Tuzuvchi: I.R.Avazmetova
Javoblar
Yer maydonchalarining turlari.
Bolalar bog’chasidagi yer maydonchasi - bu bolalar uchun o’yin, sayr, mashg’ulot o’tkazish mumkin bo’lgan joy bo’lib hisoblanadi. Kuzda, qishda va bahorda bolalar ko’p vaqtlarini yer maydonchasida o’tkazadigan, yozda kun mobaynida vaqtlarini o’sha yerda o’kazishlari mumkin bo’ladi. Yer maydonchasida bolalarning sezgi organlari rivojlanib boradi, bolalar o’z ko’zlari bilan tabiatdagi o’zgarishlarni ko’rib, kuzatib, tahlil qilib boradilar. Yer maydonchasida ishlash orqali gulzorda, bog’da, polizda bolalar jamoa bo’lib ishlashga hamda ba’zi mehnat qilish qobiliyatlarini o’stirib boradilar. O’z mehnatlari orqali mehnatga bo’lgan mehr-muhabbatlari ortib boradi va berilgan vazifani bajarish majburiyatini his qilishga o’rganadilar. Yer maydonchasida bolalar yil fasllaridagi Qishloq xo’jalik ishlari. Sentyabr oyida O’zbekistonning barcha hududlarida, shu jumladan, Toshkent viloyatida ham asosiy xo’jalik ishlaridan biri - paxta yig’im-terimi boshlanadi. Har bir chanoqda 3-5 pallacha bo’lib, har bir pallachada esa paxta tolalari bilan o’rab olingan 8-9 tadan chigit bo’ladi. Paxta tolasi paxtaning eng qimmatbaho qismi hisoblanadi. Paxta tolasidan gazmollar va boshqa ko’pgina texnik mahsulotlar, chigitidan esa moy, kunjara va boshqa narsalar tayyorlanadi. Sentyabr oyida mevali bog’larda olma, behi teriladi, uzum uziladi. Bu ishlarda bolalar ham qo’llaridan kelgancha ishtirok etishlari mumkin. Tarbiyachilar bu paytda bahorda bog’cha hovlisiga o’tkazilgan uy o’ismliklarini tabiat burchaklariga ko’chirib o’tqazadilar. Gulzorlarda qo’qongul, xushbo’y no’xat, ajdarog’iz (gullari katta-katta bog’ o’simligi), nastursiya, petuniy, sambittol, floks va tirnoqgul kabi o’simliklar urug’ini terishni davom ettiradilar, bunda bolalar ham qatnashadilar. Oktyabr oyida dalalarda ommaviy ravishda paxta yig’imterimi davom etadi. Paxta chanoqlari tungi sovuq va kunduzgi issiqning keskin ta’siri natijasida ochila boshlaydi. Dalalar va polizlarda karam, pomidor, lavlagi, baqlajon, kartoshka singari sabzavotlar yig’ib-terib olinadi. Bu kabi manzarani qishloq joylarda tez-tez uchratib turish mumkin. Bog’larda mevali daraxtlarni qish sharoitiga tayyorlaydilar. Yerga o’simliklar o’sishdan to’xtagan vaqtda o’g’it solinadi. So’ngra daraxt atroflari chopib qo’yiladi, qator oralari haydaladi. Daraxtning ildiziga yaqinroq yerlari yuzaroq haydaladi, chunki daraxt ildizlari yerning ustki qatlamiga yaqinroq turadi. Daraxt ildizlaridan uzoqlashgan yer chuqurroq haydalishi kerak. Bunda daraxt turlarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, nok va olma daraxtlarining ildizlari olcha va olxo’rilarga nisbatan katta chuqurlikda joylashgan, shuning uchun ham shu daraxtlar atrofidagi yerlarni chuqurroq haydash talab qilinadi. Yerni kuzgi shudgorlash vaqtida tuproqni haddan tashqari maydalab yubormay, balki uni yirik qilib ag’darish va shu holicha qishga qoldirish kerak, bunday qilinganda tuproq strukturasi yaxshilanib, uni saqlab qolishga imkoniyat tug’iladi. Bundan tashqari yerni yirik-yirik qilib ag’darish foydali, chunki u namni va qorni yaxshi saqlaydi. Bu esa o’simlikning yaxshi rivojlanishi uchun juda muhimdir. Odatda, qish faslida tuproqning ustki qatlamida zararli hasharotlar yashirinib qoladilar. Yerni haydash va namlash natijasida ular o’ladilar, demak ular kelgusi yil hosili uchun zarar keltira olmaydilar. Barglarning to’kilishi bilan barcha zararli hasharotlar ham yerga tushadilar va to’kilgan barglar orasiga joylashib oladilar. Shuning uchun barcha axlatlarni to’plash va yoqish yoki ko’mib tashlash kerak. Bu yerda ularning hammasi chirib o’g’itga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |