O’rta guruh bolalari kuzatish uchun zarur bo’lgan muhitni o’zlari yarata oladilar (masalan, ozuqa tayyorlash, jonivor uchun joy tayyorlash kabi). Bu esa bolalarning kuzatishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Xuddi kichik guruhdagidek kuzatish jarayonida xilmaxil tadqiqot (tekshirish) harakatlari, o’yin usullari, mehnat topshiriqlaridan foydalaniladi. Bu harakatlardan ba’zilari izlanish xarakterida bo’lishi mumkin. Masalan, jonivorning nima yeyishini bilish uchun unga turli ozuqa berib ko’riladi. O’rta guruh bolalari bilan olib boriladigan kuzatishlarda tarbiyachi taqqoslashdan foydalanishi muhimdir. Bunda tarbiyachi predmetning belgilarini ajratib, ikki predmetni qiyoslaydi (ulardan biri bolalarga oldindan tanish). Bolalar ko’ribgina qolmasdan, kerak bo’lganda ushlab, hidlab ham ko’rishi yaxshi natijalarga olib keladi. O’rta guruhda kuzatishning natijasi hikoya - tasvirlash bo’lishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga hikoyaning qisqacha rejasini tavsiya etib, ularni ikki-uchta savol yordamida gapirib berishga undaydi. Bolalarning mustaqil kuzatishlari o’rta guruhda paydo bo’ladi. Bunda ularni rag’batlantirish, kuzatilayotgan hodisani tushunishlarida yordam berish, ba’zan u yoki bu usulni qo’llashda maslahat berish, boshqa bolalarni ham kuzatishga jalb qilish, o’z kuzatish natijalarini o’rtoqlariga gapirib berishga undash lozim.
3.Polizlarni tashkil etishni rejalashrirish.
Polizlarda karam, pomidor, lavlagi, baqlajon, kartoshka singari sabzavotlar yig’ib-terib olinadi. Bu kabi manzarani qishloq joylarda tez-tez uchratib turish mumkin. Bog’larda mevali daraxtlarni qish sharoitiga tayyorlaydilar. Yerga o’simliklar o’sishdan to’xtagan vaqtda o’g’it solinadi. So’ngra daraxt atroflari chopib qo’yiladi, qator oralari haydaladi. Daraxtning ildiziga yaqinroq yerlari yuzaroq haydaladi, chunki daraxt ildizlari yerning ustki qatlamiga yaqinroq turadi. Daraxt ildizlaridan uzoqlashgan yer chuqurroq haydalishi kerak. Bunda daraxt turlarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Jumladan, nok va olma daraxtlarining ildizlari olcha va olxo’rilarga nisbatan katta chuqurlikda joylashgan, shuning uchun ham shu daraxtlar atrofidagi yerlarni chuqurroq haydash talab qilinadi. Yerni kuzgi shudgorlash vaqtida tuproqni haddan tashqari maydalab yubormay, balki uni yirik qilib ag’darish va shu holicha qishga qoldirish kerak, bunday qilinganda tuproq strukturasi yaxshilanib, uni saqlab qolishga imkoniyat tug’iladi. Bundan tashqari yerni yirik-yirik qilib ag’darish foydali, chunki u namni va qorni yaxshi saqlaydi. Bu esa o’simlikning yaxshi rivojlanishi uchun juda muhimdir. Odatda, qish faslida tuproqning ustki qatlamida zararli hasharotlar yashirinib qoladilar. Yerni haydash va namlash natijasida ular o’ladilar, demak ular kelgusi yil hosili uchun zarar keltira olmaydilar. Barglarning to’kilishi bilan barcha zararli hasharotlar ham yerga tushadilar va to’kilgan barglar orasiga joylashib oladilar. Shuning uchun barcha axlatlarni to’plash va yoqish yoki ko’mib tashlash kerak. Bu yerda ularning hammasi chirib o’g’itga aylanadi. Zararli hasharotlar, ularning bolalari, lichinka va tuxumlari daraxt po’stloqlarining yoriqlari orasida ham bo’ladi. Ularni eski, chirigan ildizlari bilan birga yo’qotish, yoriqlarini esa suvash kerak. Daraxt tanalarini yangi go’ng yoki loy qo’shilgan ohak bilan oqlash kerak (daraxt ildizlari kuyib ketib, zarar yetkazmasligi uchun) yoki dust DDT (geksaxloral) ning bo’r bilan aralashmasini daraxtlarga surish kerak. Ana shu vaqtda daraxt po’stlog’idan shiralar olib tashlanadi. Oktyabr oyida daraxt va novdalarni butash boshlanadi. Bu ish shoxlarning uzunasiga qarab o’sishini to’xtatadi va yosh novdalarning rivojlanishiga yordam beradi. Bunday holda o’simlik qishni osonlik bilan o’tkazadi. Daraxt tanasidagi o’sishga qarshilik qilgan ortiqcha, eski, chirigan shoxlari ham qirqib tashlanadi. Shu yo’l bilan daraxtlarning kelgusi yil rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib berishga harakat qilinadi. Oktyabr oyining oxirida daraxtlar va butalarni (1- va 2-ilova) bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, toklarni qish mavsumiga tayyorlash boshlanadi. Bunda toklar kesilib ko’miladi. Toshkent viloyati sharoitida ba’zi paytlarda toklarni ko’mmasdan ham qishlatish mumkin, ayrim hollar, ya’ni to’satdan sovuq tushishidan saqlash uchun toklarni ko’mish maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda gullar, anorlar va boshqa o’simliklar ham xashak va somon bilan o’raladi yoki qish davri uchun yerga ko’miladi. Xmel, pechak, chirmashuvchi gullar singari o’simliklar yig’ib olinadi yoki o’rab qo’yiladi. Gulzorlardan kanna ildizlari, gladiolus ildizi, kartoshkagul va boshqa shu kabi sovuqqa chidamli ko’p yillik o’simliklar tuganaklari kavlab olinadi. Kartoshkagul tuganaklari oftobda biroz quritilib, so’ng salqin joyda saqlanadi. Gladiolus ildizlari yaxshilab tuproqdan tozalanadi va doka xaltachaga solib quruq, salqin yerga osib qo’yiladi. Oktyabrning ikkinchi yarmida kapalakgul (bo’tako’z), dastargul urug’lari sepiladi, bular erta bahorda gulzorlarni bezaydi. Bolalar dala va bog’larda kattalar qilayotgan ishlarni kuzatib boradilar va urug’ sepish, qirqilgan shoxchalarni yig’ish, yerni ko’p yillik o’t-ildizlaridan tozalash va ularni quritish singari ishlarda o’zlari bevosita qatnashadilar. Noyabr oyida dalalarda g’o’zaning ochilmagan ko’saklari ham terila boshlanadi. G’o’zapoya yulib olinadi, ekin maydonlariga o’g’it solinib, shudgor qilinadi. Bundan tashqari mana shu vaqtda kelgusi yil hosiliga zamin hozirlash maqsadida yoppasiga sug’orish o’tkaziladi. Ekin maydonlari haydalgandan keyin ham sug’orish o’tkazish mumkin. Bog’, maktab oldi maydonlarida, agar harorat 5 darajadan past bo’lmasa, daraxt ko’chatlarini o’tqazish mumkin. Noyabr oyida daraxtlarni butash, mevali daraxtlar hamda boshqa daraxtlarda bo’ladigan zararkunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi.
5.1 Terrariumda yashovchilar qaysi javobda tо‘gri kо‘rsatilgan.
*toshbaqa, kaltakesak, baqaqurbaqa,
Olmaxon, yumronqoziq, baliq, baqa, kaltakesak
olmaxon, baqa-qurbaqa, kaltakesaklar
kaltakesak, toshbaqa, yumronqoziq
2.Kurgazmali metodlar guruhi namoyishi bu-
*rasmlar kurish,kinofilm,diafilm,diopozitiv «yilning turt fasli» uy xayvonlari»
badiy adabiyot,predmetli rasm
tabiat haqidagi rasmlarlar namoyish qilish
ilmiy hikoyalar о‘qib rasmlarini namoyishi
3. Ekologiya fanida eng kо‘p foydalaniladigan uslublar:
*Kuzatish
Taqqoslash
Eksperimental
Modellashtirish
4. Mehnat asboblari va ularga qо‘yilgan talablar
*bolalar yoshiga mos haqiqiy mehnat asboblari
bolalar yoshiga mosо‘yinlar asboblari qay tariqa bо‘lganda ham tushunarli bо‘lishi
barcha mehnat asboblaridan tо‘gri foydalanish
mehnat asboblaridan tо‘gri foydalanish
5. Tabiat burchagidagi hayvonlarni parvarish qilish uchun asboblar
*togorachalar, supurgi, chо‘tkalar, qirgichlar, tovoqlar, taxtacha, pichoq, qaychi,
taxtacha, pichoqchо‘tkalar, togorachalar, qaychi, klinkalatta,
chо‘tkacha, togoracha, qaychitayyoqcha,
chо‘tkacha, klinka, chо‘tkacha
Do'stlaringiz bilan baham: |