Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Quydagilardan tarbiyaning tarkibiy qisimlarini ularning maqsadi bo’yicha mos joylarga yozing?



Download 4,35 Mb.
bet16/263
Sana05.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#530686
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   263
Bog'liq
Pedagogika seminar

5. Quydagilardan tarbiyaning tarkibiy qisimlarini ularning maqsadi bo’yicha mos joylarga yozing?



Tarbiyaning turlari



Maqsadlari

1

Huquqiy tarbiya

5

Tejamkorlikka o’rgatish

2

Iqtisodiy tarbiya

6

Huquqiy madaniyatni shakllantirish

3

Ekologik tarbiya

7

G’ozallikni idrok qilish

4

Estetik

8

Atrof- muhitga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

Javob:



Tarbiyaning turlari



Maqsadlari

1

Huquqiy tarbiya

5

Huquqiy madaniyatni shakllantirish

2

Iqtisodiy tarbiya

6

Tejamkorlikka o’rgatish

3

Ekologik tarbiya

7

Atrof- muhitga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash

4

Estetik

8

G’ozallikni idrok qilish

6.Tarbiya metodlariga berilgan turkumiga kiruvchi metodlarni o’zaro moslikda juftlang?



Tarbiya metodlari turkumi

Metodlar

1

Rag’batlantirish

Hayfsan elon qilish, muhokama qilish, ogohlantirish

2

Jazolash

Tushuntirish, suhbat, nasihat, shaxsiy na’muna

3

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi

O’zini taxlil qilish, baxolash, nazorat qilish

4

O’z-o’zini tarbiyalash

Maqtash, maqullash, mukofatlash

Javob:



Tarbiya metodlari turkumi

Metodlar

1

Rag’batlantirish

Maqtash, maqullash, mukofatlash

2

Jazolash

Hayfsan elon qilish, muhokama qilish, ogohlantirish

3

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi

Tushuntirish, suhbat, nasihat, shaxsiy na’muna

4

O’z-o’zini tarbiyalash

O’zini taxlil qilish, baxolash, nazorat qilish


7. Rag’batlantirish va jazolash metodlari to’gri berilgan javobni toping.
1- maqtash, 2- uyaltirish, 3- o’zini taxlil qilsh, 4- o’zini nazorat qilish, 5- nasihat, 6- hayfsan e’lon qilish, 7- maqullash

Rag’batlantirish metodlari

1,3,4,7

Jazolash metodlari

2,5,6



8. Tarbiya tamoyillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating.
1- tizimlilik, 2-mehnatda tarbiyalash, 3- jamoa va jamoa orqali tarbiyalash, 4- talabchanlik, 5- tajriba, 6- kamtarlik, 7-izchillik (Javob:2,3,4,5,6 )
Vaziyatli masalalar (Keyslar)
1-keys. 6-sinfda adabiyot darsi ketyapti. Doskada Komil Isayev javob bermoqda. Uni barcha bolalar diqqat bilan tinglashmoqda. Javob beruvchi tutilib yoki bir oz adashib qoldi deguncha darrov barcha qo`llar yuqoriga ko`tariladi. Juda betoqatlari esa hatto ikkala qo`lini ham havoga silkitib ko`targani-ko`targan, ular o`z o`rtoqlarining javobini diqqat bilan tinglashayotganliklarini va uning xatosini darhol tuzatishga tayyor ekanliklarini o`qituvchilarining ko`rishini juda-juda istashadi. Komil tez-tez xatolikka yo’l qo`ya boshladi, sarosimaga tushib, gapidan adashib ketaveradi.
Bolalar o`rtog`ining javobini to`ldirishga, to`g`rirog`i, unga xalaqit berishlariga o`qituvchi dastlab qarshilik ko`rsatmadi, ammo oxirida chidab tura olmadi va bolalarning eng betoqatlariga javobni tuzatish va to`ldirish uchun ruxsat berdi. Komil endi o`z javobi bilan emas, ko`proq sinfdagi vaziyat bilan band bo`lib qolgandi. U tez-tez adashib, so`zlarni ham cho`za boshladi va tezda xafsalasi pir bo`lib, tamoman jimib qoladi.
- Xo`sh, azizim, javobni qanday yaxshi boshlagan eding, nega qo`qqisdan jimib qolding? Bolalar senga qanday yaxshi yordam berishdi. Yana darsni oxirigacha o`qimabsanda?!
Biologiya darsi. Iroda Kamolova javob beryapti. Sinfda jimjitlik. Bu qanaqa sokinlik? Irodaning javobini o`rtoqlari tinglashyaptimi (ayrimlari tinglashyapti, qolganlari-chi?) Keling, yaxshisi sinf bolalarini bir kuzatib ko`raylik.
Mana uchta o`quvchi, ular o`qituvchining navbatdagi savolini payqab, darslikni varaqlashyapti. Bir nechtalari nigohlarini derazaga qadashgan - chehralarida chuqur o`ychanlik va orzular og`ushiga cho`kishgan. Boshqalari tarix kitobini sekingina ochib, bundan keyingi darsga tayyorlana boshlashdi. Ikki qiz dars mazmunidan juda uzoq bo`lgan narsa, qandaydir buyumlar haqida «ko'z urushtirib gaplashmoqda». Xullas, sinfdagilarning aytarlik yarmidan ko`pi o`zlari partada o`tirishgan bo`lishsa ham, xayollari allaqaerlarda sayr qilib yuribdi.
Iroda xatoga yo'1 qo`ydi, ammo uni tuzatuvchi bironta ham talabgor sinfda yo`q. Balki e'tirozlar keyinroq bo`lar? Yo’q. Sinfda hech bir o’quvchi javob haqida fikr bildirishga oshiqmadi.
1. Birinchi va ikkinchi hodisadagi kabi doskaga chiqarib, og`zaki so`rashning samarasini baholang. Bu vaziyatlar o`rtasida biron-bir umumiylik bormi? Bunda o`quvchilar xulqidagi qanday xususiyatlarni payqash mumkin? Ular nimalar tufayli paydo bo`Iishi mumkin?
2. O`qituvchi birinchi va ikkinchi hodisada doskaga chiqarib individual so`rashni uyushtira turib, o`z oldiga ongli holda qanday ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qo`yadi?
3. O`quvchi tomonidan oldindan inobatga olinmagan qanday masalalarni o`qituvchi ifodalashi kerak? Ularni bu darslarda hal etish mumkinmi?
4. O`quvchilardan og`zaki so`rashning samaradorligini oshirish va yuqoridagi kabi vaziyatlarning oldini olish uchun biologiya o`qituvchisi qanday pedagogik usullardan foydalanishi kerak?
2-keys.
Pedagogika Universiteti Adabiyot fakulteti 4-kurs talabasi Nigora Aliyeva amaliyot jarayonida. 5-«b» sinf o`quvchilariga «Ona tili»dan dars o`tmoqchi edi. 2-chorak yaqinlashgan, bolalarni charchaganligi sezilib turardi. Birdan tashqarida sharros jala quyib yubordi. Shiddat bilan yog`ayotgan yomg`ir bolalar diqqatini o`ziga tortdi.
- Yomg`ir, yomg`ir, - deb shodlanib, sakray boshladilar bolalar.
Nigora bunga javoban, derazani ochishni buyurdi, tashqaridan kirgan yoqimli havo dimoqqa urilib, barchani bahri-dilini yana ham ochib yubordi,
- Ko`rayapman, - dedi Nigora kulib, - barchangizning kayfiyatingiz choq. Kelinglar, mana shu tasodifiy shodlikni qo`ldan bermaymiz, buning uchun biz «Shodlik yomg`iri» mavzusida insho yozamiz. Mavzu nomini o`zgartirishingiz mumkin.
- Men uning sarlavhasini «Yomg'ir nima haqida shivirlaydi?» deb qo`ysam maylimi? - so`radi o`quvchilardan biri.
- Mayli... Hozir hammasi mumkin. Siz hozirgi hodisa haqida qanday o`ylasangiz, uni qanday tasavvur qilib, his etsangiz, xuddi o`shanday yozing.
1. Dars rejasidan bunday chetga chiqishni siz qanday baholaysiz?
2. Sizningcha, o`qituvchi amaliyotchining yutug`imi? Yoki…
3. Sizning fikringizcha, fan o`qituvchisi bunday vaziyatda qanday yo'l tutgan bo`lardi?
4. Sizning o`zingiz qanday yo’l tutgan bo`lar edingiz?

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish