Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oyada ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi



Download 467,7 Kb.
bet64/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

15-mavzu: Milliy g‘oyada ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi.

Ma’naviy va moddiy hayot tushunchasi ma’no-mazmuni. Milliy g‘oyaning  ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligiga asoslanishi. Moddiy ehtiyojlarni inson ruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish, ularning ustunlik berishning samarasiz ekanligi. Islom Karimov insonning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy va moddiy olamni parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslashi.Ma’naviy va moddiy omillarni o‘zaro uyg‘unlashtirish va shu asosda inson, davlat va jamiyat hayotini yuksaltirish masalasi.

 

1.       Mamlakatimizda iqtisodiy tiklanish va ma’naviy yuksalishning uyg‘unligi.



2.       Iqtisodiy va ma’naviy omillar uyg‘un bo‘lmasligining salbiy oqibatlari.

3.       Iqtisodiy va ma’naviy omillarning uyg‘unligi dialektik zarurat.

 

Ma’lumki, ma’naviyat jamiyat hayotida iqtisodiyot bilan birga shakllanmog‘i lozim. Binobarin Birinchi Prezident “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. YUksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dealiktik va uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi[35].



Darhaqiqat, mamlakatimizda iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un holatda olib borilmoqda. YUrtboshimizning sa’y-harakatalari bilan  istiqlolning dastlabki yildaridan boshlab xalqimizning asrlar davomida intilib kelgan orzu maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot mezonlarini hisobga olgan holda, jamiyatimiz hayotida ana shu ikki omilning uyg‘un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda[36].

Ijtimoiy voqelikni o‘ziga xos bir shakli sifatida o‘zbek modeli iqtisodiy rivojlanish bilan birga, ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy rivojlanish omillarini ham o‘zida qamrab olganligi bilan boshqa modellardan farq qiladi. Uning asosiy farqlaridan biri - biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizdan kelib chiqib davlatchiligimizning demokratik tamoyillar asosida shakllantiruvchi milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalaridan biridir. SHu ma’noda o‘zbek modeli faqatgina iqtisodiy rivojlanish modeli emas, balki milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir.

Harakatlar Strategiyasida «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.[37]

Bu olamda kechayotgan voqea va hodisalar insonning aqliy imkoniyatlari, hayotiy pozitsiyasi va tajribasini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqda. Kechagina mutlaq deb qabul qilingan tushunchalarning bugun nisbiy ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. YOki, yillar mobaynida aksioma tarzida tushunilgan haqiqatlar hozirgi kunda xayoliy g‘oya bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiy va ma’naviy omillarning o‘zaro uyg‘unligi masalasi ham xuddi shunday dolzarb muammolardan biriga aylandi.

Bundan yigirma yil muqaddam Birinchi Prezident iqtisodiy va ma’naviy omillar uyg‘un bo‘lishi masalasiga diqqatini qaratgandi.                 XX asrning 90-yillarida YUrtboshimiz bu masalani chuqur anglab, unga jamoatchilik e’tiborini tortgandi. “Bozor iqtisodiyoti deb, inson ma’naviyatini unutish gunoh bo‘ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‘lib qolishsa – bunday jamiyatning hech kimga keragi yo‘q”.[38] Bu o‘tkir haqiqatni o‘sha vaqtda ko‘pchilik etarli darajada idrok qilib ololmagandi. Vaholanki, YUrtboshimiz bu bilan shunday fikrlarni ifodalagan edi: birinchidan, iqtisodiy va ma’naviy omillar o‘zaro uyg‘un bo‘ladi; ikkinchidan, iqtisodiy yoki ma’naviy omilning birortasi oqsasa, albatta inson va jamiyat tanazzulga yuz tutadi; uchinchidan, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida bu uyg‘unlik dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Misollarga murojaat etaylik. Birinchi misolXX asrda sobiq SHo‘ro jamiyatida odamlarning kundalik oziq-ovqat iste’molini qondirishga alohida e’tibor qaratildi. Odamlarning ma’naviy, ruhiy dunyosi esa ishlab chiqilgan qoliplar vositasida boshqarildi. Natijada qorni to‘yib qolgach, odamlar qolgan nonni mollarga bera boshladi. Jamiyatning fikru-zikri iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan band bo‘lib qoldi. Oqibati nima bo‘ldi? Avvalo odamlar ma’naviy tubanlikka uchradi, keyin jamiyat ichdan chiriy boshladi. Pirovardida qonxo‘rga aylangan tuzum o‘z-o‘zidan quladi. Biror kimsa etmish yil davomida urho-ur bilan qilingan mehnatga achinmadi. Nega? CHunki faqat eyish-ichishga asoslangan jamiyatning hech kimga keragi bo‘lmay qolgandi. Ikkinchi misol. YAna XX asrning o‘zida tanganing u tomonida ham qiziq voqea ro‘y berayotgan edi. G‘arb olamida “avval boy bo‘l, keyin miyangni to‘ldirasan” prinsipi amalga oshirilayotgandi. Odamlar boylik orttirish uchun hech narsadan tap tortmasdi. Inson ma’naviyati esa cho‘ldagi sarob holiga tushgandi. Oqibati nima bo‘ldi? G‘arb jamiyatida naslsizlik, shahvoniyat, keksayib qolgan ota-onani “qariyalar uyi”ga topshirish, nikohsiz yashash udum tusini oldi. Natijada G‘arb jamiyati ma’naviy inqirozga uchradi va bu hamon davom etmoqda. Uchinchi misol. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach Birinchi Prezident tomonidan iqtisodiy va ma’naviy omillarning uyg‘unligi siyosati qat’iy yuritila boshladi. XX asrning 90-yillari boshida bu ko‘pchilikni ajablantirdi. Pana-pastqam joylardan ba’zilar “iqtisodiyotni avval tiklab olish kerak”, deya gap sota boshlashdi. Bundaylarga qarab YUrtboshimiz shunday deya qat’iy so‘zlardi: “YUksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan”.[39] 

SHu siyosat sharofati bilan mustaqillik yillarida O‘zbekistonda quyidagi muvaffaqiyatlarga erishildi: birinchidan, jamiyatda iqtisodiy va ma’naviy omilni uyg‘un qabul qilish immuniteti shakllandi; ikkinchidan, iqtisodiy va ma’naviy uyg‘unlikdagi mustahkam baza yaratildi; uchinchidan, inson va jamiyat hayotida iqtisodiy va ma’naviy omillarning uyg‘unligi zarurat ekanligi milliy tajribadan o‘tdi.

Keltirilgan misollardan ma’lum bo‘ladiki, iqtisodiy va ma’naviy omillarning uyg‘unligi dialektik zaruratdir. SHu ma’noda quyidagi ikki jihatga diqqat qilish lozim:

1. Iqtisodiy omil ustuvor bo‘lib, ma’naviy omil ikkinchi darajada bo‘lsa:

-       insonning ma’naviy-ruhiy dunyosi qashshoqlashadi;

-       jamiyatda ijtimoiy muhit muvozanati buziladi;

-       davlatning byurokratik roli oshadi;

-       xalq ongida bir yoqlama fikrlar, qarashlar va tushunchalar shakllanadi;

-       istiqbolli rivojlanish shubha ostida qoladi va h.k.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish