UrDU Filologiya fakulteti Filologiya va tillari o`qitish :o`zbek tili yo`nalishi 202-(sirtqi)talabasi Karimberganova Faxrinisoning o`zbek adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ta`limi Mavzu : Dilshodi Barno hayoti va ijodi - Dilshod Otin, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so‘fi qizi), (1800, O‘ratepa — 1905/06, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar. Otasidan savod o‘rgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatgan. Anbar Otin Dilshodi Barnoning iqtidorli talabalaridan bo‘lgan. Dilshodi Barno g‘azal, muxammas, masaddas, chiston va boshqa bilan birga xotiranomalar ham yaratgan. Uning 91 ta o‘zbekcha va 51 ta tojikcha she’ri, «Tarixi muhojiron» («Muhojirlar tarixi») badiiy-tarixiy asarining o‘zbekcha va tojikcha 3 qo‘lyozma nusxasi («Tazkirai Barno», «Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron» — «Inson matonati va muhojirlar tarixi», «Muntaxab al-ash’ori Barno» — «Barnoning tanlangan she’rlari») bizgacha yetib kelgan. Bularda o‘zaro urushlar, xalqning turmush sharoiti va boshqa ijtimoiy-siyosiy voqealar o‘z ifodasini topgan.
Turkistonni chor Rossiyasi bosib olishiga bo‘lgan munosabatda shoira zamondoshlaridan ilgarilab, bu hodisaning barcha oqibatlarini to‘g‘ri tushungan. Shu jihatdan Dilshodi Barno she’riyati xalq taqdirining badiiy yilnomasi darajasiga ko‘tarildi. Shu bilan birga shoira baxtiyor zamon, yaxshi kunlar kelishiga ishondi («Bu jabru zulmat albat muvaqqat...», «Farg‘ona» va boshqa), turkistonliklarni do‘st-inoq yashashga undadi («Xaloyiq, borsangiz...», «Tarixi muxosara» va boshqa). Dilshodi Barno lirikasida muhabbat va sadoqat mavzui, vatan va inson ozodligi masalasi uyg‘unlashib ketgan («Sochim sunbul deyurlar...», «Falakda suzuvchi oy...» va boshqa). - Dilshodi Barnoning «Tarixi muhojiron» asarida 19-asr Qo‘qon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma’rifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli a’zolari bo‘lishga chorlagan. Shuningdek, asarda O‘ratepa va Qo‘qonda yashagan 30 dan ortiq shoir va shoiralar ijodi haqida ma’lumot keltirilgan. Dilshodi Barno asarlari qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. ? 1207). Asarlari o‘zbek va tojik tillarida nashr qilingan.
- G'AZALLAR Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido, “Yor aksin mayday ko’r”, deb jomdin chiqdi sado. Xonaqoh ahlig’a aytdim: “Alvido, ey so’filar”, Dayra kirdim, rindliqni emdi qilg’um ibtido. Man ichib ishq bodasini, boy berdim mazhabim, Har na bo’lsa ko’rsa ko’zim, jon anga bo’lsin fido. Bu qadah ichra ko’rundi orazi ul yorning, Zanjiri ishqini soldi bo’ynuma, ermish rido. Oshiqini g’ul urub band aylasa ma’shuq agar, Shukr qilg’ay, bo’lmasam deb, bandidin hargiz judo. Jannatu do’zax barobar oshiqi zor oldida, Ishq imomig’a hamisha aylamishdur iqtido. Garchi Barno zordur bir orazi yor oldida, Ishq imomig’a hamisha aylamishdur iqtido.
- Odam aytibdur avval ulug’ nurg’a qarab, Bir marta kulgil, ey nur, qaro yerg’a qarab. Xovar boqibdur ul dam anvor mehr ila, Zulfin etib parishon, soyu qirg’a qarab. Yer aylanib turibdur, parvona xovar uzra, Hayo teri oqibdur Amuyu Sirg’a qarab. Chiqganda dona-dona buloq ko’zidin ul ter, Hayratda xovar o’lmish ul on dirg’a qarab. Siru Amu oqibdur, kishvari kokilidek, Nazar solmabdur also adirg’a qarab. Odam qo’lida oxir o’libdur rom jayhun, Ta’zim etibdur ul dam ul Sirg’a qarab. Inson payravi bo’l, Dilshod o’lg’aysan, Ta’zim etma hargiz begu mirg’a qarab.
- BAYTLAR
- Odamga faqat husn erur ruyiga zeb, Botinda jamil ulmasa, bu husn bekor. * * * Bu zamonda hamdami roz o‘lmaga o‘qush kerak, Har kitobni o‘qigonda ma’nisin uqish kerak. Andin o‘rganib adab ilmin g‘azal to‘qish kerak, Norasolikning jahonda tomirini qirqish kerak, Ilmsiz afsunchilarga tiri parrondur kitob. * * * O’zungni o‘ylama tanho, el ichra sodiq bo‘l, Naxo‘dcha yetsa ziyoning, o‘zing hayotdin kech.
- MUXAMMAS Yo falak hargiz meni dardimga darmon aylams, Yo tabibi xoziqimni hech qadrdon aylams, Mushkulim ko’pdur, aqalli birin oson aylamas, Orzuyim borasida hargiz imkon aylams, Manga himmat ilgidin bir yo’la ehson aylamas. Dod deb qichqirg’animg’a rahm etmaydi falak, Ishq sirrin o’ylamakdin qong’a to’ldi bu yurak, Yer ostonig’a yetmoqlig’in dil aylar tilak, Shum raqiblar dastidin yo’l izlab o’tmoqlik kerak, Bu tilakning borasida fikr chandon aylamas. Subhi o’lmaydi tunim, hargiz yorishmas bunda shom, Bu habashni lashkari oshiqdin olur intiqom, Saf tuzib kuz manzarida, qo’lida tig’i nayyom, Telmurub yig’lab turarman, tashnaman, qo’limda jom, Xovari tun lashkarini nestu yakson aylamas.
- Sho’r baxtimg’a azizim yuzni pinhon ayladi, Va’da qildiyu visolin, bag’rimi qon ayladi, Yig’latib ishqida ko’zdin abri nayson ayladi, Oxiri bus hum raqibin qasdi bir jon ayladi, Hech ma’shuqa oshiqini bo’yla sarson aylamas. Emdi yorim rahm etib, qiniga solsun tig’ini, Nogahon bir zarb ila qirqmay muhabbat bixini, Adl birla o’zi bersun shum raqib ta’zirini, Shodmon o’lg’um, yo’qotg’um, qayg’u birla yig’ini, Bu vafoni dilbarimdin o’zga sulton aylamas. Bu muammo qay kuni hal bo’lg’usi, bilmam hanuz, Ishq g’olib bo’lmog’I, zulm ketgusi, bilmam hanuz, Pardayi ismat oxir yirtilg’usi, bilmam hanuz, Oy ham o’zdin niqobin olg’usi bilmam hanuz, Naylayin bu matlabim xurshidi tobon aylamas.
- Charxi kajrav to’g’ri yursun bu g’arib Barno uchun, To’g’ri yo’llar nomin aytsun axtarib Barno uchun, Baxt qonuni yozilsun o’zgarib, Barno uchun, Ishq vasli ham bo’ladur anqarib Barno uchun, Bu niyatni emdi Barno hech pinhon aylamas.
Do'stlaringiz bilan baham: |