Urganch davlat universiteti filologiya va tillarni o`qitish (O`zbek tili) ta`lim yo`NALISHI SIRTQI ta`lim shakli 201-guruh talabasi Amanova Maya



Download 0,77 Mb.
Sana23.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#403848
Bog'liq
Презентация1


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA VA TILLARNI O`QITISH

(O`ZBEK TILI) TA`LIM YO`NALISHI

SIRTQI TA`LIM SHAKLI

201-guruh talabasi

Amanova Maya

Jahon adabiyotidan

Mustaqil ta'lim ishi

XX asr G‘arb adabiyoti ikki asosiy bosqichni bosib o‘tdi.

Birinchi bosqich imperializmning so‘nggi davrlariga mos keladi. Bu asrning birinchi yarmi, aniqrog‘i 1945-yilgacha bo‘lgan davri bo‘lib,

ilm-fanning rivojlanishi natijasida madaniyatning yangi shakllari – radio va kinematograf paydo bo‘ldi.



Ikkinchi bosqich – 1945-yildan

keyingi davr bo‘lib, burjua jamiyatida chuqur qayta qurilishlar sodir bo‘ldi:

radikal demokratiyaning zamonaviy tizimlari paydo bo‘ldi,

“iste’molchilar jamiyati” shakllandi, jahon iqtisodiyotida globallashish jarayonlari jadallashdi.

XX asr Amerika adabiyoti boy, rang-barang, shu bilan birga, ziddiyatli va murakkabdir. Dunyodagi eng yosh adabiyotlardani biri bo‘lgan AQSh adabiyotining tarixi 400 yildan oshmaydi. Ushbu holat bu adabiyotni o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazdi. Ovrupa adabiyotiga nisbatan XIX asrda ancha ortda qolish va XX asrda jadal sur’atda rivojlanish, romantizm maktabining kech rivoj topishi va realizmning jadal rivojlanishi Amerika adabiyotigagina xos xususiyatlardir

XX asrning birinchi yarmida AQSh adabiyotida katta umumlashmalarga intilish kuchaydi, buni T.Drayzerning “Amerika fojeasi” romani misolida kuzatish mumkin. Tanqidiy realizm yo‘nalishida

G.Spenser falsafiy qarashlarining ta’siri sezilarli ekanligi ko‘zga tashlandi.

Spenser evolyusionizmining ta’siri T.Drayzerning “Istak trilogiyasi” va J.Londonning bir qancha asarlarida o‘z aksini topdi.

AQSh adabiyotida novella janri XIX asrdagi mavqeyini yo‘qotdi.

Uning o‘rnini realistik roman egalladi. Shu bilan birga, bir qator yozuvchilar faqat novella janrida ijod qildi. Shunday yozuvchilardan biri

O.Genri (Uilyam Sidni Porter) edi.

U Amerika adabiyotida “happy end”ning asoschisi bo‘ldi va novella janrining yangi yo‘nalishini

belgilab berdi.

1900-yili T.Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” romani nashrdan

chiqdi. Yozuvchining bu yillarda yaratilgan boshqa romanlari kabi

ushbu asar ham naturalizm ta’sirida edi. “Yo‘qotilgan avlod” yozuvchilari (E.Xeminguey, F.S.Fitsjerald, G.Stayn, J.Steynbek) yaqin bo‘lgan naturalizm bilan bir vaqtda Amerikaga Ovrupa modernizmi ham kirib keldi, bu yo‘nalishning vakillari qatoriga Tomas Eliotni kiritish mumkin. U Birinchi jahon urushi davrida adabiyotda yangi she’riy yo‘nalishni ochdi. Shoirning 1917-yilda chop etilgan “Alfred Prufrokning sevgi qo‘shig‘i” to‘plami modernizmning manifesti sifatida e’tirof etildi.

XX asrda o‘nta amerikalik yozuvchi adabiyot sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1918-yildan boshlab

Nyu-Yorkda, “katta adabiyotdagi” eng nufuzli mukofotlardan biriga aylangan badiiy kitob uchun Pulitser mukofoti topshirib kelinmoqda.

Amerika adabiyotidagi rang-baranglik bir yo‘nalishni ikkinchi yo‘nalish tomonidan to‘liq siqib chiqarishga yo‘l qo‘ymaydi, 50–60-yillarda barakali ijod qilgan Jek Keruak, Lourens Ferlingetti, Gregori Korso, Allen Ginzberglar o‘rnini, postmodernizm vakillari (masalan, Pol Olster, Tomas Pinchon) egalladilar.

Keyingi yillarda postmodernchi adib Don Delilloning asarlari mashhur bo‘ldi.

Adabiy taxallusi Mark Tven bo`lgan Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demoktarik adabiyotining yirik vakili bo`lgan. Mark Tven Missisipi daryosida kemada ishlaydi. Ushbu laqabni olishi ham shu davrga to`g`ri keladi (ikki dengiz o`lchovi-yo`l yaxshi, degan ma’noni bildirar edi). Yozuvchining “Xitoylikning xati”, “Kalaverasidan chiqqan mashhur sakrab yuruvchi qurbaqa”, “Tennesiyada jurnalistika” kabi yumoristik hikoyalar yaratgan. Mark Tven tarixiy mavzudagi romanlardan biri “Shahzoda va gado” yaratdi. Yozuvchining “Qirol Artur saroyidagi Konnektikutlik Yanki” tarixiy fantastik roman yozdi.

Mark Tven (1835–1910)

Amerika realistik hayotining mashhur vakillaridan biri Jek Londondir. J.London 1876-1916-yillar yashab ijod etdi. J.London ijodi shimol hayotidan olib yozilgan “Yo`ldagilar sharafi uchun”, “Oq sukunat”, “Bo`rivachcha”, “Qirq mil narida” va boshqa hikoyalarni yaratdi. J.London “Martin Iden” romanida xalq ichidan chiqqan qahramonning aqliy va jismoniy jihatdan kuchli bo`lgan matros yigit Martin Iden tasvirlanadi. Martin Iden badavlat Morzlar saroyida tasodifan bo`lgan vaqtda dastlab shoshib qoladi. Iden Morzning xotini tamagir bir ayol ekanligining shohidi bo`ladi.

Jek London (1876–1916)

Teodor Drayzer 1871-1945-yillar XX asrning birinchi yarmi Amerika adabiyotining yirik yozuvchisi bo`ldi. Drayzer “Baxti qaro Kerri” romanining qahramoni kambag`al fermer qizi Korolina Miberni bo`lgan. Yozuvchining “Jenni Gerxard”, “Istak trilogiyasi” va boshqa asarlari jahon tillariga tarjima qilingan.

Teodor Drayzer (1871-1945)

Ernest Xeminguey 1899-1961-yillarda yashab ijod etdi. Amerikaning Ouk-park shahrida tug`ilgan. Yozuvchi “Bizning zamonda” kitobida Nik Adamsning yoshligi, sevgisi va oilasi haqida hikoya qilsa, qonli urush voqealarini unga qarshi qo`yadi. “Alvido, qurol” romani yozuvchi ijodida alohida ajralib turadi.Asarda yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy hayotni qarshi qo`yadi. Genri Ketrin Barkliga bo`lgan urush dahshatlaridan ham qutulishga intiladi.

Ernest Xeminguey (1899-1961)



E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish