Asosiy qism: Taxminan mil.avv II-asrning ikkinchi yarmi yoki milodiy I-asr boshlarida dastlabki markaz o’rnida qalinligi 7 metrli devor va xandaq bilan o’rab olingan mustahkam qa’la shakllandi.Dalvarzintepa shahri aniq to’g’ri burchakli rejasi va shu reja asosidagi devorlari bilan ajralib turadi.Uning ichida jadallik bilan qurilish ishlari olib boriladi.Shu paytdan boshlab dalvarzintepa tarixida yangi davr ya’ni shahar davri boshlandi.Dalvarzintepaning keyingi rivojlanish bosqichi kushon davriga keladi:Ya’ni bu bosqichda turar-joy inshoatlari, ibodatxonalar,ishlab chiqarish mahallalari paydo bo’ldi va atrofi mustahkam devorlar bilan o’rab olindi.Ya’ni bir tomonda dafn marosimlari o’tkaziladigan joy bo’lsa ikkinchi tomoni qishloq xo’jaligi bilan bog’liq mulklar markazlashgan kattagina shahar joylashgan.
Kushon davri shaharlari loyiha asosida bunyod etilgan bo’lib bu davr shaharsozligi dalvarzintepa, zartepa ko’hna termiz va uning tarkibiy qismlari hisoblangan Qoratepa,Fayoztepa o’rnidagi diniy inshootlra orqali yaxshi o’rganilgan.
1972-yil kushonlar davri madaniyatining mashhur yodgorligi dalvarzintepada 200metrli devor qoldiqlari topilib uning eni 4,6metr,balandligi 2metrbo’lgan.
3-rasm.Turar-joy binolarining qayta tiklangan ko'rinishi
Surxon vohasining kushon davri shaharlari ma’muriy,iqtisodiy markaz bo’lish bilan bir qatorda diniy markazlar vazifasini ham o’tagan. (Ko’hna Termizdagi Qoratepa,Fayoztepa,Zurmala,ayritom, va dalvarzintepadagi balandligi 5m keladi.Dalvarzintepa atrofida devor bilan o’ralgan ark xarobasi bo’lib, ark devorining uzunligi 130metrga, balandligi esa 2,5metrga tengdir.Dalvarzintepa sharqiy qismida xatto 80metr masofada eni 4metrlik tosh yo’l kovlab ochildi.Bulardan tashqari bu yerda bir necha to’rt burchakli paxsa devorli uylar topildi.
Dalvarzintepa chekkaroq joyidan I-asrda tiklangan budda ibodatxonasi, shaxristonidan buddaning boshi bodxesatvaning mahorat bilan ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi topildi.
4-rasm.Gorizontal va vertikal ko'rinishi
Shahar ibodatxonasidagi markaziy zal to’lliq ochib o’rganilgan boshqa xonalar esa qisman qazilgan.U milodiy II-asr oxiri va III-asr birinchi yarmiga tegishli deb hisoblansada milodiy III-IV va hatto VI-VII-asrlarga tegishli,degan taxminlar ham yo’q emas. Shahar tashqarisidagi ibodatxona faoliyati mamlakatimiz olimlarining fikricha milodiy I-III asrlarga to’g’ri to’rtburchak tarxga ega markazida uch tomondan shartli ravishda kichik ibodatxona ,shohlar zali va xizmat ahamiyatidagi xonalar deb nomlangan tor to’g’ri to’rtburchak yo’laksimon xonalar bilan o’ralgan stupadan (8x7-7x7) iborat massiv joylashgan.2 Akademik E.V.Rtveladze va arxeolog B.A.Turg’unovlar dalvarzintepa mudofaa devori 40x40-42x10-12 santimetrli xom g’ishtlardan qilinganligi, qalinligi esa 6,1 metrni tashkil etganligi mudofaa devorlarini qurishda grek va Baqrtiya usullaridan kengroq foydalanib, devor ustiga kuzatuv minoralari qurilganligi taxlil etganlar3. Shahar arki mudofaa devorlari mustahkam xom g’ishtdan qurilib, devorning qalinligi 3 mer bo’lib, uning balandligi 5,8 x3,5 metrgacha bo’lgan. Qal’a devorlari tepasida mudofaa yo’laklari bo’lib maxsus o’q otadigan tuynukchalar joylashtirilgan. Mudofaa devorlari burchagida mudofaa qurg’onchalari o’rnatilib, dushman hujumlarini qaytarish, harakatlarni tashkil qilishda ushbu qurg’onlar alohida ahamiyatga ega bo’lgan Mishodi hududidagi qadimgi ilk shahar markazlari hisoblangan Qizilcha-6 va Qizilcha -1 dagi mudofaa devorlari to’g’ri to’rtbo’rchak mustahkam qilib qurilgan.4Dalvarzin mudofaa devorlari atrofi chuqur qazilgan zovurlardan iborat bo’lib suv bilan to’ldirilgan.Dalvarzin qurilish usuli Qizilcha-6 mudofaa inshootlariga o’xshaydi.Dalvarzin nauslari ichki zallari alohida xonalar bilan bog’lanib, xonalar mustahkam to’g’ri to’rtburchak uslubda, har bir xona o’zi bajaradigan vazifasiga qarab taqsimlangan.Dalvarzintepa shahrida budda monastiri shaharning ichki qismida joylashib, muxtasham zallari, chiroyli haykallar bilan bezatilib, ohaktosh uslubida loyga ishlov berish natijasida did bilan ishlangan haykallar o’zining go’zalligi bilan alohida ajralib turadi.
Dalvarzintepa umumiy hududining 34 foizini mudofaa inshoatlari, 41 foizini asos iy istiqomad qismi, 7 foizini maydonlar va ko’chalar 18 foizini boshqa binolar egallagan deb tahmin qilinmoqda.5 Dalvarzintepa shaharsozligi haqida gap ketganda ibodatxonalarga to’xtalmasdan iloji yo’q.Bilamizki dalvarzintepada 2 ta yirik ibodatxona mavjud. Avval shimoldan ya’ni Termiz tarafdan buddaviy rohiblar, koloniyalari shimolga qarab siljiydi va Dalvarzintepaga kelib o’rnashadi. Dastlab Dalvarzintepa aholisi shahar tashqarisidan mujazgina ibodatxona quradi buning sababi esa shahar hukmdori ularga ruhsat bermaydi. Eng qizig’I esa ibodatxonaning ichki qismiga Dalvarzintepa hukmdorining oila azolarining tasvirlari bilan bezatilgan. Bular orasida eng mashhur kushon shahzodasining boshi va Devata haykallari joy olgan. Ibodatxonada hukmdor oila a’zolarining tasvirlanishi natijasida shahar hukmdori buddaviylik ta’limotiga qiziqa boshlaydi va shahr markazidan yirik buddaviylik ibodatxonasini qurdiradi.
Dalvarzintepadagi shahar chekkasida joylashgan budda ibodatxonasida donatorlarning tasviri aks ettiradi.Bularning orasida eng jozibali haykalcha yuz chehralaridan oliyjanoblik balqib turgan oltin tuqalar bilan bezatilgan baland uchlik qalpoq kiyib olgan” kushon shahzodasi “ning boshidir.Mana shu haykalchaning boshini G.A.Pugachenkova Kamain ibodatxonasidagi, shoh antioxning boshi bilan taqqoslagan va ularda uslubiy yaqinlikni ko’rgan.Shu bilan birga biz tomonimizga pishiq puxta o’rganilgan tilla tangalardagi kushon shohi Vasudeva 1ning tasviri dalvarzintepadan topilgan.”Kushon shohi boshi bilan taqqoslab ko’rganda yuz qirralarida yaqin o’xshashlik borligi bosh kiyimi shakli va bezaklari ham ikkala shaxsda bir xil nomsiz “Kushon shahzodasi”ning haykalchasi boshi, kushon podshohi “ Vasudeva “.ning tasviri ekanligi tahmin qilinmoqda.6 Dalvarzintepada shaharsozlik bilan birgalikda haykaltaroshlik ham taraqqiy etgan.Bunga isbot tariqasida dalvarzintepadan topilgan iloha Nana ibodatxonasining devoriy rang tasviri aks ettiriladi va u ham parchalardan iborat bo’lib polda yotgan holda topilgan.Tamirlangan sahnada, zoomorfli taxtda o’tirgan iloha, va unga tomon yo’nalgan va boshi uzra jajji gudakni ko’tarib olgan oppoq libosdagi kohin va qo’lida ikki nafar chaqaloqni ko’tarib olgan kohina tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Ibodatxona naqshida erkin bo’shliq mavjud emas,barcha shakllar qizil tusda tasvirlangan va o’simlik navdalari, oltinbargli gullar bilan to’ldirilgan.Palitra ancha keng bo’lib naqshlarda qora, moviy, jigarrang va sariq ranglardan foydalaniladigan,shunisi borki ayollar va bolalar shaxsida teri rangi och pushti erkaklarniki esa qizil rangga bo’yalgan.Shakllar tarxi ingichka qora chiziq bilan hoshiyalangan.Shakllar hajmi nurli soyalar yordamida va tarhning chetlari onda-sonda qizil chiziqlar bilan qoralangan, tasvirlar berilishining usuli ham turli xil bo’lgan.
Ibodatxonaning chetlari bo’ylab barcha rang tasvirli manzara naqshli hoshiyalar bilan bezatilgan.Ular o’simlik navdalari uchburchak yoki ikki bargli geometrik shakllar (qora fondagi oq doirachalar)yoki shunchaki qizil, qora jigarrang chiziqlar sifatida talqin etilgan.Xona devorining yuqori qismi alibastr yuzasiga tortilgan naqshlar bilan bezatilgan bo’lib ular Ellinizmga xos san’atda keng tarqalgan, yugurayotgan to’lqinlar ohangini aks ettirgan.Dalvarzintepadan topilgan taqvodan hunarmand kishining uyi ichidagi xonalarida ko’plab naqshli parchalar aniqlangan,ulardan birida ko’p shaklli sahna taqdim etilgan bo’lib,unda ot va uning yonida turgan erkak kishi va ikki qavatli bolaxonadan ularga qarab turgan ayol tasvirlangan.7 Dalvarzintepadagi antik davr iste’hkomlarining tashlandiq holatga kelib yemirilish jarayoni VI-VII-asrlarda inqirozdan chiqqan iste’hkom qulay,baland manzil sifatida qayta qurilib tiklandi. Shaharning o’zi esa xaroba bo’lib qoladi. Dalvarzintepa aholi maskani sifatida arablar istilosi chog’ida uzil kesil tugadi. Chunki arkda ham shahristonda ham arablar kelganidan keying davrning izi yo’q.8
5-rasm.Hammom g'ishtli qoplama
Dalvarzintepa atrofida bir qancha kichik tepalar saqlanib qolgan. Arxeologlar bu tepalarning bir nechtasida qazish ishlarini olib bormoqdalar. Tepalarning biridan Kushonlar davriga oid ibodatxona xarobasi topildi. Ibodatxona bir nechta xonalardan iborat bo’lib, xona ichidan budda dini xudolarining turli haykallari topildi. Xaykallarning hammasini mahalliy Baqtriyalik haykaltaroshlar tayyorlaganlar9. Shuning uchun ularda Baqtriya tasviriy san’atining ananalari o’zining yorqin ifodasini topgan. Shunday bo’lsada haykallarda gandxar va yunon-rim san’atlari ananalarining ta’siri birmuncha sezilarlidir. Shuningdek, yaqinda bu yerda yana bir noyob yodgorlik borligi aniqlandi. Dalvarzintepadan bir necha kilometr uzoqlikdagi kichik tepani tekislayotgan traktorchilar xom g’ishtdan qurilgan binoning devorlarini kurib qoldilar va bu tug’risida darhol arxeologlarga xabar berdilar. Bu yerda uzun yo’lakning tarhi aniqlandi. Yo’lakning har ikki tomonida turttadan joylashgan. Xonalarning shifti gumbazsimon qilib qurilgan. Bu xonadan odam suyaklari, sopol idishlar turli taqinchoqlar va tangalar topildi. Har bir xada bir necha odam kumilgan ekan. Ularning suyaklari har tomonga sochilib ketgan albatda bu bejiz emas.
Dalvarzintepa quyi shaharning janubiy qismida, qurg’on devori yaqinida burchaklari yumoloq bo’lgan to’g’ri burchakli tepalik joylashgan. Tahminan 90x60 metr o’lchamdagi taglikdan tepagacha bo’lgan belgilardan farq qiladi. 1968-yil G,A.Pugachenkova uning shimoli va g’arbiy yonbag’irlarida sopol shlak parchalari qayt etilgan. Sharqiy tarafdagi chuqurlikda esa devor konturi topilgan. Qazishmalar chog’ida kichik sopol pech topildi. Baqtriya shahrining hunarmandchilik kvartallarining birining tabiatini baholash maqsadida keyingi yillarda bu tepalikda qazishmalar L.Nekrasova, M.Isxakovlar tomonidan 1970-1974-yillarda amalga oshirildi. Bu kulolchilik uyi bo’lib chiqdi, unda uchta zona bor. Yuqori- shimoliy g’arbiy qismida qazish ishlari boshlangan va turtburchak vanna topilgan, yuqori bino shartli ravshda bino deb nomlanmagan.10 O’rta tepalikning janubiy qismida hovli tahminan 30x30 metda joylashgan. Pastkisi sopol pechlari qurilgan yon bag’irlari etagida turli darajadagi qazishlar va chuqurlarni yotqizish shuni ko’rsatadiki, kulollar turar joining qurilishi tabiiy tepalikda uning relyefidan foydalangan holda amalga oshirilgan, buning natijasida binolarning pol belgilaridan farqi bor. Qadimgi binolarda devorlarining qoliqlari bilan madaniy qatlam yuqori zonada 0,5 dan2 metrgacha boradi o’rtada esa 0,3 dan 1 metrgacha pastki zonada esa materik iyosi bilan boradi . va qazishmalar natijasida ma’lum bo’lishicha, bu joydagi madaniy konlarning qalinligi maksimal balandligi 15 metrga yetganligi sabali, keyinchalik qal’a o’zgartirilgan tepalikning balandligi 7-8 metrga yetgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki Dalvarzintepaning juda katta joyi egallanganligi qurilishlar zichligi, arxeologik qatlamlar qalinligi mazkur qadimiy shaharning milotdan avvalgi I-asrda va milodning dastlabgi yillarida barq urib, yashnab turgan viloyat markazi bo’lganligidan dalolat beradi. Dalvarzintepa antik davrda davlat ma’muriyati, yirik ibodatxonalar, iqtisodiy aloqa tamoqlari, harbiy salohiyat mujassamlashgan katta tarixiy-madaniy viloyat markazi bo’lib yirik markaziy shaharlar sirasiga kirgan. O’zidan kichik bo’lgan ko’plab aholi qarorgohlari unga buysunganligini ko’rishimiz mumkin.