SHarqona fazilatlar guldastasi. “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobi “komil inson” ustidagi mavhumlik pardasini olib tashladi. Endi barkamollik biz uchun fazodagi, tarixdagi yoki kelajakdagi marra emas. Komil insonlarni “hozir va shu erda”, ma’naviy tarbiyaviy ishlarni ilmiy asosga qurib etishtirish qudratiga va tizimiga egamiz. Buning uchun shaxsni kamolatga eltuvchi:
· fazilatlar ma’nosini anglash;
· ularga ega bo‘lish;
· ularga amal qilib yashash
degan uch metodologik mezoni asoslab berildi. Zero: “... muxtasar qilib aytganda, Ollohning o‘zi bizga buyurgan komil inson bo‘lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi oliyjanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lish, ularga amal qilib yashash(ta’kid bizniki.(M.Q.) — odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi”.
Mustaqillik ma’naviyati farzandlarimizni barkamol etuvchi go‘zal fazilatlar guldastasini saralab berdi. Bu guldasta ajdodlarimiz o‘gitlaridan, Prezident Islom Karimovning zamon talablari, iqtisod, siyosat, taraqqiyot, milliy tarbiya haqidagi fikrlaridan terilgan. Ayniqsa, “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch”dan: “... bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli, deb bilaman. ...Or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi, desak, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘lamiz...”
YUrtboshimiz asarlarida bugungi zamonning komil insonlariga xos bo‘lgan 200 dan ortiq fazilatlar bayon qilingan. Biz ularni XXI asrning “SHarqona fazilatlar guldastasi” deb atadik. Mana ular:
- yuksak salohiyatli, ma’naviy uyg‘oq, or-nomusli, uyat va andishali, sharmu hayoli, iboli va iffatli, sobitqadam, shijoatli, diniy qadriyatlarni biluvchi, savob ishlarni ko‘p qiladigan, tariximiz, madaniyatimiz, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur biluvchi, vatanga sodiq, milliy g‘ururli, yuksak ma’naviyatli, yangicha fikrlovchi, Amir Temur bobomizning shijoat, azmu qaror va o‘ktamligiga ega, fidoyi, yuksak huquqiy madaniyatli, jahon tarixi va madaniyati yutuqlarini chuqur o‘rgangan, mard, tashabbuskor, el-yurt tashvishini zimmasiga oladigan, daxldor, iymonli-e’tiqodli, o‘z haq-huquqini bilib, himoya qila oluvchi, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday himoyalovchi, saxiy, o‘z mustaqil fikriga ega, mehr-oqibatli, g‘oyaviy va mafkuraviy ta’sirlarga qarshi tura oladigan, o‘tganlarni xotirlab, tiriklarni qadrlovchi, qisqa fursatlarda erishgan yutuqlarimizni davom ettirishga qodir, bilimli va iste’dodli, mehnatsevar, tadbirkor va yangilikni tez ilg‘aydigan, g‘ayrat-shijoatli, irodali, qat’iyatli, sabot-matonatli, jasur, faol, zamonaviy, yuksak texnologiyalarni o‘zlashtirgan, sog‘lom turmush tarziga intiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topgan, ogoh, hushyor, munosib daromad topuvchi, yuqori malakali, mas’uliyatli, etuk mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: |