Tаbiаt yordаmidа estеtik tаrbiya bеrish.
Yoshlаrgа estеtik tаrbiya bеrishdаn mаqsаd - shаxsning estеtik didi vа idеаlini tаrkib tоptirish, tеvаrаk-аtrоfdаgi nаrsаlаrni to’g’ri tushunish qоbiliyatlаrini hаr tоmоnlаmа o’stirishdir. Estеtik tаrbiya bоlаgа did bilаn kiyinish, yurish, turish, mеhnаt qilish, kоllеktiv оrаsidа o’zini to’g’ri tutа bilish kаbi xislаtlаrni singdirаdi. Аyniqsа, оnа tаbiаtni sеvish vа undаn zаvq оlishni, ya’ni go’zаllikni his qilishni hаm o’rgаtаdi.
Chindаn hаm, tаbiаtni, uning go’zаl mаnzаrаlаrini, tоg’ etаklаridаgi yashil bоg’-rоg’lаrni sеvmаgаn, undаn zаvqlаnmаgаn kishi bo’lmаsа kеrаk. Gullаrning vа mеvаlаrning hidi, shаkllаri vа rаnglаri, qushlаrning sаyrаshi, аriqlаrdаn suvning shildirаb оqishi, оyoq оstidаgi qоrning g’ijirlаshi - bulаrning hаmmаsi bоlаlаrdа tаbiаtdаgi nаrsа vа hоdisаlаrni his qilishgа imkоn bеrаdi vа ulаrgа estеtik hissiyotni tаrbiyalаsh vа o’stirish uchun bоy mаtеriаl bo’lib xizmаt qilаdi. MTM bоlаlаridа bundаy estеtik tuyg’ulаrning o’sishi esа, o’z nаvbаtidа sаn’аtni, hаyotni, tаbiаtni sеvish, uni tushunish vа o’rgаnish uchun zаrur shаrоit yarаtаdi.
2.Kichik guruhda kuzatishlarni tashkil etish
Kichik yosh guruhda bolalar bilan o’tkaziladigan kuzatishlar qisqa muddatli bo’lib, tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilish maqsadida ularning ba’zilariga suvdonga suv quyish, hayvonlarga ozuqa berish, baliqlarni oziqlantirish kabi topshiriqlarni beradi. «Qush Nodira uchun qo’shiq aytyapti», «Baliq Madina tomonga suzyapti» kabi so’zlardan foydalanadi. Kuzatish oxirida she’r o’qish, qo’shiq aytish mumkin. Kichkintoylardan kuzatilayotgan narsa haqida gapirib berishni talab qilish noo’rindir. Ob-havoni yoki jonsiz tabiatning boshqa obyektlarini kuzatish, o’simliklarni ko’rish jarayonida tarbiyachi bu kuzatishlarni o’yin, mehnat bilan bog’laydi (xona gullarini tomosha qilish jarayonida uning barglarini artishadi, qum o’ynayotganlarida uning sochiluvchanligini bilib olishadi). Bu yosh guruhda oddiy tadqiqot (tekshirishlar) harakatlaridan ko’proq foydalanish maqsadga muvofiqdir: kaftni oftobga tutib, issiqlikni sezish, gulni hidlash va hokazo.
3.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tashkil qilish.
Mashg’ulot nomi:«Dengiz cho’chqachasini kuzatish».
Mashg’ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz cho’chqachasi»bilan tanishtirish. Tashqi ko’rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchiso’zlardan foydalanishni faollashtirish.
Mashg’ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho’chqachasi uchun terrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo’yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stellar doira shaklida qo’yib chiqiladi.
Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi «Men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo’rqitib yubormaslik uchun siz tinch o’tiring», deb tayinlaydi. So’ngra cho’chqachani olib kelib, uni stolga qo’yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so’raydi, keyin uni ko’zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho’chqachasining tashqi ko’rinishi to’g’risida so’zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to’la-to’kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo’lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho’chqacha tumshug’ining shakli qanday? U nimaga
o’xshaydi? (Ko’zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakliqanday?» va hokazo. So’ngra tarbiyachi bolalarga qo’shimcha savollar berib, dengiz cho’chqachasini ularga tanish bo’lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko’rishga olib keladi va quyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarning ko’zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo’lib, chaqchayib turadi? (Og’maxon, olmaxonning ko’zlari.) Yana qaysi hayvonlarning tumshug’i shunaqa serharakat va oval shakldabo’ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo’ladi? (Og’maxonning quloqlari.)Cho’chqachaning bo’yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo’yni yo’g’on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho’chqachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligi qanday? Cho’chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rang desa bo’ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho’chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko’ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag’almi? (Silliq, qattiq.) Cho’chqacha qanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho’ziladi.) Men bu hayvonto’g’risida sizga so’zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko’ra uni avval dengizorti cho’chqachasi deb ataydigan bo’lishgan. Yovvoyi cho’chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o’t-o’lan va shox-shabbalar bilan ovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo’lib hisoblanadi.
Mashgulotni yakunlash.Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo’yicha bilimlari savol-javoblar orqali tekshiriladi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi.
Ushbu tarzda mashg’ulotlar o’tkaziladi.
1.Tabiat bilan tanishtirishda tarqatma materiallar turlari
*barglar, urug‘lar, ildiz, meva, sabzavot
Qog`oz, qaychi, qalam, barglar,
ip rasmli albom, qaychi, barglar
stol о‘yinlari, loto, soya teatribarglar, hayvonlar, bosma о‘yinlar
2. Mashgulot turlari
*yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, bilimlarni aniqlovchi no’ananaviy mashhulot.
bilimlarni tartibga soluvchi, aniqlovchi
bilimlarni umumlashtiruvchi, no’ananaviybilimni mustahkamlovchi, tо‘ldiruvchi
3. Xindistonda Beruniyni diqqatimiziga jalb kilgan xayvonlardan biri.
*Delfin.
Karkidon.
Maymun.
Timsox.
3.Tarbiyachi bilan bolaning ma’lum ta’lim-tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishda nima qо‘llaniladi?
*uslub ish shakllari mashg`ulot sayr
4. «Avesto» asarini qaysi boblarida «itlar ularni nasllari,insonga vafodorligi,ularga ozor bermaslik va ularni asrash choralari»
*III,IX va XII boblarida
IV,III vaVI boblarida
IV,VI vaXIII boblarida
XIII,XIV –XV boblarida
5.Ogzaki metod bu-
*tabiat xodisalari bilan tanishtirishning yetakchi uslubi
maqol, she’r, hikoya, kinofilm, о‘yin
maqol, ma’tal, videofilmni kuzatish
rasm kо‘rsatish, suxbat, she’r.
Do'stlaringiz bilan baham: |