ON va YAN baholash mezonlari
Oraliq nazorat uchun baholash mezonlari:
ON da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo`lim yoki qism bo`yicha nazariy ma’lumotlar o`tib bo`lingandan so`ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. ON semestrda bir marta, fanning taxminan 50% i o`tilgandan keyin 3 ta nazariy savoldan iborat yozma nazorat ishi shaklida o`tkaziladi. Har bir javob 0 dan -10 gacha bo`lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi.
1- savol: B1=10 ball
2- savol: B2=10 ball
3- savol: B3=10 ball
Har bir savolga yozilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi:
9-10 ball bilan baholanadi:
- savolga atroflicha, aniq va to`g’ri javoblar yozilgan bo`lsa;
- o`quv rejadan tashqari (zamonaviy) materiallardan xabardorligi bilinib tursa;
- qonun va qoidalar, nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar, formula va reaksiya tenglamalari to`g’ri va aniq yozilgan bo`lsa;
- bayonda ilmiy xatoliklarga yo’l qo`yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan bo`lsa;
- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
7-8 ball bilan baholanadi:
- savolga yozilgan javoblar o`quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan, ammo to`g’ri bo`lsa;
- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo`lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaksiya tenglamalarida xatoliklar uchramasa;
-bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa.
5-6 ball bilan baholanadi:
-savolga javob o`quv dasturi talablariga mos kelmasa, ya’ni tor doirada yoritilgan bo`lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaksiya tenglamalarida ba’zi xatoliklar uchrasa;
-bayonda ba’zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
3-4 ball bilan baholanadi:
-savolga javob juda tor doirada yoritilgan bo`lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaksiya tenglamalarida qo`pol xatoliklar uchrasa;
-bayonda qo`pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
1-2 ball bilan baholanadi:
-berilgan savolga javob yozilmasdan, boshqa savollarga javob yozilgan bo`lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaksiya tenglamalarida qo`pol xatoliklar uchrasa;
-bayonda qo`pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
YAkuniy nazorat uchun baholash mezonlari:
YAN semestr yakunida bir marta o`tkaziladi va unda talabaning bilim, ko`nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YAN 3 ta nazariy savoldan iborat yozma nazorat ishi shaklida o`tkaziladi. Har bir javob 0 dan -10 gacha bo`lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi.
1- savol: B1=10 ball
2- savol: B2=10 ball
3- savol: B3=10 ball
Har bir savolga yozilgan javoblar ON dagi kabi yuqoridagi mezon asosida baholanadi.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:
ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentasion va elektron-didaktik vositalardan;
amaliy mashgulotlarida ta’limning interfaol metodlaridan keng foydalaniladi.
Didaktik vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |