Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oyada milliy va diniy bag‘rikenglik tamoyili



Download 467,7 Kb.
bet73/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

17-mavzu: Milliy g‘oyada milliy va diniy bag‘rikenglik tamoyili.

Diniy  bag‘rikenglik       va tushunchasi mazm.uni

Milliy bag‘rikenglik mazmuni.

Milliy bag‘rikenglik va ko‘p millatlik. Turli millatlaming bir-birini tushunishi, milliy madaniyatlarini asrab-avaylash, boshqa xalqlar va millatlar madaniyatini hurmat qilishning zarurligi. Millatlararo muloqot.Din va dinlararo muloqot.Ko‘p dinlik, dinlararo bag‘rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati.

Milliy g‘oyada milliy va diniy bag‘rikenglik tamoyili. Milliy g‘oya- turli millatlar va din vakillari o‘rtasida o‘zaro totuvlik va hamjihatlikni ta'minlovchi omil ekanligi.

Milliy g‘oyaning milliy bag‘rikenglikka
zid holatlar, milliy ayirmachilik va separatizm
kabilarning oldini olishdagi ahamiyati.Diniy
ayirmachilik,aqidaparastlik,ekstremizm va turli
diniy oqimlarni farqlashda milliy g‘oyaning
o‘rni.

1.   O‘zbekiston istiqlolini avaylab asrash Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining birdamligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

2.   Bag‘rikenglik – har bir fuqaroning ma’naviy burchi.

O‘zbekistonda davlat barcha dinlarga, barcha e’tiqod sohiblariga qonuniy asosda teng imkoniyatlar yaratib bergan.

 

Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim»[47]. Bu fikrlarga mustaqillikni mustahkamlashning eng asosiy prinsipi sifatida qarash lozim. CHunki shu g‘oyani amalga oshirmay, hayotga tatbiq etmay turib, boshqacha aytganda, xalq va yoshlar ongini qayta tarbiyalamasdan, nazarda tutilgan buyuk maqsadga erishish mumkin emas. Bu esa o‘zbek bag‘rikengligining asosidir. Umuman olganda, mustaqillikni mustahkamlash umumxalq ishi va vazifasi sifatida mustaqillikka xos bag‘rikenglikni ifodalaydi. Xususan, O‘zbekiston istiqlolini avaylab asrash Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining birdamligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xuddi shu narsani ko‘zda tutib, Birinchi Prezident yozadi: “Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining munosib turmush kechirishini ta’minlash, beqiyos tabiat boyliklarini, ilm-fan, ishlab chiqarish kuchlarini birgalikda o‘z manfaatimizga ishlatish, bir-birimizning azaliy xususiyatlarimizga ziyon etkazmagan holda baxt-saodat uchun kuch-g‘ayratimizni muvofiqlashtirish, sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va bunday olijanob va ulug‘ niyatlar, maqsadalar shu mintaqada yashayotgan xalqlarga maqbul bo‘lishi shak-shubhasizdir.



Do‘stlik va birdamlik, Markaziy Osiyo xalqlari manfaatlarining birligi, bu-tabiiy va ob’ektiv jarayondir. Bu jarayonga qarshilik ko‘rsatish siyosiy kaltabinlikdan boshqa narsa emas”[48].

Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlari mustaqillik yo‘liga kirib olishdi. SHu yo‘lni rivojlantirish, maqsad sari dadil, olg‘a borish ularning qo‘lida. SHu yo‘ldagi manfaatlari, maqsadlari bir xil. Bu jarayonda ular birgalikda harakat qilishsa, bir-birlariga qo‘l berishsa, hamisha hamkor bo‘lishsa, buyuk maqsadga erishish oson bo‘ladi.

Xalqimizda “Maqsadli bo‘lgan yo‘l topar”, degan hikmat bor. Maqsad sari intilish, bu yo‘lda zahmat chekish tufayligini kishi orzu-niyatlariga erishadi. Bugungi kunda bag‘rikenglik yo‘nalishiga xos sog‘lom va kuchli tafakkurga asoslangan, ehtiros bilan targ‘ib qilinayotgan milliy g‘oya manfaatlar tizimidagi maqsadga-mustaqillikka erishish bag‘rikenglik yo‘nalishida o‘zga xalq, din, har bir shaxsga mansub hodisa hisoblanib, barcha xalqlarga hamdardlik bildirish, ma’lum davlatda inson huquqlarining poymol etilishi hollarini aniqlash va ularni ijtimoiy himoyalash yoki mamlakatni ijtimoiy rivojlanish jarayonida kishilar manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritishdan iborat bo‘lgan bag‘rikenglikka ijtimoiy-g‘oyaviy hayotning ijobiy bir butun hodisasi sifatida qarash zarurligini talab etadi. Ana shu yaxlitlikni tushunish orqali tom ma’nodagi bag‘rikenglikka erishish mumkinligini amaldagi tinchlik va barqarorlik ko‘rsatib turibdi.

Bag‘rikenglik – har bir fuqaroning ma’naviy burchi, siyosiy hamda huquqiy ehtiyoji bo‘lib, turli millatlar manfaatlarini ijtimoiy-g‘oyaviy ifodalash orqali inson individualligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini, millatlararo hamjihatlikni hurmat qilish, turli xalqlar va elatlar vakillarini qabul qila bilish, ularga hamdard bo‘lib, kam ta’minlaganlariga yordam berish va ijtimoiy-g‘oyaviy hayotni tushunishni, o‘z manfaatini xalq, davlat manfaatlari bilan bog‘lay bilishni anglatadi. Bu jarayon oddiy yon berish yoki boshqalarga xushomad qilish emas, balki har bir insonning umumiy tarzdagi huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabat, muloqot jihatidan yuksak madaniyat va yuqori darajadagi axloq hamdir.

Bag‘rikenglikni namoyon qilish ijtimoiy-g‘oyaviy manfaatlar yo‘nalishida sabr-toqatli bo‘lishni, o‘z e’tiqodidan(dinidan) voz kechib, boshqalar e’tiqodiga (diniga) yon berishni anglatmaydi, balki har kim diniy e’tiqodida erkin bo‘lib, boshqalarning ham shunday huquqqa ega ekanligini, har bir odam o‘z alohidaligini saqlab qolishga haqliligini, o‘zida mavjud bo‘lgan tushunchalarni boshqalarda ham mavjudligiga ishonch hosil qila bilishga hamda bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emasligini tan olishga qaratilgandir. Lekin o‘zida mavjud bo‘lgan ilohiylikni boshqalarda ham ko‘ra bilish bilan birga, dunyoviy ilmga tayangan holda faoliyat yurita bilish zarurligini ongli tushunib etish zarur. CHunki bag‘rikenglik bu har bir insondagi o‘zgacha fazilat va xususiyatlarning bir butunligini anglab olish bilan jamiyat rivojlanishiga bog‘liq tushuncha hisoblanib har bir shaxsning dunyoviy bilimlariga, tajribasiga asosan jamiyatdan kutadigan ijtimoiy-g‘oyaviy manfaatlarini fikrda va amalda ifodalay bilishdan iboratdir.

Bag‘rikenglikni namoyon qiluvchi asosiy yo‘nalishlardan biri diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda buyuk g‘oya va niyatlar yo‘lida hamjihat, hamkor bo‘lib yashashini, faoliyatini anglatadi.

Din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini o‘ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri. U dastlab inson hayotining ibtidoiy davrida vujudga kelgan va o‘sha  zamonda yashagan insonlarning dunyoqarashini ham aks ettirgan. Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaralishi, kelib chiqishini, hayotning ma’no-mazmuni, insonlarning yashashdan ko‘zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtai nazardan javob beruvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy urf-odat, marosimlarni, diniy his-tuyg‘u, kayfiyatni, diniy muassasa va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, huquq, axloq kabi) o‘zida mujassamlashtirgan va ularga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotganligi ham dinning sharofatidandir. O‘zbekiston Prezidenti Ilsom Karimov so‘zlari bilan ifodalaganda: «din bizning qon-qonimizga, ongu-shuurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi».

Diniy e’tiqodlarning mohiyati umumiy ekanligiga qaramasdan, dinlarning ko‘rinishi xilma xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik, murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zaruriyatga qarab turli davrlarda vujudga kelgan. Jumladan, 2007 yilda buddaviylik dini vujudga kelganiga 2551 yil, nasroniylikka 2007 yil, islom diniga esa milodiy hisob bilan 1428 yil to‘ladi.

Ma’lumki dunyodagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi hisoblaydi, savobli ishlar qilib, boqiy dunyo hayotiga tayyorgarlik ko‘rish, jannat saodatiga sazovor bo‘lish, degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, ahloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish masalasi ozmi, ko‘pmi o‘z aksini topgan. SHu boisdan ham har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar, avvalo dinlar tarixini, ularning asl mohiyatini bilishi lozim. SHundagina ularning g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab yurgan kuchlar to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘ita olmaydi, ular ijtimoiy hayot tasdiqlagan, isbotlagan yo‘lni e’tirof etadilar.

Vatanimiz xududida islom dini qaror topganiga qadar zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, mazdakiylik kabi dinlar ham o‘sha davrda barchasining sintezi natijasida betakror madaniyat vujudga kelgan.

Azal-azaldan ona yurtimizda musulmonlar, nasroniylar, buddaviylar, va boshqalar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda machit, cherkov, sinagog, ibodatxonalarining mavjud bo‘lishi, turli dinga mansub taqvodorlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab og‘ir damlarida ham ular orasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik borasida ulkan tajriba to‘plaganligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, dunyoviy davlat barpo etilmoqda. Qurilayotgan jamiyatning tamoyillari, huquqiy asoslari ishlab chiqilgan va xalqimiz tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda. O‘zbekistonda davlat barcha dinlarga, barcha e’tiqod sohiblariga qonuniy asosda teng imkoniyatlar yaratib bergan. Din va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 1 maydagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat va himoya qilish asosida olib borilayotganligi e’tiqod erkinligini amalda ta’minlamoqda.

O‘zbekistonda turli dinlar va din vakillari o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar asosida birodarlikni mustahkamlashga muhim e’tibor berilmoqda. Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Jahon dinlari tinchlik yo‘lida» xalqaro anjumani buning isbotidir. Hozirgi kunda  mamlakatimizda masjidlar, madrasalar, diniy yo‘nalishdagi o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari mavjud. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart – sharoitlar yaratilgan. Bu borada huquqiy asoslar yuqorida qayd qilingan qonunlarda o‘z aksini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi - xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish orzusini amalga oshirish uchun mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish