Mavzu: Entomopatogen bakteriyalarni o’stirish usullari hamda oqsilli
moddalarni ajratib olish.
Ishdan maqsad:
Entomopatogen bakteriyalarni o’stirish usullarini o`rganish.
Oqsilli moddalarni ajratib olishni o`rganish.
Kerakli reaktiv va uskunalar:
Elektr qizdirgich, termostat, elektiv muhitli ozuqalar.
Tarozi, quritish shkafi, pH metr, achitqi, NaOH, HCl kislota
Ishning nazariy qismi:
O‘simliklarni Basillus thuringiensis
turiga mansub spora-
kristall hosil qiluvchi entomopatogen bakteriyalar asosida yaratilgan mikrob
insektitsid preparatlari 160 turdan ortiq zararkunanda hasharotlarga entomotsid
ta’sir etish xususiyatiga egadir. Hasharotlar organizmi bu insektitsidlarga qarshi
deyarli moslasha olmaydi. Shuningdek, ular ekologik zararsiz, issiq qonli
hayvonlarga, baliqlarga va insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Materiallar va
asbob uskunalar: Bakteriyalarni o‘stirish uchun peptonli ozuqa muhiti, Basillus
thuringiensis bakteriyasining vegetativ kulturasi, yorug‘lik mikroskopi, kulturalarni
o‘stirish uchun termostat, pH-metr.
Ishning borishi:
Hasharotlar organizmidan kulturalarni Skring usulida ajratib
olinadi. Bunda uning tanasining usti qismi sterilizatsiya qilinadi va uning oshqozon-
ichak sistemasidan mikroorganizmlar qattiq ozuqa muhitiga ekib olinadi. Keyin
undan o‘sgan har bir alohida koloniyalarni alohida-alohida ajratib, ekib olinadi.
Ularni biokimyoviy testlar orqali identifikatsiya qilinadi. Bassillus thuringiensis
entomoрatogen bakteriyasi peptonli agar (PA) ozuqa muhitida 72 soat o‘stiriladi.
Bunda kulturalar 750 ml sig‘imli kolbalarda 100 ml suyuq ozuqa muhiti solib 48-72
soat mobaynida minutiga 180 marotaba tebranadigan (180 tez/min); chayqatgichda,
27-28°C haroratli xonada o‘stiriladi. Tirik hujayralar miqdori qattiq agarli muhitda
o‘sgan alohida koloniyalar
soniga qarab hisoblanadi. Spora-kristallar nisbati
bo‘yalgan mazokda taqqoslab o‘rganiladi. Hujayralar soni Goryayeva kamerasi
yordamida sanab o‘rganiladi. Bakterial kulturalarning rivojlanishi davomida ozuqa
muhitida pH ko‘rsatkichini o‘zgartirishi kultural suyuqlikda har 24-,36-, 48-,60-,72-
soatda tekshiriladi.
Basillus
thuringiensis
bakteriyasining
zararkunanda
hasharotlarga
entomoрatogen ta’sirini o‘rganish uchun: kulturalar entomoрatogen ta’siri
qo‘ng‘izlarda umumiy qabul qilingan usul yordamida o‘rganiladi. Qo‘ng‘izlarning
o‘rtacha og‘irligi 50 mg. Kultura susрenziyasi (spora-kristalli aralashmasi, 2,0 x
mln. hujayra/ml) 3 g; miqdoridagi qo‘ng‘izlar quruq ozuqasiga 1 ml qo‘shildi va
petri chashkasiga aralashtirib solinadi. Har bir petri chashkasiga 10 tadan qo‘ng‘iz
solinadi. Har bir рreрarat faolligi 30 ta qo‘ng‘izda, nobud bo‘lgan qo‘ng‘izlar
sonining nazorat oziqa muhitiga nisbatan o‘zgarishi 7 kungacha kuzatiladi.
Basillus thuringiensis
bakteriyasi shtammlari morfokultural, fiziologik va
biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish uchun: bakteriyalar o‘lchami va uning kristall
oqsilli yig‘indisi va sporalari o‘lchami okulyar mikrometrda o‘rganiladi. Bundan
tashqari bakteriyalar harakatchanligi ularni yarim suyuq ozuqa muhitiga ekish
orqali aniqlanadi. Ushbu ozuqa muhitida o‘sgan kulturalarning quyidagi
xususiyatlari o‘rganiladi: рarda hosil qilish xarakteri, ozuqa muxitining rangini
o‘zgartirishi (tiniqsizlanishi), qoldiq xarakteri, uning rangi va konsistensiyasi; o‘sish
xarakteri, shakli, yuzasi, relefi, konsistensiyasi; atsetil-metil-karbonol hosil qilishi
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |