Urganch – 2020 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


-TOPSHIRIQ. AQLIY RIVOJLANISHI, ESHITISH, KO‘RISH, NUTQIDA NUQSONI BOR BOLALARGA TA`LIM-TARBIYA BERISH XAQIDA MATERIAL TO`PLANG



Download 2,64 Mb.
bet59/262
Sana07.07.2022
Hajmi2,64 Mb.
#754649
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   262
Bog'liq
2 5228766376688098170

1-TOPSHIRIQ. AQLIY RIVOJLANISHI, ESHITISH, KO‘RISH, NUTQIDA NUQSONI BOR BOLALARGA TA`LIM-TARBIYA BERISH XAQIDA MATERIAL TO`PLANG.

  1. “Kоrrеktsiоn pеdagоgika” tushunchasining mоhiyatini yoriting.

  2. “Anоmal bоlalar” tushunchasining mоhiyati deganda nimalarni bilasiz.

  3. Eshitishda, ko’rishda, nutqida nuqsоni bo’lgan bоlalarni o’qitish va tarbiyalashda qanday ta`lim va tarbiya metodlaridan foydalaniladi.

  4. Aqlan zaif bo`lgan bolar bilan olib boriladigan pedagogik va psixologik faoliyatni o`rganing va kuzatuvlaringizni bayon qiling.

  5. Integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’lim qanday o`qitiladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”., Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.

  3. Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy ta’riri ostida. – T.: Oozbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

  4. Ibragimov X.I.., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

PEDAGOGIKA TARIXI” KURSINING SEMINAR MASHGULOTLARI


1 mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.


Reja:

  1. Avesto kitobida ta`lim tarbiya masalalari

  2. Xalq og`zaki ijodidan ta`lim tarbiya masalalari

  3. Islom dini va ta`lim tarbiya

  4. Qadimgi o`rhun enosoy yozuvlarida ta`lim tarbiya



Mavzu bo`yicha asosiy matn
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Ushbu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o’rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.
Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: Ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.G’afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Islom dini g’oyalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni.
VII asr boshlarida Islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz orti hamda SHimoliy Afrikada joylashgan bir qator mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.
VII asr o’rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar. Arab istilochilarining Movarounnahrga bo’lgan birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676 yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug’diyona, Kesh hamda Nasaf kabi shaharlarga hujum uyushtirildi va bosib olindi.

O’rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan tub yerli xalqlarning ajdodlari ming-ming yillardan beri o’ziga xos ulkan madaniyat va ma’rifat yaratganlari ma’lum. Ular dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishgan, so’ng ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgan, urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo`jalik va madaniy taraqqiyotda yuksak natijalarga erishganligini tarixdan yaxshi bilamiz.


Miloddan avvalgi ming yilliklar davomida Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona va Parkana kabi o’lkalarda sak, massaget, so’g’d kabi turli qabila va elatlar yashaganlar. Mazkur elatlar va qabilalar hozirgi Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston hududi- dagi xalqlarning ajdodlari hisoblanadi.
Qadimgi turkiy va forsiy tillarida gaplashgan bu xalqlarning hayoti, moddiy-ma’naviy madaniyat yodgorliklari, urf-odatlari qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya», shuningdek, Kvint Kursiy Ruf, Pliniy, Ptolomey, Plutarx, Arrion, Diodor kabi olimlarning yirik asarlari, Xitoy tarixchilari, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asari va O’rxun Yenisey bitiklari kabi yodnomalar, ada- biy-tarixiy manbalarda o’z ifodasini topgan va bizgacha yetib kelgan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib so’g’d, runik, oromiy, uyg’ur yozuvi, AleksandrMakedonskiy istilosidan so’ng esa yunon yozuvi, va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo’llanib kelingan. Bu yozuvlar ta’lim-tarbiyaning dastlabki kurtaklariga zamin bo’lib, inson ahloqiy tafakkurining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga eng qadimiy yozuvlardan ham oldinroq paydo bo’lgan xalq pedagogikasi og’zaki ijod namunalari ham o’z milliy asoslariga ko’ra ta’lim-tarbiyaviy g’oyalar, qarashlarning yuksalishiga katta hissa qo’shdi.
Insoniyat taraqqiyotida avloddan-avlodga ko’chib, tarix sinovlaridan o’tib kelayotgan umuminsoniy va ma’naviy-madaniy qadriyatlar, milliy an’analar, axloqiy omillar va urf-odatlar xalq og’zaki ijodi mahsuli bo’lib, xalqimizning ma’naviy-madaniy tafakkurini yuksaltirishga hissa qo’shgan boyligidir.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish