Mavzu: Laboratoriya jihoz (isitish, o‘lchov, optik asbob)lari. Ko‘rgazmali qurollar, ularning turlari va Tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi.
Reja: 1. Tabiatshunoslik darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil qilish. 2. Laboratoriya darslarida ko‘rgazmali qurollardan unumli foydalanish. 3. Tabiatshunoslik darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarining tadqiqot ob’yektlarini tanlash.
Ko‘rgazmali qurollarni joylash, butlash va saqlash. Kuzatish tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo‘nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir. Kuzatishlar o‘zining bajarilishi muddati bo‘yicha ikki: qisqa muddatli va uzoq muddatli guruhlaiga bo‘linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar to‘laligicha dars tizimiga kiritiladi va tarqatma material bilan bajariladi. Tabiatshunoslikni kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo‘nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi: muayyan maqsadning bo‘lishi va diqqatni kuzatish ob’yektini bilgan holda to‘plash bilan xarakterlanadi. 1-3- sinflardagi kuzatishlardan o‘quv shaklining xilma-xil shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg‘ulotlarda; 2) ekskursiyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg‘ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak Tabiatshunoslikni kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo‘nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi: muayyan maqsadning bo‘lishi va diqqatni kuzatish ob’yektini bilgan holda to‘plash bilan xarakterlanadi. 1-3- sinflardagi kuzatishlardan o‘quv shaklining xilma-xil shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg‘ulotlarda; 2) ekskursiyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg‘ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak Kundalik kuzatish daftari” va sinfning tabiat hamda mehnat kalendarida qayd etib boriladi. Alohida e'tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishini kuzatishlarga qaratiladi. Bu kuzatishlar o‘quvchilaiga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o‘zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi.