Oddiy nagʻmasoz bilan Amir Temur suhbati orqali yozuvchi hayot falsafasini koʻrsatmoqchi boʻlgan. Ayri Qoʻbuz olamda barcha narsa omixta, deydi. Amir Temur qarashlarida burilish yasagan tungi navolar ham olam sehriga omixta, deyiladi. Amir Temurni bir vaqtlar shafqatsiz, toshyurak, jallod, qonxoʻr, deb, jar solganlarga, javob tariqasida, yozuvchi quyidagi ishonarli detaldan mohirona foydalangan: “Mana, sen jang oldidan Qurʼoni masjiddan varaq ochib, oyat oʻqursen, – deb davom etdi Ayri Qoʻbuz, – mening hayotim seni taammulga solur. Qariyalar soʻzidin bu holga tushding. Inchunin, bagʻritosh emassen. Menga shu kerak. Bir umr joni huzur-halovat koʻrmay, jangu jadal, qonli qironlardan diydayu bagʻri tosh qotgan bu insonning koʻnglini sal boʻlsa ham yumshatish niyat edi bu devonagʻa. Jahongirlarga bosh egmadim, insonga qulluq qilurmen, dedi, shoir”. - Oddiy nagʻmasoz bilan Amir Temur suhbati orqali yozuvchi hayot falsafasini koʻrsatmoqchi boʻlgan. Ayri Qoʻbuz olamda barcha narsa omixta, deydi. Amir Temur qarashlarida burilish yasagan tungi navolar ham olam sehriga omixta, deyiladi. Amir Temurni bir vaqtlar shafqatsiz, toshyurak, jallod, qonxoʻr, deb, jar solganlarga, javob tariqasida, yozuvchi quyidagi ishonarli detaldan mohirona foydalangan: “Mana, sen jang oldidan Qurʼoni masjiddan varaq ochib, oyat oʻqursen, – deb davom etdi Ayri Qoʻbuz, – mening hayotim seni taammulga solur. Qariyalar soʻzidin bu holga tushding. Inchunin, bagʻritosh emassen. Menga shu kerak. Bir umr joni huzur-halovat koʻrmay, jangu jadal, qonli qironlardan diydayu bagʻri tosh qotgan bu insonning koʻnglini sal boʻlsa ham yumshatish niyat edi bu devonagʻa. Jahongirlarga bosh egmadim, insonga qulluq qilurmen, dedi, shoir”.
- Yozuvchi Amir Temur xarakteriga bermoqchi boʻlgan tavsifni Ayri Qoʻbuz oʻz tili bilan ifoda qiladi. Ayri Qoʻbuz hatto oʻz oʻlimini Amir Temurni bir gunohdan asrab qoldi, deydi. Bu bilan Amir Temur shaxsining buyukligini kelajak avlodga koʻrsatmoqchi boʻladi. Baxshi ichki dunyosi bilan hikoyadagi Amir Temur xarakteri orasidagi tafovut unchalik katta emas. Ayri Qoʻbuzning soʻnggi soʻzlaridan: “Koʻp jahongirlarni koʻrdim, ammo men ularga boʻysunmayman. Qayga borsam, oʻzimdan iloji boricha yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman. Jahongirga emas, insonga qulluq qiladurmen”, degan maʼno anglashiladi. Voqealar rivoji davomida Ayri Qoʻbuz xarakterida qoʻrqinch, hayrat, shaddodlik xislatlari namoyon boʻladi. Ayri Qoʻbuzning soʻnggi soʻzlarini eslagan Amir Temur undan xayolan nimani yashirib ketding, deb soʻraydi. Ayri Qoʻbuz oldinda uni ajal kutayotganligini karomat qila olmaganini sezadi. Bu bilan yozuvchi oxir-oqibat ulugʻlar, daholar joyi ham bir siqim tuproq boʻlajagini, shu bois, umrni bekor oʻtkazmay, insonni oʻzidan biron-bir iz qoldirishga chaqirmoqchi boʻladi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |