Boshlang`ich sinflarda berilgan topishmoqlarni matn mazmuni bilan bog’liq holda o'rganish matn mazmuni bilan topishmoq o'rtasida bog’liqlikni ta'minlaydi. Topishmoqlar o'rganilgan matn mazmunini to'ldiradi, uni kengaytiradi. Shuning bilan o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishlariga ijobiy ta'sir qiladi. Topishmoqlarni o'rganishda o'quvchilarning ifodali o'qish malakalari ham takomillashtiriladi. Ularning lug'at boyligi ortib, nutqi o'sadi. 3-sinfda topishmoqlarni o'rganish darsi quyidagicha rejalashtirilib o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir Topishmoqlar Darsning maqsadi: Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarga topshiriqlarning janriy xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o'qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o'rgatish. 2. O'quvchilarning muomala madaniyatini oshirish. 3. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish. Ijodiy faoliyatiniga yo'llash. Darsning borishi. I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning topishmoq haqidagi tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg'otish. Metod. Suhbat, izlanish metodi. Mavzu: Topishmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |