Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


     Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi



Download 467,7 Kb.
bet9/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

1.     Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi.

2.     Jamiyatimizning milliy g‘oya asosida shakllanishida tarixiy merosning o‘rni.

3.      Mustaqillik yillarida tarixiy merosimizga munosabatning o‘zgarishi.

 

Ma’lumki, har qanday g‘oya va mafkura muayyan ijtimoiy-tarixiy negizlarga asoslanganda o‘z maqsadlari atrofida odamlarni uyushtiradi va hayotda amalga oshadi.



SHu munosabat bilan mamlakatimizning tarixan qisqa vaqt ichida ulkan yutuqlarga erishishida ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan milliy g‘oyaning shakllanishida tarixiy merosning o‘rni beqiyos.

Birinchi Prezidentning tarixiy merosning ahamiyati haqidagi ta’rifi quyidagi ibratli fikrlari masalaning mohiyatini yanada oydinlashtiradi:

“Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, butun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz  bilan bellasha olishi mumkin...”[1] Avesto, Qadimiy qulyozmalar, bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, ulug‘ shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy  va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, Hadislar, Ahmad YAssaviy va  Boqirg‘oniylar  yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad YUgnakiy, YUsuf Xos Hojiblar yaratgan pand-nasihat turidagi asarlar, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy yaratgan inson ichki dunyosi,  ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o‘lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy tarixiy ma’naviy merosimiz hisoblanadi.

Ular inson ichki dunyosini, ruhiyatini,  inchunun butun ma’naviyatining sayqal topishiga qaratilgan. Ularda insonlar ma’rifatga, ilm olishga, yuksak  axloq-odobga, oliyjanob fazilatlar, yaxshilikka da’vat etib, kishilarni ma’nan tarbiyalaydi. Tarixiy merosdan foydalanish  yoshlarimizning fikrini o‘stirish, ongi  shakllanishi, dunyoqarashini  kengaytirishi natijasi o‘laroq xalq  undan katta kuch-quvvat oladi. Lekin mamlakatimizning uzoq va yaqin o‘tmishidagi  bosqinchilar hukmronligi zulmi ostida bo‘lganida, ayniqsa,  so‘nggi mustamlakachilik  yillarida ma’naviy-tarixiy merosimizga sinfiy nuqtai-nazardan  yondashish oqibatida milliy qadriyatimiz va urf-odatlarimiz, an’analarimiz qoralandi, tanqid ostida olindi, ko‘pgina tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Kitob  va qo‘lyozmalar e’tiborsiz qoldirildi, ularni o‘rganish va saqlash man etildi. Birinchi Prezident “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida ta’kidlaganidek: “... sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi”. Ana shunday mash’um siyosat tufayli Vatanimizning va xalqimizning ma’naviy-axloqiy yuksalishimizga ko‘maklashadigan tarixiy merosimizdan foydalanish imkoniyati deyarli yo‘q edi[2]. Faqat mustaqillik yillarida o‘tmishda toptalgan, tahqirlangan tarixiy merosimizga munosabat tubdan o‘zgardi hamda ulardan xalqimizning ma’naviy va ma’rifiy yuksalishi uchun imkoniyatlari ham kengaydi. Bugungi kunda Respublikamizda bu yo‘nalishda keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi[3].

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonni yangilash va rivojlanishtirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negiziga asoslanadi, - deb ko‘rsatar ekan, uning bittasi xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va  rivojlantirish deb alohida ta’kidlagan edi[4].  “O‘zbekiston sayohatchilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo‘qon, Qarshi kabi tarixiy obida shaharlar butun dunyoga mashhur. Respublika hududida to‘rt mingdan ortiq me’moriy yodgorliklar mavjud. Ularning ko‘pchiligi YUNESKO muhofazasiga olingan.... ”.

 Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad YAssaviy, Al – Xorazmiy, Beruniy,  Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum.

Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo‘lib o‘tishi - yosh avlodni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanmog‘i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o‘ziga rom etib kelayotgan markaz bo‘lib qolganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan shug‘ullanuvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan.

Bularning har biri milliy g‘oyamizning moddiy va ma’naviy negizlari hisoblanadi. Milliy g‘oya aynan ana shulardan ozuqa oladi va shakllanib, rivojlanib boradi. Milliy g‘oya uning shakllanish jarayoni qanday holatda namoyon bo‘ladi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Qaysi jamiyat o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlab olib, buyuk maqsadlarni ko‘zlab taraqqiy etishni xohlasa. Milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsad umummanfaat yo‘lida xizmat qilishini anglab etsagina, milliy g‘oya umummaqsad sifatida namoyon bo‘ladi. Taraqqiyotning asosiy tamoyili sifatida jamiyat milliy g‘oya atrofida birlashadi va bu o‘z-o‘zidan milliy g‘oyaning shakllanishiga xizmat qiladi.

Bizda ana shunday shakllanish jarayoni mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin yuz berdi deb aytish mumkin.

 


Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish