Urchish va urug’lanishga ta’sir qiluvchi omillar. Reja



Download 20,74 Kb.
bet2/3
Sana01.11.2022
Hajmi20,74 Kb.
#859247
1   2   3
Bog'liq
Urchish va urug’lanishga ta’sir qiluvchi omillar.

Maydalanish turlari
Bo'linish yoki maydalanish ikki xilda bo'ladi:

1. To'la maydalanish.
2. To'la bo'lmagan maydalanish.
Tojla maydalanish ham ikki xilda sodir bo'ladi:
A. To'la, teng maydalanish. Agar tuxumning sariqligi oz va u hamma qismiga bir xil tarqalgan bo'lsa, maydalanish egati butun tuxum bo'ylab o'tadi va hosil bo'lgan blastomerlar bir-biriga teng bo'ladi. Lansetnikning gomolesital tipdatuzilgan tuxumlari shunday maydalanadi (48-49-rasmlar).
V. To'la, lekin notekis maydalanish. Agar sariqlik moddasi tuxumda notekis (bir qutbda oz, ikkinchisida ko'p) tarqalgan bo'lsa, maydalanish natijasida o'zaro teng bo'lmagan blastomerlar hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan kichik blastomer mikromer, kattasi esa makromer deb ataladi. Bunday maydalanish sariqligi o'rtachamiqdordabo'lgan telolesital tipdagi anifibiyalarning tuxumida kuzatiladi. Masalan, baqalar tuxumining vegetativ qutbida sariqlik ko'p, animal qutbida esa kam bo'ladi.
Shuning uchun ham hosil bo'layotgan blastomerlarning biri katta, ikkinchisi kichik bo'ladi. Bu farq borgan sari ortib boraveradi.
J2. To'la bo'lmagan maydalanish. Tuxumning faqat sariqlikdan tashqari qismi maydalanadi, sariqlik bilan to'lgan qismi maydalanmaydi. Bu yo'l bilan telolesital, sentrolesital tipdagi tuxumlar maydalanadi (50-rasm).
Bu maydalanish ham o'z navbatida ikki xilda sodir bo'ladi:
A. Diskodial maydalanish. Suyakli baliqlar, qushlar va repteliyalarning tuxumi sariqlikka boy bo'lgani uchun ham katta bo'ladi. Sariqligi bo'lmagan sitoplazmaning yiiqori qismi embrion diski deb ataladi. Diskodial so'zi ham shundan olingan. Embrion diski juda yupqa bo'lib, u sariqlik ustida joylashadi (51-rasm).
B. Yuzaki maydalanish. Bu maydalanish markazida ko'p miqdorda sariqligi bo'lgan sentrolesital tuxumlarda kuzatiladi. Maydalanish yadrodan va uning atrofidagi sitoplazmaning ajralishidan boshlanadi. Yadrolar sitoplazma bilan o'ralib, asta-sekin tuxum hujayraning chetiga siljiydi. Yadrolar tuxumning tashqi qatlamiga kelishi bilan sirtqi qatlam ham ularning soniga qarab blastomerlarga ajraladi. Yuzaki maydalanish bo'g'imoyoqlilar tuxumida sodir bo'ladi. Maydalanish xarakteriga tuxumning sariqlik miqdori va uning tarqalishidan tashqari blastomerlarning o'zaro joylashishi ham ta'sir ko'rsatadi. Bu belgisiga qarab maydalanish quyidagi turlarga bo'linadi:


1. Radial maydalanish. Bunday maydalanishda har bir yuqoridagi va pastdagi blastomerlar bir-birining aynan ustida joylashadi. Blastomerlarning bunday joylanishiga maydalanish chizig'ining gorizontal va'vertikal yo'nalishi doimo navbatlashib turishi sabab bo'ladi. Bunday maydalanish kovakichlilarda, ninatanlilarda, ba'zi xordalilarda kuzatiladi. Eng xarakterli tomoni blastomerlar deyarli bir-biriga teng bo'ladi (52-rasm).
2. Spiral maydalanish. Ko'pchilik chuvalchanglar vamonyuskalardauchraydi. Ularning tuxumlarida animal qismidagi blastomerlar sitoplazmasi har bir maydalanish oldidan bir chetga surilib o'tadi. Shunga muvofiq, bo'linish urchug'i qiya, taxminan 45° S burchak ostida bo'lib qoladi. Ajralayotgan blastomerlar radial maydalanishdagi kabi emas, balki bir-birining oralig'ida joylashadi. Agar maydalanish chizig'i faraz qilib davom ettirilsa, u spiral shaklda bo'hb chiqadi (53-rasm).
3. Bilaterial yoki ikki tomonlama simmetriyali maydalanish. Zigotaning maydalanishi tufayli bir-biriga mos keladigan blastomerlar hosil bo'ladi. Masalan, yumaloq chuvalchanglar va assidiyalarning tuxumlari shunday bo'linadi. Agar tuxunrning sariqlik moddasi, ya'ni oziq moddasi kam bo'lsa, bu modda tuxum ichida teng tarqalgan bo'ladi va bunday tuxumlar kichik bo'lib, teng bo'linadi. Agar tuxumda sariqlik moddasi ko'p bo'lsa yoki tuxumning bir qutbida joylashgan bo'lsa, bunday tuxumlar tartibsiz va qisman bo'linadi. Masalan, baqaning tuxumida sariqlik moddasi vegetativ, ya'ni pastki qutbda joylashgan. Bu modda og'ir bo'lganligi uchun tuxumni qanday aylantirilsa ham, sariqlik moddasi pastki tomonda joylashgan bo'ladi. Tuxumning animal tomonida esa sitoplazma joylashgan. Uning birinchi va ikkinchi maydalanish chiziqlari animal tomondan boshlanib, vegetativ tomonga o'tadi va tuxumni teng 4 ta blastomerga bo'ladi. Uchinchi va to'rtinchi chiziq ruxumni ko'ndalang bo'lib, sariqlik va sitoplazma qismlariga ajratadi. Bu maydalanishda 8 ta kichik blastomer animal qutbda va 8 ta katta blastomer vegetativ qutbda hosil bo'ladi. Ba'zi mollyuskalar va halqali chuvalchanglar tuxumida maydalanishgacha vegetativ qutbida ooplazma bo'rtib chiqadi va u polyar plazma deyiladi. Zigotaning uchinchi maydalanishidan keyin polyar plazma vegetativ qutbdan hosil bo'lgan blastomerga o'tadi. Bu blastomer ID belgisi bilan ifodalanadi. Keyin polyar plazma animal qutbga joylashgan 2d va vegetativ qutbga joylashgan 4 d blastomerlarga taqsimlanadi. Ulardan hosil bo'lgan blastomerlar lichinkaning ko'p qismini hosil qiladi. 2 d dan hosil bo'lgan blastomerlar ustki tomonda qohb ektoderma, 4 d dan selomik mezoderma hosil bo'ladi. Agar polyar plazma birinchi yoki ikkinchi maydalanishdan keyin olib tashlansa, mezoderma va ektodermarivojlanmaydi. JPolyar plazmaning vazifalari hozircha to'liq aniqlanmagan.
Ba'zi baliqlar va qusmarning tuxumida sariqlik moddasi ko'p bo'lib, maydalanish faqat animal qutbda bo'ladi. Sariq modda ustida blastodisk hosil bo'ladi. Tuxumdagi sariqlik moddasining miqdori va joylashishidan tashqari, maydalanishda muhim o'rin egallaydigan boshqa omillar ham bor. Suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar har xil guruhlarga kirsa ham, ularda maydalanish o'xshash bo'ladi. Mollyuskalar va halqali chuvalchanglar tuxumida sariqlik moddasi kam bo'Ub, maydalanish tez o'tishi, hosil bo'lgan blastomerlar esa tezda kerakli tomonga tarqalishi lozim. Shunday qilib, kam vaqt ichida mustaqil yashay oladigan hcliinka paydo bo'ladi (54-rasm).
Har xil hayvonlar tuxumining maydalanishi bir-biridan farq qilsa ham, bu jarayonda umumiy o'xshashliklar bor. Har qanday bo'linishda DNK miqdori ikki barobar ko'payadi, chunki yangi paydo bo'lgan hujayralarda xromosomalar diploid to'plamdabo'ladi.DNK miqdorining oshib borishi bilan bir qatorda hujayralar soni ham tez ortib boradi va shu bilan hujayra qobig'ining umumiy yuzasi kengayadi.


Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish