Farobiyning ilmiy xulosalari:
Buni eslab qoling!
Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o’rganish tartibini birma-bir sanab o’tadi: bilish zarur bo’lgan ilm, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o’rgangan tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon jismlari haqidagi ilmlarni o’rganishi lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat - o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi.
Bundan keyin, insonni o’rganishga kirishamiz va insonning inson bo’lishidan kutilgan maqsad va muddaoni o’rganamiz va shuning natijasida nima va qanday narsa ekanligini bilib - aniqlab olamiz.
Myshohada uchun
Farobiy ta’limoticha, insonning 5 sezgi a’zosi 5 turli vazifanibajarishga muvofiqlashgan bo’lib, ular tashqi muhitdan olingan xabarlarni bir yagona markazga olib keladi va bu markazda barcha xabarlar — obrazlar umumlashadi.
Farobiy ta’rifl:
Ta’lim — insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq me’yorlarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir.
Mavzu yuzasidan topshiriq
ABU NASR FOROBIYNING «AQL TO`G’RISIDAGI» RISOLASINING TA'LIM JARAYONIDAGI O`RNI
1. Forobiyning «Aql to'g`risida»gi risolasidagi ilgari surilgan g`oyalari haqida so`zlang?
2. Forobiy ushbu asarida «o'zida 12 tug`ma xislatni» birlashtirgan kishigina axloqli odam bo'la oladi», deydi.
3. Asarda bolaning aqliy rivojlanishi va fiziologik holatiga alohida ta'rif mavjud, ifodalang.
4. Forobiy fikricha tarbiyalash 2 xil uslubda olib borilishi mumkin, ixtiyoriy va majburiy, ya'ni tarbiyalanuvchi aqliy va axloqiy xislatlarni o`zi xohlamasa majburiy o`rgatish kerakligi haqida so`z borgan. Sizning bu g`oya haqidagi fikringiz qanday?
5. Forobiyning ushbu asarini hozirgi kundagi ahamiyatini nimada deb o`ylaysiz.
6. Asarda falsafiy, ijtimoiy-pedagogik, psixologik qarashlar haqida Sharq va G 'arb mutafakkirlarining fikrlari qanday edi?
Adabiyotlar
1. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishi uchun darslik //Prof.M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma // A.Munavvarоvning umumiy tahriri оstida. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 1996.
3. Mavlоnоva R va bоshq. Pеdagоgika. – Tоshkеnt, «O`qituvchi», 2001.
4. Ismailоva Z. Pеdagоgikadan amaliy mashg`ulоtlar - Tоshkеnt, «Fan», -2001.
5.O`zbеk pеdagоgikasi antоlоgiyasi. 1 jild // Tuzuvchi-mualliflar:K.Hоshimоv, S.Оchil - T.: «O`qituvchi», 1995.; 2 jild // Tuzuvchi-mualliflar: S.Оchil, K.Hоshimоv. – T.: «O`qituvchi», 1999.
6. J.Хasanbоеv, Х.To`rakulоv, M.Хaydarоv, О.Хasanbоеva, N.Usmоnоv. Pеdagоgika fanidan izоhli lug`at. -T.: “Fan va texnologiya”, 2009.
6. G`aybullaеv va bоshqalar. Pеdagоgika. O`quv qo`llanma. 2005.
7. Munnavarоv A. Pеdagоgika. Darslik. 1996.
8. Tursunоv I.Y. , Nishоnaliеv U.N.Pеdagоgika kursi. T.: «O`qituvchi» 1997. 208-bеt.
Do'stlaringiz bilan baham: |