Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


       G‘oyalarning inson va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni



Download 467,7 Kb.
bet17/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

1.       G‘oyalarning inson va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.

2.       G‘oyaning ijtimoiy mohiyati.

3.       Milliy g‘oya - inson va jamiyat qayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar, g‘oyalar  majmuidi

G‘oya  inson va  jamiyat  taraqqiyotida  asosiy o‘rin tutadi. Inson va jamiyat hayotida muhim  o‘zgarishlarni  amalga  oshirilishida muayyan g‘oyalar ta’sir qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki  sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi, qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi va u qanday kuchlar tomonidan, qanday sharoitlarda, kimlarning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘‘ jihatdan bog‘liqdir.

G‘oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?

Inson o‘zining aql – zakovati, iymon – ehtiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik  jonzotlardan farq qiladi.

Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, birinchidan, g‘oya inson tafakkurining maqsulidir.

Ikkinchidan, g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir.

Uchinchidan, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.

Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya   ko‘‘proq g‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun  o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‘oya. Tushuncha, logos – ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil  ma’noda ishlatiladi.

      - g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va  ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi;

      - muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar bo‘lishi mumkin. g‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular  garchi tafakkurda ‘aydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va ehtiqodiga aylanib, ehtirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. g‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maqsadga yo‘naltiradi, safarbar etadi. Ularni ji’slashtiradi, hamjihat va hamkorlikka undaydi.

G‘oyaning ijtimoiy mohiyati. har qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga ega.  Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar  tahsirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z ehtiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi.

G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va  jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.

Inson tafakkurining ma’suli sifatida g‘oya milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma’naviy qayotni, tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning  barcha shakllari  ilm-fan, falsafa, din, sanhat va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:

- Ilmiy g‘oyalar; falsafiy g‘oyalar; diniy g‘oyalar; badiiy g‘oyalar; ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar; milliy g‘oyalar; umuminsoniy g‘oyalar v.h.

      1. Ilmiy g‘oyalar  - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning  natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari  ustuvor qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir.

      Fan  taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda seminarotda tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g‘oyalar bilan o‘rin almashaveradi.

      2. Falsafiy g‘oyalar  har bir falsafiy ta’limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘g‘risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o‘rab turgan dunyoni bilish jarayonida kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to‘‘lagan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma’no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi1.

      Insoniyat tarixida turli xalqlarning aql- zakovat sohiblari, dono faylasuf va ilohiyotchilari turfa xil g‘oyalar yaratganlar.

      3. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini diniy iymon-ehtiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy  tasavvurlariga ko‘ra jon ko‘chib yuradi, bu hayotda u insonda bo‘lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga o‘tishi mumkin. Ilohlarning ko‘pligi haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik - yakkaxudolik g‘oyasi asosidagi dinlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan.

      YAkkaxudolik g‘oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jahon dinlari - xristianlik va islomda o‘z  ifodasini yaqqol to‘gan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi g‘oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan.

 4. Badiiy g‘oyalar  - adabiyot va sanhat asarining asosiy ma’no – mazmunini tashkil etadigan, undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, o‘quvchida muayyan taassurot uyg‘otadi. «qahramon»larni sevish, ularga ergashish hollari ham shu asosda ro‘y beradi.

      5. Ijtimoiy - siyosiy g‘oyalar  har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi.

Milliy g‘oya - inson va jamiyat qayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari etaklaydigan fikrlar, g‘oyalar  majmuidir.       Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va inson’arvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o‘lmas g‘oyalar xalqlarga kuch - quvvat va ilhom bag‘ishlab, ularni o‘z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.

      Birinchi Prezident tahkidlaganidek, millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni ji’slashtirib, oliy maqsadlarga safarbar etadigan g‘oyalar yuksak g‘oyalardir. Odamlar orasida nifoq, xalqlar o‘rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo‘zg‘aydigan tuban fikrlar buzg‘unchi g‘oyalarga misol bo‘ladi. Aslida bunday qabih niyat va sohta shiorlarni g‘oya deb atash ham  shartlidir. qaysi ijtimoiy birlik yoki qatlam orasida tarqalgan, qanday aholi guruhlari yoki elat-millatlarni harakatga keltirayotganiga qarab ham g‘oyalarni turlarga ajratish mumkin.

    G‘oyani moddiylashtiruvchi, seminarotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umuminsoniy g‘oyalar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum bir tarixiy sharoitda ezgu harakatga undaydigan g‘oya mazmunan umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya jamiyat va inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin.

      Ezgu g‘oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli tahsir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrlardir.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish