Eslab qoling!
Farobiy Bog’dodda qaysi fanlarni o’rgandi?
Matematika, Mantiq, Falsafa, Tibbiyot, Astronomiya, Musiqa,Tabiat, Huquq, Tilshunoslik, She’riyat
Farobiy asarlari:
«Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak?», «Substansiya haqida», «Falsafa manbaalari», «Mantiqqa kirish», «Masalalar manbai» va b. Jami 160 dan ortiq.
INCLUDEPICTURE "../../../User/AppData/Local/Temp/FineReader11/media/image7.jpeg" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "D:\\..\\AppData\\Local\\Temp\\FineReader11\\media\\image7.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "D:\\..\\AppData\\Local\\Temp\\FineReader11\\media\\image7.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "D:\\..\\AppData\\Local\\Temp\\FineReader11\\media\\image7.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "D:\\..\\AppData\\Local\\Temp\\FineReader11\\media\\image7.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "../../AppData/Local/Temp/FineReader11/media/image7.jpeg" \* MERGEFORMAT
Farobiy ta’limotiga ko’ra:
Ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan.
Ta’lim degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.
Bilib qo’ying!
Farobiy ta’lim-tarbiya berish usullarini ikkiga bo’ladi:
Birinchi usul: Qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi usul: Majbur etish yo’lidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlarga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir.
Farobiy deydi: «Har kimki ilm-hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Farobiy ilmiy-pedaogogik ta’limotining ahamiyati
Farobiy o’z davridagi yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildiradi. Bu fikrlar hozir ta’lim-tarbiyada g’oyat muhimdir.
Farobiyning ta’limotiga ko’ra:
Ahloqiy fazilatlar - bilimdonlik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdoniylik, kamtarlik, ko’pchilik manfaatlarini yuqori qo’yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatli bo’lish xislatlaridir.
Ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob mezonlari o’rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |