Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


 Inson manfaati – har narsadan ulug‘



Download 467,7 Kb.
bet33/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

1. Inson manfaati – har narsadan ulug‘.

2. Insonning ma’naviy va jismoniy takomili.

3. Inson manfaatlari ustuvorligi.

Milliy istiqlol mafkruaisning asosiy tamoyillaridan bir “Xalq farovonligi” g‘oyasidir. Davlatimizda xalq farovonligi yo‘lida olamshumul ishlar olib borilayotgani hech kimga sir emas.

 “Inson manfaati – har narsadan ulug‘”. “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat”. “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun”. “Hamma narsa – inson uchun, uning kelajagi uchun”. “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson”...

Birinchi Prezident mamlakatimiz davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi arafasida va istiqlol yillarida izchillik bilan ilgari surgan hamda hayotimizga chuqur tatbiq etib kelinayotgan bunday ezgu da’vatlar va hayotbaxsh g‘oyalar zamirida inson omiliga yuksak e’tibor eng oliy mezon sifatida o‘z ifodasini topgan. “Insonparvarlik – bu o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir”, deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida.

Mustaqillikka erishish yo‘lida 1989-1991 yillar mobaynida yurtimizda olib borilgan o‘ta og‘ir va mashaqqatli kurashlar tarixiga doir mazkur noyob fundamental asar keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Buning sababi: ushbu kitobdan joy olgan ma’ruza va nutqlarda mustaqillikka erishish arafasidagi og‘ir va suronli yillarda ham inson, uning ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikamizda istiqbolda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart, degan talab kun tartibiga qo‘yilgan va bugun bu o‘zining hayotiy ifodasini topmoqda.

Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti o‘sha kezlardayoq xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonning ma’naviy va jismoniy takomili – davlat va jamiyatning muhim vazifalaridan biri ekanini belgilab berdi. “Inson hayotining bu nozik va murakkab tomonlari bilan, xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirdi. Binobarin, bu kamchiliklarni tuzatish uchun juda katta mehnat qilishimiz kerak”, deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari.

Bugungi erkin va ozod, tinch va osuda hayotimiz qadrini, mustaqillik bergan imkoniyatlarni chuqur anglashda, inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarning bosh maqsadidir.

Mustaqillik yillarida, mamlakatimiz rahbarining intervyusida ta’kidlanganidek, odamlarimizning dunyoqarashi tubdan o‘zgardi, bugungi zamondoshlarimiz o‘tgan asrning 90-yillaridagi odamlar emas. YUrtdoshlarimizning ma’naviy dunyosi yuksalib, ijtimoiy faolligi o‘sib, daxldorlik tuyg‘usi kundan-kun kuchayib bormoqda. Binobarin, yuksak ma’naviyatli shaxsni hech kim enga olmaydi, yuksak ma’naviyat qaror topgan jamiyat esa hargiz tanazzulga yuz tutmaydi.

Insonning jamiyatdagi o‘rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, tarixni bugunga, bugunni kelajakka bog‘lovchi ko‘prik. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi.

Islohot – avvalo odamlar ongidagi o‘zgarishdir. Dunyoda eng qiyin ish insonni tarbiyalash, uning ongu tafakkurini shakllantirish, degan gap bor. Masalaning yana bir jihati borki, biz ko‘pincha yon-atrofimizda yuz berayotgan yangiliklarni sezmaymiz, ularga beparvo qaraymiz. Mo‘‘jizalarni chetdan kutishga o‘rganib qolganmiz. Holbuki, ularni chetdan izlash shart emas, ular shundoq ko‘z o‘ngimizda yuz bermoqda: yangi-yangi maktab, litsey va kollejlar, ulardagi zamonaviy jihozlar, eng muhimi, ko‘zlarida quvonch va hayrat uchqunlari porlab turgan bolalarimiz – dunyoda bundan ortiq mo‘‘jiza bormi?!

Istiqlol yillarida mamlakatimizga qanchadan-qancha zamonaviy texnika-texnologiya kirib kelmoqda, ishlab chiqarishning eng ilg‘or sohalari  bo‘yicha yangidan-yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Misol uchun, Navoiy viloyatining bir paytlar qush uchsa qanoti kuyadigan bepoyon cho‘l hududidagi 564 gektar maydonda hozir  “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Bu erda xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda tuzilgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan o‘nlab turdagi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Viloyatning yana bir iqtisodiy giganti – Xalqaro intermodal logistika markazidan dunyoning o‘nlab yirik shaharlariga haftasiga o‘ttizdan ziyod   reyslar  amalga oshirilmoqda.

Bu erda ishlaydiganlarning aksariyati mamlakatimizdagi kollej bitiruvchilari bo‘lgan navoiylik yoshlardir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi g‘oyat muhim hujjat bo‘ldi. Unda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, kasb tayyorgarligiga ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan ta’minlash tizimini tubdan yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan.

Ha, biz hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham! YOshlar, qaysi sohada bo‘lmasin, zamonaviy bilimlarni egallashga, ilm cho‘qqilarini zabt etishga, eng ilg‘or texnika va texnologiyalarni jilovlashga bel bog‘lar ekan, avvalo, ana shu da’vatga tayanib ish ko‘rishi ayni muddaodir. Biz shavkatli ajdodlarimizga munosib bo‘lmog‘imiz zarur.


Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish