Vaziyatli masalalar (Keyslar)
2-masala.
Matematika darsida o`quvchilarga yozma ish variantlari tarqatildi. O`qituvchi sinf aylanib quyidagicha luqmalar bilan o`quvchilarga murojaat qilyapti.
- Kimda-kim birinchi bo’lib 10-15 daqiqa ichida hamma misollarni to`g`ri yechsa, «a'lo» baho bo`ladi va eng yuqori ballni qo`yaman.
- Javohir 3-misolni yana bir fikringni jamlab tekshirib chiqishing kerak.
- Zarnigorga bugun qoyil qolsak bo`ladi, u juda yaxshi va tez ishlayapti.
- Ilyos, sen hammasini yechib bo`ldingmi? Nodiraga ber, tekshirib bersin, bo`lmasa past ball olishing tayin, gapim to`g`rimi?
- Elyor Asqarov bugun uyga berilgan vazifani ham tayyorlab kelibdi, hozir misolni ham to`g`ri yechayapti, barakalla!
- Dilfuza Sobirova hamma misollarni birinchi bo`lib ham to`g`ri, ham tartib bilan ishladi. Men unga eng yuqori ballni qo`yaman.
- Bolalar, yozma ish uchun ajratilgan vaqt tugadi, tezroq tamomlanglar. Hozir javoblarni tekshiramiz. Dilshoda, birinchi javobni o`qi.
- Kimda shunday javob chiqqan? To`g`ri, kim adashibdi? Xato ishlangan misollarni belgilab chiqinglar, ularni qaytadan hisoblab chiqish kerak bo`ladi.
1. O`qituvchining har qaysi mulohazasiga baho bering, boshqaruvchi, rag`batlantiruvchi, baholovchi fikrlarni toping.
2. O`qituvchining xuddi shu mulohazalaridan 8-sinfda foydalanish mumkinmi?
3. Pedagogik jihatdan qanday izohlaysiz? To`g`rimi? Yoki...
Adabiyotlar
1. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishi uchun darslik //Prof.M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma // A.Munavvarоvning umumiy tahriri оstida. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 1996.
3. Mavlоnоva R va bоshq. Pеdagоgika. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 2001.
4. Ismailоva Z. Pеdagоgikadan amaliy mashg`ulоtlar - Tоshkеnt, «Fan», -2001.
5.O`zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. 1 jild // Tuzuvchi-mualliflar:K.Hоshimоv, S.Оchil - T.: «O`qituvchi», 1995.; 2 jild // Tuzuvchi-mualliflar: S.Оchil, K.Hоshimоv. – T.: «O`qituvchi», 1999.
6. J.Хasanbоеv, Х.To`rakulоv, M.Хaydarоv, О.Хasanbоеva, N.Usmоnоv. Pеdagоgika fanidan izоhli lug`at. -T.: “Fan va texnologiya”, 2009.
6. G`aybullaеv va bоshqalar. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma. 2005.
7. Munnavarоv A. Pеdagоgika. Darslik. 1996.
8. Tursunоv I.Y. , Nishоnaliеv U.N.Pеdagоgika kursi. T.: «O`qituvchi» 1997. 208-bеt.
Xorijiy adabiyotlar
Boddy, J. (2003). Working with children: social pedagogy and residential child care in Europe. London: University of London.
Boddy, J., Cameron, C., Moss, P., Mooney, A., Petrie, P. & Statham, J. (2006). Introducing Pedagogy into the Children’s Workforce. Maidenhead: Open University Press.
Cameron, C. & Moss, P. (2011). Social Pedagogy and Working with Children. London: Jessica Kingsley.
Crimmens, D. & Milligan, I. (2005). Facing Forwards: Residential Child Care in the 21st Century. Lyme Regis: Russell House Publishing.
Edwards, C., Gandini, L. & Forman, G. (1993). The Hundred Languages of Children. Norwood: Ablex.
Do'stlaringiz bilan baham: |