Muhit tarkibi.
Kessler muhiti 1% peptonli suv, 5% o’t sapro, 0,25% laktoza
va grammusbat bakteriyalarning o’sishini to’xtatish uchun gensian binafshadan
iborat. Temir sulfitli Vilson-Blyer muhiti 3% oziqli agar, 1% glyukoza, 2% natriy
sulfit, 0,08% temir xloriddan qo’shilgan. Termofil (issiqni sevuvchi) bakteriyalarni
aniqlash uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasidan 1 ml Petri kosachasiga
tomiziladi, ustidan eritilgan va sovutilgan oziqli agar quyiladi. Ekmalar 60°C da
termostatda 1 kun saqlanadi. So’ng hosil bo’lgan koloniyalar sanalib, 1 g tuproqdagi
bakteri yasoni aniqlanadi.
Aniqlash.
Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni ikkitadan kam bo’lmagan
na’munasi 1,0 ml olinib, oziqli muhitga ekib, o’sgan koloniyalarni sanab
xisoblashga asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi tekshirilayotgan suv yaxshilab
aralashtirilib 1,0 ml dan olingan suvlar sterillangan Petri kosachasiga ( diametri 90-
100 mm) quyiladi, ustiga 10-12 ml eritilgan, 45-49°C gacha sovutilgan oziqli agar
quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi. So’ngra ekilgan materiallar 37°C da
termostatda 24 soatga qo’yiladi. So’ng har ikkala kosachadagi agar yuzasida va
ichida o’sib chiqqan koloniyalar soni sanaladi, qo’shilib ikkiga bo’linib, suvning 1
ml dagi umumiy mikroblar soni aniqlanadi (xisoblab topish tuproqning UMS
aniqlashga o’xshash, faqat na’muna 1.0 ml lingani uchun 10 ko’paytirilmaydi)
Natija 1 ml suvda topilgan bakteriyalarni koloniya hosil qiluvchi birligida (KHQB)
beriladi.
Umumiy va termotolerant
koliform bakteriyalarni membra filtrlash usulida
aniqlash.
Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni maxsus membrana filtridan
o’tkazilib, laktoza tutuvchi differensial muhitda o’stirib, kultural va bioximik
xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilishga asoslangan. Tadqiqot usulini
bajarilishi. 3-nomerli membranali filtr Bunzep kolbasiga o’rnatilgan Zeyts
voronkasiga joylashtirilib, so’ngra vakuum-nasos bilan birlashtiriladi Membranali
filtrlar oldindan distillangan suvda qaynatilib, sterillanadi.Ichimlik suvlari uchun
na’muna 300 -500 ml, ochiq suv havzasidan olingan toza suv 5, 10, 40, 100, 150 ml
hajmda filtrlanadi. Agap suv nihoyatda ifloslapgai bo’lsa, filtrlashdan oldin steril
distillangan suv bilan suyultiriladi. Ichimlik suvni tekshirishda 3 ob’yom 100 ml
dan olinadi, har bir ob’yom suv filtrdan o’tkaziladi. Filtrlar Petri kosachasidagi
Endo muhiti yuzasiga qo’yiladi va 37°C da termostatda 24 soat saqlanadi. Agar filtr
yusasida 24 soat maboynida koloniyalar o’smasa yoki koliform bakteriyalarga xos
bo’lmagan mog’ar zamburug’lari koloniyasi topilsa, umumiy koliform bakteriya
(UKB) va termotolerant koliform bakteriya (TKB) topilmadi deb natija beriladi.
Agar membrana filtrda tipik aloxida yotgan laktozamusbat, qizil metal singari
yaltiroq, yoki rangsiz koloniyalar topilsa, har ikkala tip koloniyalar aloxida sanalib
ularning UKB va TKB mansubligi aniqlaniladi. UKB tasdiqlash uchun filtrda 5
tadan kam, lekin 3-4 tadan har bir tipdagi koloniyalardan, TKB ni tasdiqlash uchun
hamma tipik aloxida koloniyalardan 10 tadan oshmagan holda oksidaza aktivligi,
Gram usulida bo’yalishi va laktozani kisota gaz hosil qilib fermentlashi aniqlanadi.
Oksidaza testini qo’yishda oksidaza disklaridan foydalaniladi (dimetil-p-
fenilendiamin shimdirilgan filtr qog’ozi). Membrana filtrlarda koloniyalar qalin
o’sgan bo’lsa, oksidaza diski to’g’ridan to’g’ri filtr ustidagi koloniyalarga
distillangan suv bilan namlab qo’yiladi, ko’k ranga kirsa reaksiya musbat bo’ladi.
Agar filtr yuzasidagi hamma koloniyalar oksidazamusbat bo’lsa tekshirish
to’xtatiladi va na’munadan UKB va TKB topilmadi deb javob beriladi. Agar
koloniyalar oksidaza manfiy bo’lsa tekshirilayotgan koloniyalar qayta ekilib
aloxida koloniyalar olinadi va ularni UKB va TKB mansubligi o’rganiladi.
Koloniyalarni UKB mansubligi gram manfiy bakteriyalar koloniyasi oksidaza
manfiy va laktozani kislota, gaz hosil qilib 37°C da fermentasiya qilsa, ularni UKB
mansubligi tasdiqlanadi. TKB mansubligi esa shu testlarni 44°S da aniqlanadi.
Boshqa hollarda agar na’munalardan UKB va TKB topilmasa tekshirilgan 100 ml
suvda KHQB UKB va 100 ml suvda va KHQB TKB topilmadi deb javob beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |