Tuzuvchi: I.R.Avazmetova
Javoblar
1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini o’tkazish.
Mashg’ulotning nomi:«Taram-taram» to’tiqushini kuzatish.
Mashgulotning maqsadi:bolalarning tabiat burchagida yashaydigan qushlar haqidagi bilimlarini aniqlashtirish va kengaytirish. Burchakdagi «Taram-taram» to’tiqushini bolalarga tanishtirish: tashqi ko’rinishi va odatlarining o’ziga xosligi, tumshug’i to’g’ri bo’lib, ichki tomonining boshqacha rangdaligi, dumi uzun, osilib turishi, oyoqdagi ikkita barmog’i oldinga, bittasi orqaga qarab turishi, patlari olabula bo’lib, naqshi to’lqinga o’xshash hamda uning qanday uchishi ko’rsatiladi. Bolalarni «Taram-taram» to’tiqushchani boshqa qushlar bilan solishtirib ko’rishga, farq qiluvchi va o’xshash tomonlarini qayd qilib o’tishga o’rgatib boriladi. Bolalarni qushlar fe’l-atvori to’grisidagi bilimlar bilan tanishtiriladi. Qushlarni ehtiyot qilish va ularning yaxshi holatda bo’lishi to’g’risida qayg’urish istagi tarbiyalanadi.Tabiat burchagida yashab turgan qushlarga parvarish yuzasidan navbatchilar bajaradigan ishlar tushuntiriladi.
Mashg’ulotga tayyorgarlik. Navbatchilar stullarni doira qilib o’rtaga qo’yib, bankalarga don, qutichaga ungan suli, qirilgan sabzi, qirg’ich, tog’oracha va qushcha uchun ovqat tayyorlab qo’yishadi.
Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi qushchali qafasni stolga qo’yadi. Bolalarga murojaat qilib, mana bunday deydi: «Bu qushcha biz bilan birga yashayotganiga ancha bo’ldi. Uni yaxshilab ko’zdan kechirib chiqing, chunki
keyin uning rasmini chizasiz. Unga diqqat bilan qarangda, bu qushchaning boshi qanday, ko’zlari, tumshug’I qanaqaligini (shakli, katta-kichikligi, rangi), tumshug’I tagida nimasi borligini aytib bering. Hamma qushlarning tumshug’i ham bizning «Taram-taram» to’tiqushimizning tumshug’iga o’xshash bo’ladimi? (Hamma qushlarning tumshug’i har xil bo’ladi). Qushchaning tanasi nima bilan qoplangan? Patlari bir xil kattalikdami? (Qanotlaridagi va dumidagi patlari orqasi bilan qornidagi patlariga qaraganda uzunroq bo’ladi.) Patlarining rangi qanday? Siz qush rasmini chizishingiz uchun sizga qanaqa rangdagi qalamlar kerak bo’ladi? (Sariq, yashil, jigarrang va boshqa rangdagi qalamlar.) Bu qushning orqasidagi patlari qanday naqsh hosil qiladi, nima uchun bu qushchani «Taram-taram» to’tiqushi deb atashadi? Uning oyoqlarining kattaligi qanday? Barmoqlari qanaqa? «Taram-taram» to’tiqushi qafasda o’zini qanday tutadi? (Uning qiliqlari: narsalarga chiqib olishi,uchishi, qafas polida yurishi, tayoqchadan-tayoqchaga uchib o’tishi, tumshug’ini tozalashi kuzatiladi va hokazo.) Uni boshqa qushlarga solishtirib ko’ring. Hozir «Taram-taram» to’tiqushi sayramay turibdi, lekin mashg’ulotdan keyin uning qanday ovozlar chiqarib sayrashini eshitib ko’ring. Keling, «Taram-taram» to’tiqushiga ovqat beramiz. «Taram-taram» to’tiqushi olmani qanday yeyishi bolalar bilan birga kuzatiladi.) U ovqatni xuddi ko’chada don topgan qushlarga o’xshab yeydimi? «Taramtaram» to’tiqushi nimani yaxshi ko’radi? (Meva, sabzavot, ko’kat va boshqalar.) Olmani «Taram-taram» to’tiqushiga
qanday qilib berish kerak? Bu qushchani qanday parvarish qilib borish kerak? (Qafasni tozalash, suvdon, teganagini yuvish, chilobchindan suv quyish.) Malika, bu qushchaga qanchadan don berib turish kerak, ko’rsat-chi? (Bir choyqoshiq.) To’g’ri». Mashg’ulot oxirida tarbiyachi bolalarga «Taram-taram» to’tiqushchaning rasmini chizishni takilif etadi va bolalarning chiroyli qilib chizilgan ishlarini izohlab, mashg’ulotni yakunlaydi. Tabiat burchagida boqiladigan jonivorlarni kuzatish.
2.Kalendar-tematik reja.
Do'stlaringiz bilan baham: |