Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,64 Mb.
bet52/262
Sana07.07.2022
Hajmi2,64 Mb.
#754649
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   262
Bog'liq
2 5228766376688098170

Nafosat madaniyati. Jamiyat va ayrim shaxsning nafosat madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning nafosat madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanish tarixi jarayonida to’plangan moddiy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni tushuniladi. O’quvchi shaxsining nafosat madaniyati uning jamiyat madaniy merosini faol, ijodiy o’zlashtirishi natijasida hosil bo’ladi. SHaxsning go’zallik bilan o’zaro munosabati, shuningdek, shaxsning ayrim sifatlarini o’zaro ta’siri natijasida nafosat madaniyati doimo o’zgarib turadi. SHaxs nafosat madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari bu nafosat ongi, nafosatni his etishga bo’lgan ehtiyoj, uni qondirish yo’lida tashkil etilgan munosabatlardir.
Nafosat ongi go’zallik, go’zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuyg’usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat ongning tarkibiy qismlari o’ziga xos murakkab tuzilishiga egadir:
Nafosat madaniyati go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichidir. Nafosat ongi go’zallikni qadrlash va uni boyitish yo’lidagi amaliy harakatni keng ko’lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi.
Nafosat ongi ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida o’quvchilarni turli nazariya, qarashlar mohiyati bilan tanishtirish, ular o’rtasida nafosat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish hisobiga shakllantiriladi. Nafosat ongi asosini nafosat idroki tashkil etadi. Nafosat idroki – bu ijtimoiy voqelik, buyum va hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o’quvchilarda nafosat his-tuyg’usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go’zallikni sevishga bo’lgan hayotiy ehtiyojini o’stirishdan iborat. Kishilar go’zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo’lganliklari uchun hayajonlanish, qo’yg’urish, darg’azab bo’lish, quvonish, zavqlanish kabi his-tuyg’ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go’zal hodisani idrok qilganidan zavq-shavqqa to’ladi.
O’quvchilarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go’zallikka bo’lgan intilishlarini o’stirish uchun juda muhim. Ko’p hollarda bollar biror narsaga qarab turadilar-u, uning o’zini ko’rmaydilar, quloq soladilar-u, eshitmaydilar. SHuning uchun ularga tabiatda, o’rmonda tog’lar va cho’llarda turli tovushlarni farq qilishni o’rgatish lozim. YUqori sinf o’quvchilariga go’zallik, xunuklik, nafosat idelali singari tushunchalarni yoritib berish juda muhim, zero, bu tushunchalarsiz go’zallikka nisbatan munosabat, voqelik va borliqqa go’zal munosabat tizimini tarkib toptirib bo’lmaydi.
Nafosat haqidagi tushunchalarni o’zlashtirib olish, ajaoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o’z fikr-mulohazalarini to’g’ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. YUqori sinf o’quvchilari hayot va san’atda go’zallik, xunuklik, zavq-shavqning xilma-xil turlariga duch keladilar. Ular g’oyaviy yo’nalishi va mazmuni jihatdan turlicha bo’lgan badiiy hamda san’at asarlarni o’qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot va san’atga oid hodisalarning mohiyatini to’g’ri tushunishda o’quvchilarga go’zallik va uni sevish mavzusidagi darslar, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan xilma xil mashg’ulotlar yordam beradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. CHunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kopleks dasturi ishlab chiqildi. «Sog’lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o’tkazilishi yo’lga qo’yildi:

  1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasidagi «Umid nihollari» bellashuvi.

  2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi.

  3. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasidagi «Universiada» bellashuvi.

SHuningdek, sportning turli yo’nalishlari bo’yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
YAngi turdagi o’quv muassasalarda ham o’quvchilar o’rtasida jismoniy tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya mazmuni o’quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog’liqdir.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish