UrDU filologiya fakulteti o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 202-guruh talabasi
Ochilova Dildoraning Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:O‘zbek tilshunosligida uyushgan gaplarning ilmiy tasnifi.
Reja:
- Uyushiq bo‘laklar.
- .Uyushgan gap va uyushtiruvchi vositalar.
- O'zbek tilshunosligida uyushgan gaplarning tasnifi.
Uyushiq bo‘laklar – gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi, bir xil sintaktik vazifada keluvchi, o‘zaro teng aloqada bo‘luvchi va boshqa bo‘laklar bilan tobe aloqada bo‘luvchi bo‘lakdir.
Olma va anor yedik Qizil, sariq gullarni uzdik
Sen emas, balki men haqman Bizga kitob, daftar kerak
Ba’zan qor, ba’zan yomg‘ir yog‘adi
Na kitob, na daftari bor.
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi
Teng bog‘lovchilar
Tenglanish ohangi
Sanash ohangi
Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin: Kesim: Biz harbiy uchuvchi va Vatan posbonlari bo‘lamiz Ega: Hovliga Davron aka bilan Iskandarov kirib kelishdi Hol: Bugun va ertaga men navbatchilik qilaman. To‘ldiruvchi: Akamga va opamga xabar qildik. Aniqlovchi: Salqin va bahavo bog‘da dam oldik. Undalma: Aziz do‘stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog‘inib yashadim.
Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati. Uyushgan kesimlarda kesimlik shakllari bilan faqat oxirgi kesim shakllangan, boshqalari esa bu qo‘shimchani olmagan bo‘ladi: Siz a’lochi va jamoatchisiz.
Uyushiq egalar shaxsni anglatsa,kesim birlikda ham,ko‘plikda ham bo‘lishi mumkin: Karim,Salim va Ahmad keldi(lar).
Uyushiq egalar jonsiz narsani ifodalasa,kesim odatda,birlikda bo‘ladi: Stol va stullar tartibga keltirilgan.
Gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari uyushiq kesim bo‘lib kelganda ba’zan ko‘makchi fe’l yetakchi fe’llarning eng oxirgisiga bog‘lanib kelishi mumkin: U allaqachon yozib, chizib bo‘ldi.
Uyushiq bo‘laklarda ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarining hamda ko‘makchilarning qo‘llanishi.
Bularning qo‘llanishi uch xil bo‘ladi:
Son (ko‘plik), egalik, qo‘shimchalari va ko‘makchilar uyushiq bo‘laklarning oxirgisiga qo‘shiladi:
Mashinadan tushgan ayol va erkaklarning barchasi kulgi va shovqin bilan uyga kirishdi.
Gapdagi uyushiq bo‘laklarning bo‘laklarning har birida son, egalik, kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar alohida-alohida tarkorlanadi:
Har bir so‘zni, har bir jumlani zavq bilan,hayajon bilan qayta-qayta o‘qib chiqdi.
Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar uyushiq bo‘laklarda har xil ishlatilishi ham mumkin:
Imon va e’tiqodim, odamgarchilikni insomga go‘daklik paytidan chidam va toqat bilan, muhabbat bilan singdira borish kerak.
O‘zbek tilshunosligida uyushiq hodisasi bilan bog‘liq uchta hodisa mavjud:
1)gapda uyushgan so‘zlar;
2)qo‘shma gapdagi uyushiq gaplar;
3)uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo‘lib, sodda gapga ham qo‘shma gapga ham xos. Sodda gapda so‘zlar uyushib kelsa, qo‘shma gapda ham, sodda gap uyushib keladi.
Aytilganidek, kamida ikki birlik(unsur)dan iborat bo‘ladi:
1) Uyushtiruvchi unsur;
2) uyushuvchi unsur.
Ma’lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funksional shakllangan bo‘lishi lozim. Shu boisdan u kesimga ega bo‘lib,bu kesim (WPm) (kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WPm (semantik-funksional shakllangan gap) tarzida bo‘lishi lozim. WPm sodda gapda bitta, qo‘shma gapda esa birdan ortiq bo‘ladi.
Sodda va qo‘shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligi. Eganing bor-yo‘qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsiz.
Uyushgan gapni belgilashda esa bosh omil ikkita:
1)bitta shakllangan kesimnimg mavjudligi;
2)birdan ortiq uyushgan eganinga mavjudligi.
Bu xususiyati uyushgan gap egali sodda gapdan ham (Jahongir, Ahmad, Aziz o‘qidi), uyushiq kesimli sodda gapdan ham (egasi yo‘q yoki bor bo‘lsa, bitta kesimning lug‘aviy qismi birdan ortiq, Pm qismi bitta- Ular borgan va ko'rgan edilar qolipi W1-W2 Pm farqlanadi.
Pm uyushtiruvchi vosita sifatida:
1.Kun qaytgan va bahor kumlarining uchdan ikki qismi o‘tgan edi.2.Paxta dalalarida endi salqin kuchaygan, tunggi yellar esar.
WPm uyushtiruvchi vosita sifatida:
1.Yaxshi topib, yomon qopib so‘zlar.
2.Onasi o‘qisin, opasi ishlasin dedi.
W yoki Pm kengaytiruvchisi bilan farqlanuchi uyushgan gap:
Erta yog‘ib o‘tgan yomg‘ir chang va yomg‘irni ivib ketgan, daraxtlaring yaproqlari tiniq va toza edi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |