1. Jamiyatning ijtimoiy hayoti.
2. Jamiyat hayoti sohalari.
Birinchi Prezident o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida mamlakatimizning o‘ziga xos rivojlanishi haqida shunday fikrlarni aytadi, “...biz bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek modeli deb tan olingan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari – ya’ni iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustivorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon.
Ta’kidlash joizki, bugun hayotda o‘zini to‘liq oqlagan bu modelning negizida avvalombor hayotga realistik qarash, pragmatik yondoshuv mujassam, desak, ayni haqiqat bo‘ladi”.
Binobarin, O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida, istiqbolda uning qanday yo‘ldan borishi masalasi kun tartibida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa qo‘yidagi ikki jihatga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq ekanini ko‘rsatadi. Ulardan eng muhimi ob’ektiv sabablardir; ya’ni a) jahonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos va xos bo‘lgan yakkayu-yagona andozasining insoniyat tarixida mavjud bo‘lmagani va istiqbolda bo‘la olmasligi bo‘lsa, b) ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumga xos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlar, yakka mafkuraning istibdodi ruhida tayyorlangan “Mutloq haqiqatlar” majmuidan iborat qoidalar mamlakatimizda shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlar, bozor munosabatlarining ijtimoiy boshqariladigan shaklining qaror topishi demokratik jamiyat, huquqiy davlat manfaatlariga mos kelmasligidir.
Bu esa o‘z-o‘zidan ikki jabhani birinchidan mamlakat taraqqiyotini shakllantirishda asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy omilning va xuddi shunday ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy omilning uyg‘unligini ta’minlash zaruratini ko‘rsatadi.
Ijtimoiy voqelikda kechayotgan ob’ektiv jarayonlarning negizida demokratik islohotlar yotadi. Bu jarayon esa uzoq davom etadigan va ziddiyatli bo‘ladi. Demak, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish ma’lum bir muddatni talab qiladi. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi esa, mamlakatimizda demokratik jamiyatni shakllantirishning zarur ob’ektiv shart-sharoiti mavjud deyishimizga to‘la asos bo‘ladi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida so‘zlagan ma’ruzasida mamlakatimizda demokratik jamiyatni shakllantirishning zarur ob’ektiv shart-sharoitini hisobga olgan holda, yaratilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli haqida gapirib shunday deydi: “Biz aniq vaziyatga, o‘zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi va an’analariga asoslanib, o‘z islohotlarimizning asosiy tamoyillarini ishlab chiqdik ”[10].
Demokratik jamiyat shakllanish jarayonini ob’ektiv sabablar bilan bog‘lab tushuntirish, mazkur masalaga bir yoqlama yondashuvga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham, sub’ektiv omillarning O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etmoq lozim. Umuman olganda, tarixiy jarayonlarda sub’ektiv sabablar ba’zan hal qiluvchi omilga aylanishi ham mumkin. SHu ma’noda, demokratik jamiyat shakllanishi siyosiy etakchining faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Tarixdan bizga ma’lumki, shaxs jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir etishi mumkin. SHaxs demokratik jamiyat shakllanishida muhim omillardan biri. Ayniqsa, O‘zbekistonda ijtimoiy munosabatlarni modernizatsiyalash demokratik tamoyillarni ijtimoiy voqelikka joriy etish, ma’naviyatni yuksaltirish, O‘zbekistonning o‘zi tanlagan yo‘ldan borishida masalaning qo‘yidagi jihatlariga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan, shaxs mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning faqatgina ob’ekti emas, balki sub’ektiga aylanmoqda.
Ikkinchidan, shaxsning siyosiy jarayonlarda demokratik islohotlarning amalga oshishida siyosiy faolligi xilma-xil shakllarda namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchidan, O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda siyosiy etakchining salohiyati, uning rahbar sifatidagi faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda.
SHu ma’noda aytish mumkinki, I.Karimov O‘zbekiston davlatining rahbari sifatida demokratik jarayonlarni odilona boshqarishning murakkab tarixiy sharoitida demokratiyaga asoslangan milliy davlatchilikni shakllantirishning nazariy va amaliy zaminini yaratgan siyosiy etakchi hisoblanadi. Bugungi kunda I.Karimov tomonidan tayyorlangan, jahon tan olgan taraqqiyotning “O‘zbek modeli” O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning asosiy omili hisoblanadi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshishida kuchli hokimiyatni shakllantirilganligi va siyosiy tizim masalalari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlari tizimida, taraqqiyotning o‘zbek modeli asosida eng barqaror rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Demokratik siyosiy tizim sharoitida hokimiyat o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Bu o‘ziga xoslikning asosida hokimiyatning vakolatlar majmuasidan iborat bo‘lgan yaxlit tizim yotadi. Ana shunday vakolatlarning ibtidosini milliy g‘oyaga asoslangan siyosiy tizim tashkil etadi.
Bu jarayonda milliy xususiyatlarimiz hamda milliy tarixiy ma’naviyatimiz etakchi mavqega ega bo‘ladi. Jamiyatimizdagi fuqaroviy birlik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot bevosita siyosiy tizimning xalqchilik asoslari bilan qurilganligiga borib taqaladi. SHu o‘rinda, masalaning yana bir muhim tomoni haqida fikr bildirish lozim. Demokratik taraqqiyotning jamiyatdagi ichki potensiali ijtimoiy imkoniyatlarining real ijtimoiy amaliyotda namoyon bo‘lishi tabiiyki, o‘z-o‘zidan mexanik tarzda amalga oshmaydi. Eski qarashlarni bartaraf etish hozirgacha saqlanib qolgan bunday tafakkur tarzi, tasavvurlarga barham berish jamiyat yangilanishining eng samarali yo‘llaridan biri bo‘lishi bilan birga, ayni paytda amalga oshirilayotgan institutsional o‘zgarishlarning garovidir.
SHu ma’noda, o‘zbek modeli dasturini amalga oshirishda davlat bosh islohotchi sifatida, bu jarayonda, fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishni asosiy masalalardan biri qilib qo‘ydi. Binobarin YUrtboshimiz “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, “bozor munosabatlariga o‘tish davrida jamiyat a’zolarining o‘z salohiyati va iste’dodini ruyobga chiqarishi uchun ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy shart-sharoitlarni yaratib berish zarur”[11] Bu esa o‘z-o‘zidan boshqariladigan bozor munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan taraqqiyotning o‘zbek modelida belgilab berilgan bozor munosabatlariga o‘tish muhim zaruriy ehtiyoj. Ammo bu masalani bir tomonlama tushunmaslik lozim, gap faqat bozorni tashkil etish uni rivojlantirishda emas. Bozor iqtisodiga o‘tish muqarrar. Bu - davr talabi, ob’ektiv reallikdir. “Bozor iqtisodiyotini barpo etish - shunchaki maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o‘zi, bu eng avvalo, inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir”[12],-deb ta’rif beradi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov. Umuman, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi-xalq farovonligi demokratik jamiyat taraqqiyotiga erishishdir.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat” tushunchasi “O‘zbek modeli” tushunchasi orqali o‘zining yanada boy va konkret mazmuniga ega bo‘ldi, aniqrog‘i, “demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan “O‘zbekiston modeli”ga aylandi”[13]. Mazkur masalaga atroflicha to‘xtalishdan oldin, uning ijtimoiy-falsafiy va nazariy tahlili, nazariya va amaliyot birligi natijasida kelib chiqishi zarurligini ta’kidlash kerak bo‘ladi.
Keyingi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, bu tadqiqotlarda aksariyat hollarda uning umumiy jihatlari qayd etiladi yoki aksincha o‘zbek modelining ijtimoiy hayotning turli yo‘nalishlarida, xususan, iqtisodiyotda, mafkuraviy-madaniy sohalarda namoyon bo‘lishiga e’tibor berilmoqda. Bu hodisani ijobiy baholagan holda, ta’kidlash lozimki, “O‘zbek modeli” nafaqat jamiyat taraqqiyotining alohida bir yo‘nalishini ifodalaydi, balki O‘zbekistonda shakllanayotgan demokratik jamiyatni ibtidosi bo‘lib, ijtimoiy falsafa fanining asosiy kategoriyalaridan biridir.
O‘zbek modeli tushunchasining mohiyati shundaki, ijtimoiy borliqni faqat sharqona demokratik tamoyillari asosida emas, balki jahon tajribasi, mamlakat va jamiyatni yangilash, modernizatsiyalashning murakkab yo‘lini bosib o‘tgan mamlakatlar to‘plagan eng yaxshi jahatlarini o‘zida mujassam etadi.
Jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida yangi tipdagi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, yangi zamonaviy iqtisodchilar, ishbilarmonlar, tadbirkorlar guruhini vujudga keltirish, ularga barcha imkoniyatlarni yaratib berish vazifalarini hal etishni ham o‘z ichiga olgan taraqqiyotning o‘zbek modeli ijtimoiy hodisalarni zaruriyat saltanatiga emas, balki jipslashtiruvchi, harakatlantiruvchi g‘oya, mafkura sifatida fuqarolarning erkinligi, manfaati bilan bog‘lab talqin etishni taqozo etadi.
Ma’lumki, ma’naviyat jamiyat hayotida iqtisodiyot bilan birga shakllanmog‘i lozim. Binobarin YUrtboshimiz “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. YUksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dealiktik va uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi[14].
Darhaqiqat, mamlakatimizda iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un holatda olib borilmoqda. Binobarin insonda ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlar mavjud. Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib YUrtboshimiz, insonga xos orzu intilishlarni ruyobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning iki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki o‘rinli bo‘ladi[15], deydi.
YUrtboshimizning sa’y-harakatalari bilan istiqlolning dastlabki yildaridan boshlab xalqimizning asrlar davomida intilib kelgan orzu maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot mezonlarini hisobga olgan holda, jamiyatimiz hayotida ana shu ikki omilning uyg‘un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda[16].
Ijtimoiy voqelikni o‘ziga xos bir shakli sifatida o‘zbek modeli iqtisodiy rivojlanish bilan birga, ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy rivojlanish omillarini ham o‘zida qamrab olganligi bilan boshqa modellardan farq qiladi. Uning asosiy farqlaridan biri - biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizdan kelib chiqib davlatchiligimizning demokratik tamoyillar asosida shakllantiruvchi milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalaridan biridir. SHu ma’noda o‘zbek modeli faqatgina iqtisodiy rivojlanish modeli emas, balki milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir.
Ma’lumki, demokratik jamiyatga o‘tish har doim ham silliq kechavermaydi. CHunki, demokratik jamiyatga o‘tishda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi iste’molda bo‘lgan boshqaruv mexanizmlari barham topib, ularning o‘rniga shakllanayotgan demokratik jamiyat fuqarolarining ma’naviyati, manfaatlari, huquqi va erkinligiga mos keladigan, ularni to‘la-to‘kis ta’minlay oladigan taraqqiyotning o‘zbek modelida asoslangan quyidagi kuchli ijtimoiy siyosiy mexanizmlar shakllantirib boriladi.
Birinchidan, iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kilib chiqib, birinchi navbatda, davlat siyosatini emas, jamiyat, xalq manfaatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi.
Ikkinchidan, milliy taraqqiyotimizda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ertangi kunda katta ijtimoiy iqtisodiy muammolarni hal etishda, davlat bosh islohotchi sifatida, xalqimiz va Vatanimiz asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan, shuningdek, umumjahon taraqqiyoti ijobiy xususiyatlarini nazarda tutgan holda faoliyat olib borishda ko‘rinadi.
Uchinchidan, demokratik jamiyatni barpo etishning o‘ziga xos xususiyati - bozor iqtisodiyotini qonunchilik asosida tashkil etishdir. SHu ma’noda, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xalqimiz farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish ko‘zda tutiladi.
To‘rtinchidan, milliy siyosat olib borishda ko‘p millatlilik, yagona Vatan tuyg‘usi, hamjihatlik g‘oyalarini, maqsadlar birligini inobatga olgan holda millati, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar mamlakatimizning har bir fuqarolarining manfaatlarini himoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishda namoyon bo‘ladi.
Beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tishda, respublikaning o‘ziga xos shart-sharoitlarini, xalqning turmush tarzi, urf-odat, an’analarini har tomonlama hisobga olgan holda, bozor iqtisodiga shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich o‘tish, har bir bosqichda kishilar ongini tayyorlab, olib borilayotgan islohotlarning nechog‘li to‘g‘ri ekanligiga ishontirish va amaliy faoliyatini ta’minlashda ko‘rinadi.
Ma’naviy hayotda esa, komil insonni tarbiyalash, uning qadr-qimmatini, erki va irodasini yuksak qadriyat darajasiga ko‘tarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu jarayonlar jamiyatni yuksak intellektual kuch asosida rivojlanishini reallikka aylantirishi taraqqiyotning o‘zbek modelida tamoyillar asosida belgilab berilganidek, YUrtboshimizning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ham demokratik taraqqiyotning iqtisodiy va ma’naviy omilga birdek bog‘liq ekanligi asoslab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |