Ishning nazariy qismi:
Bakteriya hujayrasi azot, uglerod, kislorod va vodoroddan
tashkil topgan. Azot quruq qoldiqning 8-16%, uglerod 45-55%, kislorod 30%,
vodorod 6-8% ni tashkil etgan. Mikroorganizmlar turli elementlar va ularning
birikmalaridan o’zlari uchun zarur bo’lgan oqsil, nukleoproteinlar, fermentlar,
uglevod, lipidlar, vitamin va boshqa moddalarni sintez qiladi. Bakteriyalarning
morfologiyasi va fiziologiyasini chuqur tekshirish shuni ko’rsatadiki, ular
tuzilishiga va ularda ro’y beradigan kimyoviy reaktsiyalarga ko’ra murakkab
organizmlardir. Mikroorganizmlar fiziologiyasini o’rganish vaksina, zardob,
antibiotik va boshqa biologik preparatlar olishlarda qo’l keladi. Bakteriyalarning
kimyoviy tarkibi, bakteriyalarda moddalar almashinuvi, bakteriyalarning
oziqlanishi, ular oziqlanishida noorganik moddalarning ahamiyati, fermentlar,
bakteriyalarning nafas olishi xaqida talabalarga tushuntiriladi.
Talabalarga bakteriyalarning o’sishi va ko’payishi uchun qo’llaniladigan
ozuqa muhitlari xaqida ma'lumot berish. Oddiy ozuqa muhitlarni tayyorlash
texnologiyasi. Aerob va anaerob mikroorganizmlar uchun qo’llaniladigan ozuqa
muhitlari, mikroorganizmlarni farqlash uchun qo’llaniladigan ozuqa muhitlar xaqida
ma'lumotga ega bo’lish. Mikroorganizmlarni toza kulturasini ajratib olish
texnologiyasi. Ularni ajratib olish usullari, anaerob mikroorganizmlarni sof
kulturasini ajratib olish usullari xaqida talabalarga tushuncha berish.
O’quv jarayonining mazmuni: 1) Bakteriya hujayrasining kimyoviy tarkibi.
2) Suv, oqsil, fermentlar, nuklein kislota, uglevod, polisaxaridlarning bakteriya
hujayrasidagi ahamiyati. 3) Bakteriyalarda moddalar almashinuvi xaqida gapirib
bering. 4) Bakteriya hujayrasining oziqlanish turlari va mexanizmi. 5) Bakteriya
hujayrasining
nafas
olishi.
6)
Bakteriyalarning
oziqlanishi.
7)
Mikroorganizmlarning pigment hosil qilishi, nur taratishi, xushbo’y hid tarqatuvchi
bakteriyalar. 8) Bakteriyalarning o’sishi va ko’payishi. 9) Fermentlari va ularning
moddalar almashinuvidagi ahamiyati.
Mustaqil bajarish uchun vazifalar.
1. Tayyor oddiy oziqa muhitlarning hamma komponentlari bilan tanishish: GPA,
GPB.
2. Tayyor murakkab ozuqa muhitlar, differensial diagnostik va elektiv muhitlar
namunalari bilan tanishish qandli, zardobli, qonli agar, Gissa muhiti, Endo, Levin,
pepton suvi o’tli muhit.
3. Petri kosachasiga, probirkaga oldindan tayyorlangan sterillangan GPA, Endo
muhiti quyish plastik agar va materialni Drigalskiy usuli bo’yicha petri kosachasiga
ekish. Oziqa muhitlar oddiy va murakkab oziqa muhitlarga bo’linadi. Oddiy oziq
muhitlar: GPA, GPB. OZIQ MUHITLAR Ozuqa muhitlar asosan 4 ta, yani
uneversal, mahsus, tanlangan (elektiv) va differensial diagnostik muhitlarga
bo’linadi. Oddiy oziqa muhitlar: Uneversal 1. GPB - go’sht. suvi - 1% pepton 0,5 %
NaCl. 2. GPA a) yarim quyuq (MPB 0,2-0,5% agar-agar). b) yarim suyuq (MBB 2-
3% agar-agar). Murakkab oziqa muhitlar: Maxsus muxitlarda uneversal muxitda
o’smagan bakteriyalarni o’stirishda foydalaniladi. 1. Qandli sterillangan GPB
glyukoza-qandli bulon MPA-1% glyukoza-qandli agar. 2. Zardobli muhitlar. GPB -
10 - 20 % zardob - zardobli bulon; GPA - 10 10 % zardob zardobli agar. 3. Qonli
muhitlar. GPA-10-20 % qon qonli agar (pneamokokklar, sreptokokklar, meningo-
kokklar uchun). 4. Assitik (agar-odam oqsili) GPA 30 % atssitik-atssit bulon;
GPA 30% atssitik agar gonokokklar uchun. Elektiv muhit.
O’tli bulon -tif bakteriyalari uchun. 2. peptonli suv - vabo vibrioni uchun. 3. Ivigan
ot zardobi (Lyofflar muhiti - diftyoriya tayoqchasi uchun).
Differentsial diagnotsik muhitlar. 1. Endo muhiti. 2. Levina muhiti. 3. ‘loskireva
muhiti. 4. Gissi muhiti, ichak tayoqchalarini qo’zgatuvchilarini ajratish uchun
ishlatiladi (qorin tifi, dizenteriya).
Do'stlaringiz bilan baham: |