Qissada makon almashadi, davr oʻzgaradi. Davr taqozosi bilan qiyofa oʻzgarishi, tuslanishi Vilor, general, Galina orqali ochib boriladi. Eʼtiqodsizligi bois, hayoti sarobga aylangan osiy bandaning umr falsafasi, oʻtmish – bobo va ota oʻgiti, bugun – general va qizi aqidasi, kelajak – ona imoni tarzida namoyon boʻladi. Yoʻlsizlikdan qutulish uchun tavba qilish, tozarish lozimligini uqqan Vilor asar oxirida volidasi huzuriga oshiqib, halovat axtaradi, Muslim ismini tanlaydi. Qissada insonning oʻz oʻzini taftish qilish jarayoni badiiy gavdalantirilgan, imonsizlik fojiasi mantiqiy izchillikda ochib berilgan. - Qissada makon almashadi, davr oʻzgaradi. Davr taqozosi bilan qiyofa oʻzgarishi, tuslanishi Vilor, general, Galina orqali ochib boriladi. Eʼtiqodsizligi bois, hayoti sarobga aylangan osiy bandaning umr falsafasi, oʻtmish – bobo va ota oʻgiti, bugun – general va qizi aqidasi, kelajak – ona imoni tarzida namoyon boʻladi. Yoʻlsizlikdan qutulish uchun tavba qilish, tozarish lozimligini uqqan Vilor asar oxirida volidasi huzuriga oshiqib, halovat axtaradi, Muslim ismini tanlaydi. Qissada insonning oʻz oʻzini taftish qilish jarayoni badiiy gavdalantirilgan, imonsizlik fojiasi mantiqiy izchillikda ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |