UrDu filalogiya òzbek tili va adabiyoti 209-guruh talabasi Komilova Shahrizodaning " navoiyshunoslik " fanidan mustaqil ishi



Download 53,74 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi53,74 Kb.
#544562
Bog'liq
Shahnoza(6)

UrDu filalogiya òzbek tili va adabiyoti 209-guruh talabasi Matyoqubova Shahnozaning navoiyshunoslik " fanidan mustaqil ishi.

Mavzu: "Majolis un - nafois" dagi 2-3 -majlislar.

  • Reja:
  • 1. " Majolis un - nafois" asari haqida.
  • 2. Asardagi 2 - majlis haqida.
  • 3. Asardagi 3 - majlis haqida.

"Majolis un-nafois" («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 yillarda qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-asrda Xuroson va qo’shni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa ma’lumotlar berilgan. Ma’lumotlar yillar, geografik o’rinlar hamda sulolaviy tarti- blarga tayanib joylashtirilgan. 8 qism— «majlis»dan iborat. 1—2 majlislarda muallifning salaflari — tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo’lmagan shoirlar, 3 majlisda o’ziga zamondosh shoirlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 5—6 majlislarda Xuroson, Samarqand, Xorazm, Qarshi, Badaxshon, Qazvin, Sova, Kirmon, Sheroz va boshqa joylardan chiqqan kalam axdlari haqida; 7 majlisda esa temuriylar sulolasiga mansub shoirlar haqida fikr yuritilgan. 8 majlis Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan.
Tazkirada shoirlarning bilim darajasi, axloqi, dunyoqarashi, mehnatga munosabati kabi xususiyatlari alohida ko’rsatilgan. Har bir shoirga berilgan tasnif uning ijodidan namuna keltirish bilan asoslangan.Asarda badiiy ijod asosi va mohi yatini belgilovchi nazariy masalalar yuzasidan ham fikr yuritilgan: mazmun va shakl haqida fikrlar ilgari surilgan, shoirlar ijodiga baho berishda asarlarning g’oyaviy mazmuni bilan birga badiiy mahoratiga ham e’tibor qaratilgan. Navoiy o’z davri adabiy muhitining qizg’in manzarasini, adabiyotdagi poetik janr va turlar rang-barangligini ko’rsatib bergan. Asar qiziqarli va sodda, ravon uslubda yozilgan, fikrlar puxta va ixcham ifodalangan.
Tazkira 15-asr o’zbek ilmiy nasrining go’zal namunasi hisoblanadi.«Majolis un-nafois» boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilingan va tazkirachilik ishiga samarali ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, 16-asrda fors tiliga 3 marta (Faxriy Hirotiy, 1521—22, Hirot; Qazviniy,1522—23, Istanbul; Shoh Ali, 1598, Nishopur) tarjima qilingan. Shoir Sodiqiy «Majolis un-nafois»dan ilhomlanib, turkiyda «Tazkirai majma ul-xavos»ni tuzgan. «Majolis un-nafois»ning 15-asr oxiri — 16- asr boshlarida ko’chirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.
Alisher Navoiy bu asarni yozishdan ko’zlagan maqsadini asar muqaddimasida quyidagicha bayon etadi: “…bu xujasta zamon va farxunda davron shuaro va xushta’blarikim, Sulton Sohibqiron (ya’ni Husayn Boyqaro – S.G’.) yumni davlatidin va natijai tarbiyatidin she’rning ko‘prak uslubida, bataxsis g‘azal tavrida barchadin dilosoroq va nishot afzoroqdur, tarkibi salosat va latofatin burung‘ilarga yetkuradurlar va ma’ni nazokat va g‘arobatin ulcha sharti bor, bajo kelturadurlar, otlari ul jamoat zumrasida (ya’ni avval o’tgan shoirlar qatorida – S.G’.) bo‘lmoqdin mahrum va so‘zlari ul tartib va qoidada noma’lum uchun shikasta xotirg‘a va sinuq kungulg‘a andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bila bu davr zurofasi otin anda sabt etilgay, to bu niyozmandlar ham burung‘i shuaro akobiri zaylida mazkur bo‘lg‘aylar va bu payravlar ham ul rahbarlar xaylig‘a qo‘shulg‘aylar"
Ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning boy va ko’pyoqlama ijodiyotida “Majolis un-nafois” (“Nafis ta’blilar majlisi”) alohida ahamiyatga egadir. Bu asar o’z tipi e’tiborila Sharqda namunalari oz bo’lmagan “Tazkirat ush-shuarolar ” jumlasiga kiradi. Bu kabi tazkiralarda, odatda, ma’lum davrda yashagan shoirlarning qisqacha tarjimai hollari yoki hayotlarida muhim sanalgan ba’zi faktlar va voqealar, ham ularning ijodiyotlaridan bir-ikki bayt, bir- ikki qit’a namuna tariqasida ko’rsatilib o’tiladi. Hozirgi ma’noda adabiyot tarixi va аdabiy tanqidchilik mavjud bo’lmagan zamonlarda, tazkira avtorlari bu kamchilikni, juda ibtidoiy – sodda formada bo’lsa ham, to’ldirishga tirishganlar. Arab va eron tillarida tazkiralar Navoiyga qadar mavjud bo’lib kelgan bo’lsa ham, lekin Navoiyning “Majolis un-nafois”igacha o’zbek tilida shu tipdagi biron asarning yozilganini bilmaymiz.
Majolis un-nafois”ning Toshkentda hijriy 1336 yili (milodiy 1917-1918 yillarda) Muhammad Salim tomonidan “Hujjatul komilin”, “Bog’i Eram”, “Fazlut tuzkor” nomli asarlar bilan birgalikda bir muqovada toshbosma shaklida nashr etilgani haqida ham ma’lumotlar bor8. Birinchi va ikkinchi tarjimalar 1945 yilda Tehronda professor Ali Asqar Hikmat tomonidan bir kitobda nashr etilgan. Asar bir necha marotaba rus tiliga ham tarjima qilingan.
Ul jamoati azizlar zikridakim, faqir alardin baʼzining mulozamatigʻa kichiklikda yetibmen va baʼzining suhbatiga yigitlikda musharraf boʻlibmen, alar sitta va tisʼina va samona mia1 tarixidakim, bu muxtasar bitiladur, bu fano domgohidin baqo oromgohiga boribdurlar Ul jamoadin: M a v l o n o Sh a r a f i d d i n A l i Ya z d i y d u r2 — Mavlononing sohibkamolligʻi olam ahli qoshida musallamdur. Shohrux sulton buzugʻligʻida faqirning volidi jamoati kasir bila roʻzgor havodisi fitnasidin Xurosondin qochib, Iroqqa borurda Taftgʻakim Mavlononing muvalladidur, yarim kecha yetib tushdilar. Ittifoqo manzil alarning xonaqohi eshikida voqeʼ erdi, tong otqonda, andoqkim, oʻyuni atfol daʼbi boʻlur, ul jamoatning atfoli ul xonaqohgʻa oʻynagʻali kirdilar va faqir ham alar bila erdim, taxminan olti yoshimda boʻlgʻay erdnm, va Mavlono bir rahbada oʻlturub ermishlar, tushgan jamoatning kayfiyatin maʼlum qilmoq uchun atfoldin birini tiladilar. Faqir alar sori borurgʻa muvaffaq boʻldum. Har nekim soʻrdilar javob aytdim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dagʻi soʻrdilarkim, maktabgʻa boribmusen? Dedimkim: boribmen. Dedilarkim: ne yergacha oʻqibsen? Dedimki: «taborak» surasigʻacha. Dedilarkim: bu jamoat atfolidin biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno boʻldung, sening uchun fotiha oʻquli deb oʻz fotihalarigʻa musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi va ul xayl ulugʻlari kelib, Mavlono xizmatida anvoi niyozmandligʻlar qilgʻondin soʻngra, faqirgʻa andoq shuur hosil boʻldi angakim, «ne kishi er-kandurlar». Va alar musannafotidin ulcha mashhurdur: «Qasidai Burda» sharhi va «Asmoulloh»3 sharhi va «Zafarnoma» tarixidur va muammo fanini alar tadvin qildilar, anda ham «Hulal»4 va «Munozara» va «Muntaxab» alarning tasnifidur. Va Mavlono himmat va bazl bobida taʼrifdin mustagʻniy erdilar. Tabarrukan bir matlaʼlari bitildikim: Sufiy, mabosh munkiri rindoni mayparast, K-andar piyola partave az aksi doʻst hast5 Va Mavlononing qabri Taftda hamul xonaqohda-oʻqdur.
Asarning 2 - majlisida kórinadiqu shoir bunda bu taskirani yozayotgan paytda yóq bólgan shoirlar haqida qalam tebratgan .Sharafiddin Ali Yazdiy, Mavlono Abduvahhob, Mavlono Uloiy Shoshiy va kópgina shoirlar haqida ma'lumot aytib ótadi.
M a v l o n o A b d u l v a h h o b — donishmand va zufunun kishi erdi va Mashhad shahrida kozi erdi. Insho fanida benazir erdi. Imod qoʻrgʻoni kitobasida «Irama zot-il imodillati lamu yuxlaqu misluha fil bilodi»8 oyatin bitibdur.Mashhadning shuaro na zurafosi qozigʻa shogird erdilar. Ul zurafodin biri «Maqlubi mustaviy»9 sanʼatida alfozin topib qozigʻa arz qilibdur. Ul oz taammul bila alfozi bila javob beribdurkim, bu ishi taʼrifdan tashqaridir. Qabri Mashhadda-oʻq voqeʼdur».
M a v l o n o U l o i Sh o sh i y — donishmand kishi erdi. Xush tabʼliqgʻa barcha xaloyiq ann musallam tutar erdilar. Muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharafiddin Yazdiy muqobalasida mazkur qilurlar erdi. Faqir Samarqandgʻa borgʻonda ayogʻi sinib, sohib firosh erdi. Iyodatigʻa bordim, qoshida oʻlturub, andin hosil boʻlur bitib anga tutaberdim. Qoshidin chiqqonda faqirning holatin soʻrub, kim erkanimni maʼlum qilgʻondin soʻngra bu muammonikim, faqirning oti andin hosil boʻlur, aytib bitib, bir shogirdidin visoqimgʻa yuborib, erdi. Va Mavlono hamul zaʼd bila olamdin oʻtdi va qabri Samarqandda — oʻqdur. M a v l o n o M u h a m m a d T a b o d g o n i y15 — Shayx Zayniddin16 xulafosidindur. Oʻz zamonining muqtadosi erdi. Xonaqohi bor erdi va qalin muridlar va elning rujui Mavlono sari koʻp erdi va «Qasidai Burda»ni muxammas qilibdurur va hazrati muqarrabi boriy Xoja Abdulloh Ansoriy17ning «Manozil us-soyirin» 18igʻa sharh bitibdur va fazl va kamoli sharhdin tashqaridur. Har qachon samoʼgʻa kirsa erdi, bovujudi ulkim, usul qoidasi bila harakoti muvofiq ermas erdi, ammo xaloyiqgʻa andoq asar qilurkim, koʻp el yigʻlar erdilar. Bu matlaʼ Mavlononingdurkim: Onhoki, ba juz qomati sarvat nigaronand, Gar rost bigoʻi hama koʻtah nazaronand.
M i r H a y d a r M a j z u b — Darvozai Xush toshida Imom Faxr22 mazori boshida sokin erdi. Yigitligida zohir ulumin takmil qilib erdi, hamul vaqtda anga jazaba yetishtikim, aqli zoyil boʻldi. Gohiki, oʻz holiagʻ kelsa erdi, ulamo bilan ulum bahsin andoq qilur erdikim, barcha musallam tutar erdilar Muvajjah soʻzlaydurganda, orasida soʻzi parishon boʻlur erdi va xayoli junun vaqtida xotam us-saltanatliqqa rosix boʻlub erdi va xalqni oʻz navkarligiga daʼvat qilib xuruj qilur soʻzin aytur erdi. Nazmida gʻarib abyot voqeʼ boʻlur erdi. Bu bayt aningdurkim: Labu dandoni on mah bo chi monad, Chu qande bar birinji dona-dona.
Uchinchi Majlis. Alar zikridakim, holo zamon sahoifida moiniy abkori alarning Daqiq tabʼlari hullabofligʻidin nazm libosi kiyadur, nazm libosi alarning amiyk zihnlari moʻy shikofligʻidin sanʼat va salosat naqsh va nigore topadurkim, baʼzining mulozamatigʻa musharraf va sarbaland va baʼzining musohabatidin xushnud va bahramanddurbiz Ul jumladin quyosheki, roi olam oroyi bila bu zamon mubohiy va ahli zamongʻa sharafi nomutananohiy muyassardur va daryoyeki, tabʼi gavharzoyi bila bu davron jaybi gavhardin toʻla va davron ahli qoʻyni va etagi javohirdin mamlu boʻladur.
Asarning 3 - majlisida kórinadiqu shoir bunda bu taskirani yozayotgan paytda hayot bólgan va ularni tanigan shoirlar haqida aytib ótganlar.
Hazrat Mahdumiy Shayxul-islomiy Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu1 ) dururkim, to jahon boʻlgʻay alarning yorugʻ xotirlarining natoyiji, jahon ahlidin kam boʻlmasun va to sipehr evrulgay, alarning ochiq koʻngullari favoyidi davron xaloyiqidin oʻksulmasun. Chun bu muxtasarda mazkur boʻlgʻon jamoatning raʼs va raisi ul zoti nafis va bu risolada mastur boʻlgʻon guruhning muqtadosi va peshvosi ul gavhari yaktodur, muborak ismlari bu avroqda sabt boʻlurdin guzir va yozilmasa dilpazir ermas erdi, jurʼat boʻldi. Chun alar latoyifi nazmi andin koʻproqdurkim, hojat boʻlgʻaykim, baʼzi bitilgay, yo elga maʼlum boʻlsun deb birori sabt etilgaykim, kutublarining otin bitilsa, bu avroqtin oshar va musannafotlari durlari zinkrin qililsa, gardun bahri andin toshar, lojaram chun bu maʼni bililur va duo bila xatm qililur. Ruboiy: Yo rab, bu maoniy durrining ummoni, Bu donishu fazl gavharining koni Kim, aylading oni olam ahli joni, Olam eliga bu jonni tut arzoniy.
M a v l o n o B i n o i y15 — avsot un-nosdindur, muvalladi Hiriy shahridur. Bagʻoyat qobiliyati bor. Avval tahsilgʻa mashgʻul boʻldi, anda koʻp rushdi bor erdi, bot tark qildi. Xatgʻa ishq paydo qildi. Oz fursatda obodon bitidi. Andin soʻng ilmi musiqiygʻa mayl koʻrguzdi. Advor ilmi bilan bot oʻrganib, xili ishlar tasnif qilib advorda dagʻi risola bitidi. Ammo moʻʼjib va mutasavvirligʻidin el koʻngligʻa maqbul boʻlmadi. Bu sifati salbi uchun faqr tariyqin ixtiyor qildi va riyozatlar ham tortti, chun piri va murshidi yoʻq erdi, oʻz boshicha qilgʻon uchun hech foyda bermadi. El taʼnu tashniidin Hiriyda turolmay Iroqqa bordi. Andin dagʻi ushbu rang ovozalar yibordi. Ammo chun yigitdurur, qobil va koʻp gurbat va shikastaliklar tortti, umid ulkim, nafsigʻa ham shikast va tavozeʼ yetmish boʻlgʻay. Har taqdir bila bu matlaʼ aningdurkim: Ba surma harki siyah kard chashmi yori maro, Basoni surma siyah kard roʻzgori maro16. M a v l o n o Q o m i y — Ubadindur. Kichik yoshidin Mavlono Muhammad Badaxshiy17 ani tarbiyat qildi. Tahsili ul yerga yettikim, Mavlono aning sabaqining uhdasidin chiqolmadi. Ulugʻroq donishmandlarga tarbiyatin rujuʼ qildi. Chun saodatmand yigit erdi, tahsildi saʼylar qildi. Holo yaxshi tolibi ilmdur. Voqean adabliq va tavozuʼ va insoniyatlik odmi yigit boʻlubtur. Mavlonogʻa filhaqiqat farzand uldur. Sheʼr va muammoni ham yaxshi aytur va ochar. Bu matlaʼ aningdurkim: Kaseki, u sari dastori sarvi man chinad, Digar zi bogʻ charo dastai suman chinad18. Umid ulkim bot mutaayyinlardin boʻlgʻay
E'tiboringiz uchun raxmat!
Download 53,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish