaro 
ta’siriga xos bo’lgan tortishish kuchlari mavjud bo’ladi. Molekulali kristallarga 
naftalin, paraffin, quruq muz (
𝐶𝑂
2
), muz va hokazolar misol bo’ladi. 



Suyuq kristallar va ularning qo’llanilishi. Ba’zi organik moddalarning
shunday holati mavjudki, garchi ular suyuqliklarga xos bo’lgan oquvchanlik 
xususiyatiga ega bo’lsalar-da, kristallarga xos bo’lgan molekulalarning ma’lum 
tartibda joylashuviga va fizik xossalariga ega bo’ladi. Moddalarning bunday 
holatiga suyuq kristall holati deyiladi. Odatda suyuq kristallar qattiq kristallarni 
eritish orqali hosil qilinib, hozirgi paytda ularning bir necha mingdan ortiq turlari 
ma’lum. Suyuq kristallar elektron hisoblash mashinalari, elektron soatlar, 
mikrokalkulyatorlar, reklama shitlari va boshqalarda keng qo’llaniladi. Yupqa 
ekranli televizorlar va monitorlarda ham ulardan foydalaniladi.
Amorf jismlar. Qattiq jismlarning ikkinchi ko’rinishi amorf jismlardir. 
Garchi ular qattiq jismlar sifatida qaralsa ham aslida sovitilgan suyuqliklardir. 
Amorf jismlar kristall strukturaga ega bo’lmaydi, ular o’zlarining ichki tuzilishlari 
bo’yicha suyuqlikka yaqin bo’lib, suyuqlikdan faqat molekulalar o’rtacha 
oralig’ining kichikligi bilan va shu tufayli molekulalar tortishish kuchlarining katta 
bo’lishi bilan farq qiladi. Amorf jismlar ularning aniq erish temperaturaga ega 
bo’lmasligi, isitilganda qovushoqlikning kamayishi natijasida suyuq holatga asta-
sekin yumshash orqali o’tishi bilan ham kristall jismdan farq qiladi. Agar amorf 
jismning biror atomini markaziy atom sifatida qaralsa, unga yaqin bo’lgan atomlar 
ma’lum tartib bo’ylab joylashadi. Lekin markaziy atomdan uzoqlashgan sari tartib 
buzilib, atomlarning joylashuvi turli xil, ya’ni tasodifiyga aylanib qoladi. Kristall 
jismlardan farqli o’laroq, amorf jismlarda qo’shni atomlarning o’zaro joylashuvida 
yaqin tartibgina mavjud bo’ladi. Amorf jismlarga shisha, plastmassa, beton, mum, 
smola, polimerlar va boshqalar misol bo’ladi. Oltingugurt, glitserin, shakar va 
boshqa moddalar ham kristall, ham amorf ko’rinishda mavjud bo’lishi mumkin. 
Bunga ba’zan shishasimon shakl ham deyiladi. Amorf jismlar har doim izotrop 
xossaga ega bo’ladi. Past temperaturalarda amorf jismlarning xossalari qattiq 
jismlarnikiga o’xshab ketadi. Bu holda ular deyarli oqmaydi. Lekin temperatura 
ortgan sari amorf jismlar asta-sekin yumshab, ularning xossalari suyuqliklarning 
xossalariga yaqinlasha boradi. Amorf jismlar tabiatda kristall jismlarga nisbatan 
kam tarqalgan.


10 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish