Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 4,35 Mb.
bet62/263
Sana05.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#530686
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   263
Bog'liq
Pedagogika seminar

Obraz

ljobiy
xususiyatlari

Salbiy
xususiyatlari

Tarbiyaviy
ahamiyati

1.

Hakimbek










2.

Barchin










3.

Boybo’ri










4.

Boysari










5.

Qorajon










6.

Surxayl maston










7.

Qaldirg’och










8.

Ultontoz










9.

Qultoy bobo












Quyidagi xalq maqollarini o’rganing va izohlang:

  1. Barvaqt qilingan harakat - hosilga berar barakat.

  2. Vaqting ketdi-baxting ketdi.

  3. Vaqt g’animat, o’tsa - nadomat.

  4. Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, odam mehnati bilan.

  5. Yer xazina, mehnat kaliti.

  6. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lur chiroylik.

  7. Yigit husni mehnatda.

  8. Yoshlikda o’rgangan hunar, o’zingga o’lja qolar.

  9. Qunt bilan o’rgan hunar, hunardan rizqing unar.

  10. Sendan harakat — mendan barakat.

  11. Bilimli kishi o’zar, bilimsiz kishi to’zar.

  12. Usta ko’rmagan shogird har maqomga yo’rg’alar.

Tavsiya etiladigan manbalar:
1. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. — Т.: O’zbekiston, 1996.
2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. — Т.: O’zbekiston,1996.
3. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. — Т.,1997.
4. «Alpomish». — Т., 1993.
5. Yo ‘Idoshev Xasanov S. «Avesto"da axloqiy-ta’limiy qarashlar // Xalqta’limi. — Т., 1992. 6-7-sonlar.
6. Jumaboev Y. O’rta Osiyo etikasi tarixi ocherklari. -Т.: O’zbekiston,198O.
7. Sarimsoqov B. Qadimgi davr folklori. — Т.: «Fan», 1988.
8. Zunnunov A. va boshqalar. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. — Т.: «Fan», 1996.
9. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixidan qo’llanma. — Т.: O’qituvchi, 1996.
1O. Zunnunov A. va boshqalar. Pedagogika tarixi. — Т.: «Sharq»
Xadis ilmi va uning tarbiyaviy axamiyati
Reja:

  1. Hadis ilmiyning paydo bo’lishi.

  2. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlari.

  3. Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati

Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
Islom ta’limoti g’oyalariga ko’ra har bir musulmon eng avvalo iymonli bo’lishi kerak. Qur’oni Karimda ta’kidlanganidek, Islom dini ta’limotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, e’tiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo’lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog’liqligi ko’rsatilgan:
- to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq;
- kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog’i (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi).
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o’tiladi. Sanab o’tilgan belgilarning har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “o’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz” (3-4-boblar); “Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:
- insofli va adolatli bo’lmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq” (20-bob).
Bundan tashqari, kishilar uchun xos bo’lmagan munofiqlik xislati xususida ham so’z yuritiladi, chunonchi, «Rasululloh sallallohu alayhi vassalam aytganlar: “quyidagi to’rtta xislat kimda bo’lsa, aniq munofiq bo’lg’aydir, kimdaki, ulardan bittasi bo’lsa uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
- omonatga xiyonat qilgaydir;
- so’zlasa yolg’on so’zlaydir;
- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilaydir (25-bob).
Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, o’z bilimi bilan atrofdagilar va jamiyatga foyda keltirguvchi shaxs bo’lib yetishishida muhim omildir deya ko’rsatiladi. “Tolibi ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa istig’for aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham”. Bilimsizlik kishilarning nodonligiga zamin hozirlashi, ilmsiz jamiyatda esa jaholat hamda razolatning hukmronlik qilishi aloqida ta’kidlab ko’rsatiladi. “Ilm o’rganmoq va o’rgatmoqning fazilati” borasidagi hadis (21-bob) da ilm o’rganish ko’p yoqqan yomg’irga qiyoslanadi va ilm ahli quyidagi uch turga bo’ladi: “Ba’zi yer sof, unumdor bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradi-da, har xil o’simliklar va ko’katlarni o’stiradi va ba’zi yer qurg’oq, qattiq bo’lib, suvni emmasdan o’ziga to’playdir, undan Olloh taolo bandalari foydalangaydir. Odamlar suvdan ichgaydirlar, hayvonlari va ekinlarini sug’orgaydirlar. Ba’zi yer esa tekis bo’lib, suvni o’zida tutib qolmaydir, ko’katni ham ko’kartirmaydir. Bularni quyidagicha muhoyasa qilish mumkindir: Bir kishi Olloh ilmini (Islomni) teran o’rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadi va Olloh yuborgan hidoyatni o’zi o’rganib, o’zgalarga ham o’rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm o’rganib, odamlarga o’rgatadir. Ammo o’zi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabburlik qilib, o’zi ham o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir”.
Hadislar Islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi mo’tabar manba sanaladi. Ularda payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamol bo’lishi, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, o’zaro ahillik, mehr-oqibat., ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqat, poklik kabi insoniy sifatlar haqidagi qilgan nasihatlari va yaxshi fazilatga erishish yo’llari bayon etilgan.
Buni yodda saqlang!
Islom dinining asosiy qonuni (dastur ul-amali) Qur’oni Karimdan keyin uni sharhlovchisi va bayon etuvchisi bo’lmish Rasulullohning hikmatli gaplari va qilgan ishlari, ya’ni qavllari, fe’llari va taqrirlari -ul zotning hadislari hisoblanadi.
Payg’ambarimiz vafotidan keyin hadislarni yod olgan kishilar tobora kamaya borgani hamda asta-sekin unutilib ketishi mumkinligini hisobga olib, xalifalar ishonarli hadislarni to’plashga farmon berdilar.
Hadislarni birinchi marta yozish bilan mashg’ul bo’lgan muhaddislar sifatida Rabez ibn Sabeh, Said bin Abi Aruba, Malik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy Shoshiy, Sufyon Savriy Kufiy va boshqalar ko’rsatilgan.

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish