Buni yodlab oling!
Bir so’z bilan aytganda XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo’lgan davr Movarounnahrda iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy yuksalish davri bo’ldi. Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o’z imperiyasini tuzib, uning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko’tardi. Uni Ovrupa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi.
Buni yodda saqlang!
Buni bilib qo’ying!
Buyuk saltanat sohibi Amir Temur «Kuch — adolatdadir» degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan. Bu qudratli so’zlar Amir Temur tamg’asiga naqsh etilgan.
Amir Temur o’gitlari va vasiyatlarini o’rganaylik!
— O’g’illarim, millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va «Tuzuklar»imni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting.
—Millatning dardlariga darmon bo’lmoq qutlug’ vazifangiz. Zaiflarni ko’ring, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik — dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin».
—Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim.
—Adovat emas, adolat yengadi, Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo’ladi.
—Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o’xshaydi, Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
—Har neki degan bo’lsam unga amal qildim.
— Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqrok bo’lishga intildim.
— Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim. Gunohkorlarga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Hayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim.
—Menga yomonlik qilib boshim uzra shamshir ko’tarib ishimga ko’p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o’chirdim. Martabalarini oshirdim».
—Do’stu dushman bilan murosayu madoro qildim.
Bilib qo’ying!
Mirzo Ulug’bek Movarounnahrda, butun O’rta Osiyoda madaniy rivojlanish, dunyoviy ilmlarga qiziqish kuchaygan davrda yashagan, ijod etgan. O’rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan ulug’ siymolardandir.
Ulug’bek 1394-yil 22 martda tug’iladi. Otasi Shohruh Amir Temurning o’g’li bo’lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqan shoh edi.
Ma’rifatparvar ota-ona o’z farzandlari Ulug’ekning tarbiyasiga alohida e’tibor berib, jismonan sog’lom, aql-zakovat, axloq- odob va ilmda barkamol bo’lib etishuviga harakat qildilar. Ulug’bekni o’z davrining bilimdoni va tajribali murabbiylari tarbiyalab savodini chiqardilar, uni diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan tanishtirdilar. Ulug’bek arab va fors tillarini mukammal o’rgandi, ko’p vaqtini kutubxonada mutoala qilish bilan o’tkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |